2-LABORATORIYА ISHI
2. Materialning xaqiqiy zichligini aniqlash.
Jism massasini absolyut zich, ya’ni g’ovaksiz xajmiga nisbati shu jismning xaqiqiy zichligi deyiladi.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: Le SHatelpe-Kandlo asbobi (xajm o’lchash asbobi), o’lchov tsilindri, tarozi, suvli idish, termometr, shtativ, kerosin yoki suv quyilgan kolba, shisha voronka, qoshiqcha, materialni maydalash uchun chinni idish yoki xovoncha, filptr qogoz, bolg’a va chelak.
rasm. Xaqiqiy zichlikni aniqlovchi asbob.
a) Le SHatelpe-Kandlo asbobi b) asbobni umumiy ko’rinishi.
shtativ
|
suvli idish
|
suv o’lchagich idishlar
|
xamir qorishga idish
shtsha voronka
|
xavoncha
|
Ish tartibi. Sinaladigan qattiq material yirik bo’lsa, uning zich, ya’ni g’ovaksiz xajmini topish uchun u yaxshilab quritiladi, bolьalab ushatiladi va ‘ovonchada tuyilib, talqon qilinadi-kukun xoliga keltiriladi. Kukun xoliga keltirilgan materialning donalari g’ovaksiz deb faraz qilinadi va u har kvadrat santimetrida 900 ko’zi bor elakda elanadi. Bu kukun quritish shkafida 105So temperaturada, massasi o’zgarmay qolguncha quritiladi (kukun massasining o’zgarmay qolganligini bilish uchun quritish vaqtida u ikki-uch marta tortib ko’riladi). Keyin eksikatorda (xavo kirmaydigan idishda) normal temperaturagacha sovutiladi.
Tabiiy tosh kabi qattiq materiallar yuqorida aytilgan tartibda tayyorlangandan keyin Le SHatelpe-Kandlo asbobida (2-rasm, a) xaqiqiy zichligi topiladi.
Le SHatelpe-Kandlo asbobining tsilindrik qismida (uning ichki diametri 0,9 sm) ikkita gorizontal chiziq (0-0 va 20-20) bor. Bu chiziqlar orasidagi xajm 20 sm3 ga teng. Asbobning 0-0 chizig’igacha suyuqlik quyiladi. Quyilgan suyuqlik (suv, benzin, suvsiz kerosin) sinaladigan materialni eritmasligi va u bilan ximiyaviy reaktsiyaga kirishmasligi lozim. TSementning xaqiqiy zichligini topishda suv o’rniga benzin yoki suvsiz kerosindan foydalaniladi, chunki tsement suv bilan reaktsiyaga kirishadi.
Asbobga suyuqlik quyilgandan keyin uning suyuqlik satxidan yuqori qism quruq latta bilan artib olinadi. So’ngra bu asbob shtativga o’rnatilib, suvli shisha idishga solinadi (1-rasm, b). Le SHatelpe-Kandlo asbobining 20-20 chiziьi suv satxidan bir oz yuqori turishi shart. Idishdagi suvning temperaturasi doimo 20 2o bo’lishi kerak.
Le SHatelpe-Kandlo asbobiga solinadigan kukun material idish bilan birga texnik tarozida tortiladi. (tarozining aniqlik darajasi kamida 0,01 g bo’lishi kerak). Bitta tajriba uchun 60-80g kukun yetadi. Bu kukun asbobga voronka orqali oz-ozdan solib turiladi va asbobdagi suyuqlik satxining ko’tarilishi kuzatib boriladi. Suyuqlik satxi ko’tarilib, 20-20 chiziqqa yetganda kukun solish darxol to’xtatiladi. Ortib qolgan kukun idishi bilan birga yana tortiladi; 20 sm3 xajmga ketgan kukunning massasini bilish uchun jami kukunning massasidan ortib qolgan kukunning massasi ayriladi.
Materialning xaqiqiy zichligi (o) quyidagi formuladan topiladi:
o= (5)
bu yerda o – materialning xaqiqiy zichligi, g/sm3 hisobida;
m1- jaomi kukunning massasi, g hisobida;
m2- ortib qolgan kukunning massasi, g hisobida;
Va- Le SHatelpe-Kandlo asbobiga solingan kukunning xajmi, sm3 hisobida; Va xajm o’zgarmasligi va doimo 20 sm3 ga teng bo’lishi kerak.
Xaqiqiy zichlikni Le SHatelpe-Kandlo asbobidan foydalanib topish tajribasi ikki marta yoki birdaniga ikki asbobdan o’tkaziladi. Tajriba natijalarining o’zaro farqi 0,02 dan oshmasligi kerak. Agar farq 0,02 dan oshib ketsa, tajriba yana takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |