Gips xamirining qotish muddatini aniqlash.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: Vika asbobi, shisha plastinka, bo’tqa qorish uchun chinni kosa, xajmi 250 sm3 li o’lchov tsilindri, soat, pichoq, tarozi.
Vika asbobi
|
shisha plastinka
|
250 sm3 li menzurka
|
sekundomer
|
analitik tarozi
|
pichoq
|
Vika asbobi (7-rasm), asosan, korpus va undan vertikal siljiy oladigan temir sterjenь, sterjenga o’rnatilgan igna, stanina, strelka, shkala va dastadan iborat.
Sinashdan oldin Vika asbobidagi sterjenning ravon siljishi tekshiriladi. Buning uchun sterjenni tutib turgan vint bo’shatiladi va ignaning uchi kesik konus shaklidagi xalqa ostiga qo’yilgan shisha plastinkagacha tushiriladi. Bunda strelkaning shkaladagi nolga to’g’ri kelganligi kuzatiladi. Strelka noldan yuqori yoki pastdagi sonlarda to’xtasa, shkala vintlari bo’shatiladi. SHundan keyin shkala yuqoriga yoki pastga siljitilib, nolp strelkaga to’g’rilanadi-da, shkala yana maxkamlab qo’yiladi. SHundagina strelka shkaladagi sonlarni xatosiz ko’rsatadigan bo’ladi. Bu ishlar bajarilgach ignali sterjenь yuqori ko’tarilib, igna uchi kesik konus shaklidagi xalqaning ustki yuzasiga tegar-tegmas xolatga keltiriladi-da, sterjenь vint maxkamlab qo’yiladi.
Gipsning qatish muddatini aniqlash uchun gipsdan xamir tayyorlashga kirishiladi.
Ish tartibi. Metall yoki chinni kosa olib, unga 200 g gipsning normal kuyuqlikdagi xamiri uchun qo’shiladigan suv miqdoricha suv quyiladi. 200 g gips tarozida tortilib, kosadagi suvga bir tekisda sekin-asta sepib boriladi va qoshiq yoki temir kurakcha bilan qorishtiriladi. Bunda ham gips sepish va qorishtirish vaqti 30 sekund davom etadi. Tayyorlangan suyuq xamir shisha plastinka ustiga qo’yilgan kesik konus shaklidagi xalqaga solinadi va ustidagi ortiqchasi xo’llangan pichoq bilan sidirib olinadi. Keyin xamirli xalqa shisha plastinka bilan birgalikda asta ko’tarilib, Vika asbobi tagiga qo’yiladi. Bunda sterjen ignasi xamir xalqa markaziga to’g’ri kelishi shart.
SHundan keyin ignali sterjenning vinti bo’shatilib, har yarim minutda xamirga tushirib turiladi. Lekin igna har safar yangi joyga tushirilishi va undagi xamir yuqi yumshoq toza latta bilan artib turilishi kerak.
SHunday qilib, bu tajriba gipsning tishlashish vaqtining boshlanishi va oxiri belgilab olinadi. Birinchisidan xamir qorilayotgan paytdan to ignaning uchi xalqa tagidagi shisha plastinkaga 0,5 mm yetguncha vaqt (xamirning quyuqlanishi), ikkinchisi esa xamir qorilayotgan payitdan to ignaning uchi xamirning sirtidan 0,5 mm botguncha o’tgan vaqt aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |