Qurilish ishlari muddatlarini qisqartirish va tannarxni pasaytirish



Download 2,61 Mb.
bet1/13
Sana20.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#941462
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
rasulov I hisobot


  1. Kirish

Kapital qurilishda bozor munosabatlarini shakllantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qurilish majmuini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblansin:
Pudrat qurilish tashkilotlar va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish boshqaruv tuzilmalarini ixchamlashtirish va monopoliyadan chiqarish;
xususiy qurilish firmalari tashkil etilishini rag‘batlantirish, qurilish sohasida o‘rta va kichik korxonalar va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
kapital qurilish pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining ahamiyatini kuchaytirish, buyurtmalarni joylashtirishda hamma joyda tender savdolarini joriy etish, ustun darajada foydalanishga tayyor holda qurish;
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning me’yoriy-texnik negizini yangilash;
tarmoqni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida institutsional islohotlarni amalga oshirish, boshqarishning ustun darajada bir-ikki bo‘g‘inli tizimiga o‘tgan holda qurilish majmuini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish;
brigada pudratini joriy etish, ishning tugallangan bosqichlari bo‘yicha haq to‘lash asosida pudrat qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish shakllari va mexanizmini takomillashtirish;
qurilish ishlari muddatlarini qisqartirish va tannarxni pasaytirish.
2. 1998—2000 yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi muvofiq ma’qullansin.
Kapital qurilish iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari raisligida kapital qurilishni isloh qilish bo‘yicha hududiy komissiyalar tuzilsin.
3. Respublikada qurilish sohasida bozor munosabatlarini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratuvchi qonun hujjatlari qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin (3-ilova*).
1998—2000 yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish va chora-tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq;
Bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika komissiyasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va uy-joy kommunal sohasi kompleksi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin. Olib borilayotgan ishlarning natijalari to‘g‘risida har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
«O‘zsanoatxo‘jalikqurilish» davlat korporatsiyasi, «O‘zjamoaqurilish» uyushmasi, «O‘zagroqurilish» birlashmasi bilan birgalikda boshqaruvning respublika organlarini tugatgan holda ko‘rsatib o‘tilgan tuzilmalar qayta tashkil etilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorining 1999 yil 1 yanvargacha tayyorlansin va tasdiqlash uchun kiritsin;
«O‘zavtoyo‘l» davlat konserni bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi komissiyasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida imzolangan Memorandumga muvofiq tarkibiy qayta o‘zgartirishlar amalga oshirilishini ta’minlansin;
«Toshkentuyjoyinvestqurilish» korporatsiyasi, «O‘zsuv qurilish» konserni, «O‘zmontajmaxsus qurilish» va «O‘zbektransmaxsus qurilish» uyushmalari, «O‘zbekgidroenergiya qurilish» tresti, «O‘zbekneftgaz qurilish» birlashmasi bilan birgalikda 1999 yil 1 yanvargacha 2 bo‘g‘inli tizimga o‘tishni, ortiqcha tuzilmalar tugatilishini, mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan Dasturning so‘zsiz bajarilishini ko‘zda tutgan holda ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Qurilishda asosiy birlamchi xo‘jalik bo‘g‘ini sifatida qurilish trestini boshqarishning namunaviy tuzilmasi 9-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Vazirlar va idoralarga, kompaniyalar, korporatsiyalar, uyushmalar, mustaqil qurilish trestlariga 1998-1999 yillar mobaynida qurilish trestlarini boshqarishning ko‘rsatib o‘tilgan namunaviy tuzilmasiga o‘tkazish tavsiya etilsin.
7. Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Qizilqum fosforit kombinati qurilishi singari muhim xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik qurilishlarda Hukumat qarori bilan belgilangan buyurtmachi va bosh pudratchining tavsiyalari bo‘yicha barcha manfaatdor subpudrat tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda respublika shtab-markazlarini shakllantirish tavsiya etilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan shtab-markazlarning shakllantirilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun mas’uliyat bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Zaruriyat bo‘lganda shtab-markazlar huzurida xarajatlarning umumiy smetasi hisobiga 5—7 kishidan iborat qurilish-montaj ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar tashkil etilsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha respublika, viloyat ixtisoslashtirilgan qurilish trestlarni;
Ijtimoiy soha Obyekt lari, birinchi navbatda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan kollejlar va litseylar uchun qurilish konstruksiyalari va materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan qurilish industriyasi korxonalarini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 1 noyabrgacha ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilsin.
9. «Davarxitektqurilish» Korxonasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida davlat siyosatini olib borish, tarmoqni rivojlantirish tamoyilini shakllantirish;
qurilish ishlab chiqarishda, kapital qurilishning axborot negizini yaratishda yagona ilmiy va texnika siyosatini olib borish;
qurilish faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning shakl va usullarini ishlab chiqish;
investitsiya loyihalari va qurilish ishlari sifatini ekspertiza qilish bo‘yicha mustaqil firmalar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshirish;
qurilishda monitoringni va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini ta’minlash;
qurilish faoliyatida standartlashtirish va sertifikatsiyalash, qurilishda narx belgilash tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish.
«Davarxitektqurilish» Korxonasi O‘zbekiston Respublikasi makro iqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulk Korxonasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilishi uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalar tashkil etilishini nazarda tutgan holda «Davarxitektqurilish» Korxonasining yangilangan tuzilmasini va uning to‘g‘risidagi nizomini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Toshkent shahar hokimligi va «Toshkentuyjoyinvestqurilish» korporatsiyaning Toshkent shahar kapital qurilish Bosh boshqarmasini va «Toshshaharloyiha» institutining korporatsiya tarkibidan chiqarish va ularni Toshkent shahar hokimligiga bo‘ysundirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
11. Hukumatning quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston SSR agrosanoat kompleksini boshqarish strukturasini takomillashtirish to‘g‘risida» 1991 yil 11 yanvardagi 5-son qarorining 8-bandi chiqarib tashlansin;
Vazirlar Mahkamasining moliya- qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 1994 yil 27 dekabrdagi 622-son qarorida:
a) 1-banddan «Toshshaharloyiha» instituti, Kapital qurilish bosh boshqarmasi va» so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovadagi oxirgi ikkita xatboshi chiqarib tashlansin;
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida Kapital qurilishda pudrat savdolari (tenderlar)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida» 1997 yil 28 fevraldagi 114-son qarorining 2-bandi quyidagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
«Pudrat savdolari (tenderlar)ni tashkil etish bo‘yicha Respublika boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida savdolar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy rahbarlikni amalga oshirish va ko‘rsatmalar berish yuklansin».
12. Quyidagilar:
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining «Respublikada tugallanmagan ishlab chiqarish qurilishi hajmlarini qisqartirish, ishlab chiqarish Obyekt larini rekonstruksiya qilish va ularning bir qismini xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga, qayta ixtisoslashtirishga doir tub chora-tadbirlar to‘g‘risida» 1990 yil 29 avgustdagi 302-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida Kapital qurilishda pudrat savdolari (tenderlar)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida» 1997 yil 28 fevraldagi 114-son qarorining 1-bandi va unga ilova;
Vazirlar Mahkamasining «Qurilishni kontrakt asosida va Obyekt larni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomlarni, bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishdagi shartnomaviy narxlarni belgilash tartibini tasdiqlash haqida» 1993 yil 21 iyuldagi 369-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 apreldagi 177-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga mazkur qarorlardan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.


Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish