Qurilish fakulteti


-MAVZU O’ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYАTI



Download 3,63 Mb.
bet92/237
Sana16.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#373697
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   237
Bog'liq
УМК11

11-MAVZU O’ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYАTI

Reja:

1. O’zbekiston jahon hamjamiyatining to’laqonli sub'ektiga aylanishi.

2. O’zbekiston tinchliksevar tashqi siyosati.

3. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni.

Tayanch so’zlar: diplomatya, tashqi siyosat, mafkura, «islomiy» mamlakatlar, sovuq urush, Strategik sherikchilik, yadro qurolidan xoli zona, Mafkuraviy aqidalardan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o’zaro bog’liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar”
Markaziy Osiyo ulkan geostrategik va geoiqtisodiy ahamiyatga ega mintaqa. Bu yerda 74 milliondan ortiq aholi yashaydi. Ularning tarixi va madaniyati, mamlakatlarimizning iqtisodiyoti va infratuzilmasi bog’lanib ketgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O’zbekiston mintaqa mamlakatlari bilan do’stlik va yaxshi qo’shnichilik tamoyillariga tayangan holda faol va pragmatik siyosat olib bormoqda. Jumladan, keyingi yillarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar sohalarda ikki va ko’p tomonlama hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tarixan qisqa muddat ichida Markaziy Osiyoda prinsipial jihatdan mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi.



Prezidentimiz bir necha bor ta’kidlaganidek, mintaqa mamlakatlari oldida umumiy sa’y-harakatlar bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdek bosh maqsad turibdi.Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Markaziy Osiyoda mintaqaviy yaqinlashuvning hozirgi tendensiyasi – tarixiy voqyelik. Siyosat, xavfsizlik, barqarorlikni saqlash va taraqqiyot sohalarida mintaqaviy hamkorlikni faollashtirish qo’shni mamlakatlar xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, ular o’rtasidagi birodarlik rishtalarining yanada mustahkamlanishi, Markaziy Osiyoning ulkan iqtisodiy va sivilizasion salohiyatini to’liq amalga oshirishga xizmat qiladi”.

O’zbekiston rahbariyatining qo’shni davlatlar bilan yaxshi qo’shnichilik, do’stona va o’zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan yangicha tashqi siyosati tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda transport sohasidagi o’zaro hamkorlik uchun ishonchli zamin yaratildi, shu bilan birga o’zaro manfaatli aloqalarni Osiyoning boshqa davlatlari doirasida kengaytirishda ham respublikamiz faol tashabbus ko’rsatib kelmoqda.

Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o’zaro bog’liqlik. Muammolar va imkoniyatlar» mavzusida oliy darajadagi xalqaro konferensiyaning o’tkazilganligini alohida e’tirof etish zarur.

Mazkur xalqaro konferensiya zamiridagi mintaqaviy o’zaro bog’liqlikni kuchaytirish tashabbusi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi ochiq tashqi siyosiy strategiyasi doirasida ilgari surildi. Ushbu g’oya Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish orqali mintaqamiz bilan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-sivilizasion yo’nalishlarda tarixan chambarchas bog’liq bo’lgan hudud - Janubiy Osiyoga chiqishni nazarda tutadi.

Forumdan ko’zlangan asosiy maqsad Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o’rtasidagi tarixan yaqin va do’stona aloqalarni, ishonch va yaxshi qo’shnichilik aloqalarini har ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yo’lida o’zaro mustahkamlashdan iborat.

Yuqori darajadagi mazkur konferensiya transport-logistika, energetika, savdo, ishlab chiqarish, investisiya, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda “Markaziy Osiyo - Janubiy Osiyo” formatidagi o’zaro manfaatli strategik aloqa modelini ko’p tomonlama muhokama qilish uchun siyosiy va ekspertlar maydonini shakllantirishga mo’ljallangan. Tadbirda 40 dan ortiq mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning 250 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

Majlis doirasida Markaziy va Janubiy Osiyodagi mintaqalararo hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari, o’zaro aloqalarning muvaffaqiyatli namunalari, ikki mintaqani o’zaro bog’lashga xizmat qiladigan istiqbolli infratuzilma loyihalari ko’rib chiqildi. Jumladan:

- mintaqalararo aloqani kuchaytirish asnosida Markaziy va Janubiy Osiyo iqtisodiyotini modernizasiya qilish istiqbollari;

- Markaziy va Janubiy Osiyoda transport-kommunikasiya aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari, shu jumladan mavjud transport koridorlarini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish;

- xorijiy hamda xalqaro moliya va investisiya institutlari bilan hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari;

- Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy va madaniy merosini o’rganish, saqlash va targ’ib qilish sohasidagi hamkorlik;

- ta’lim, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va yoshlar manfaatlarini himoya qilish, sog’liqni saqlash, fan va texnika, ekologiya, turizm sohalaridagi o’zaro faoliyat;

- yangi xatar va tahdidlarga qarshi kurashda, shuningdek, transchegaraviy infratuzilmalar xavfsizligini ta’minlashda mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga savdo, investisiya, transport, energetika va innovasiya, "yashil" texnologiyalar, aniq loyihalar va hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, turizm, ta’lim, sog’liqni saqlash, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish, ikki mintaqaning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash hamda hamkorlikni oshirish bo’yicha keng qamrovli fikrlar almashildi va takliflar ishlab chiqildi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish