1-LABORATORIYА ISHI
Qurilish materiallarining fizik xossalarini o’rganish
To’g’ri geometrik shaklli namunalarini o’rtacha zichligini aniqlash
Qurilishda xilma-xil materiallar ishlatiladi, bu materiallarning qurilish joyi sharoitiga to’g’ri keladiganlarini tanlash bilan birga, ularning fizik va mexanik xossalarini bilish ham nixoyatda zarurdir.
Qurilish materiallarining asosiy xossalarini uch guruxga bo’lish mumkin. Birinchi guruxga materialning fizik xossalari: xaqiqiy zichligi, o’rtacha zichligi, va g’ovakligi; ikkinchi guruxga materiallarning suv bilan bog’liq bo’lgan xossalari: suv shimuvchanligi, namligi, gigroskopikligi, suv o’tkazuvchanligi, suvga hamda sovuqqa chidamliligi; uchinchi guruxga esa materiallarning mexanik xossalari: mustaxkamligi, qattiqligi, ishqalanishga chidamliligi va boshqa xossalari kiradi.
Materiallarning bu asosiy xossalaridan tashqari, ularning o’ziga xos ayrim xususiyatlari ham bo’ladi.
Materiallarning o’rtacha zichligini aniqlash
Jism tabiy (g’ovakli xolatdagi) masasining xajmiga nisbati shu jismning o’rtacha zichligi deyiladi.
Materialning o’rtacha zichligi quyidagi formuladan topiladi:
ρo= g/sm3, (kg/m3) (1)
Bu yerda ρo - materiallarning o’rtacha zichligi, g/sm3 hisobida;
m- materiallarning xavoda quritiladigan xolatdagi massasi
g hisobida;
V- materiallarning xavoda quritilgan xolatdagi xajmi, sm3 hisobida.
Materialning xolatiga qarab, uning o’rtacha zichligi turli usulda topiladi.
1.1. Muntazam geometrik shaklli namunaning o’rtacha zichligini aniqlash.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: texnik tarozi, shtangentsirkul va cho’tka.
Ish tartibi. Avvalo namuna sirtidagi chang cho’tka bilan tozalanadi, keyin material tarozida tortiladi va uning o’lchamlari shtangentsirkulp vositasida 0,1 mm aniqlikkacha o’lchanadi.
Agar namuna kub yoki parallelepiped shaklida bo’lsa, har qaysi yoьi uch joyidan o’lchanadi. Har bir yoqning xaqiqiy o’lchami uch o’lchovning o’rtacha arifmetik qiymatiga teng bo’ladi.
Namunaning xajmi quyidagi formuladan hisoblab topiladi:
V=abc,sm3(2)
Bu yerda V – namunaning xajmi, sm3 hisobida;
a,b,c- namuna o’lchamlarining o’rtacha qiymati, sm hisobida.
Agar namuna tsilindr shaklida bo’lsa, uning xajmi quyidagi formuladan topiladi;
V= h sm3 (3)
bu formulada V- namunaning xajmi, sm3 hisobida;
d- namuna (tsilindr) diametrining o’rtacha qiymati,
sm hisobida;
h- namuna balandligining o’rtacha qiymati, sm hisobida.
Namunaning massasi va xajmi aniqlangandan keyin (1) formuladan foydalanib, namunaning o’rtacha zichligi topiladi. Bunday tajriba har bir material uchun ikki marta o’tkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |