Qurilish fakulteti


Soliqlar asosli, barqaror, moslashuvchan bo‘lishi, mahsulot ishlab chiqaruvchining qo‘lini bog‘lab qo‘ymasligi



Download 3,63 Mb.
bet67/237
Sana16.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#373697
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   237
Bog'liq
УМК11

Soliqlar asosli, barqaror, moslashuvchan bo‘lishi, mahsulot ishlab chiqaruvchining qo‘lini bog‘lab qo‘ymasligi, cho‘chitib yubormasligi, aksincha, uni rag‘batlantirishi zarur.

Islom Karimov

Navbatdagi o‘zgarishlar sifatida kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan yangi tartiblarni ishlab chiqish belgilangan. Ushbu tartiblarda qarzdorning moliyaviy ahvoli tug‘risidagi axborotni xar qanday kreditorga uning yozma so‘rovi olingan vaqtdan boshlab 10 kun ichida taqdim etish hamda kreditorga qarzdorni bankrot deb topish tug‘risidagi qarorga e’tiroz bildirish huquqini berish masalasi kiritilmoqda. Ushbu tartiblarning hayotga tatbiq etilishi asnosida sanatsiya rejasi bilan rozi bo‘lmagan kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, bankrotlik holatlaridan tiqilgan mablag‘larni qaytarish darajasini oshirish, «Biznes yuritish» hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash imkoni yaratiladi.

Banklarning umumiy kapitali va depozit bazasining yanada mustahkamlanishi ularning iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish jarayonlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, investitsion faollikni rag‘batlantirishni ichki manbalar hisobidan amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirib, bank tizimi aktivlarining sifat hamda miqdor jihatdan oshishiga olib keladi. Mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash, xususan, omonatlarning yangi va mijozlar talablariga mos jozibador turlarini joriy etish tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashning eng qulay vositasi hisoblanadi.

Shularni hisobga olib, kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqit maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Moliya bozorini rivojlantirish kontseptsiyasini yaratish va bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasida quyidagilarning aks etishi rejalashtirilgan:


  • mustahkam moliyaviy institutlar (banklar, sug‘urta kompaniyalari, yirik davlat kompaniyalari, aktsiyadorlik jamiyatlari)ga qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish;

  • qimmatli kog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki qimmatli qogozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatidagi faoliyati samaradorligini oshirish;

  • qimmatli qog‘ozlarni dastlabki va qo‘shimcha emissiya qilishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish;

  • sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, sug‘urta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning hajmini kengaytirish;

  • alohida milliy korxonalar aktsiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlash.

Mamlakatimizning hozirgi qimmatli qog‘ozlar bozorida birlamchi emissiyalar ustunlik qilmoqda. Ikkilamchi fond bozorining rivojlanishi, eng avvalo, qimmatli qog‘ozlar likvidligini oshirish uchun bozorning tashkil etilishini takomillashtirish, qimmatli qog‘ozlarning muomala qilishi va ularga xizmat ko‘rsatish tizimida chiqimlar va xarajatlarni kamaytirishga yordam berish, bozorning axborot jixatdan ochiqligini kuchaytirish kerak bo‘ladi.

Ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishidagi muammolarning hal qilinishi qimmatli qog‘ozlar bozorining yanada rivojlanishiga va investorlar ishonchining mustaxkamlanishiga olib keladi.

Tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobidan ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta’minlovchi mahalliy byudjetlarning daromad manbaini kengaytirish, o‘z-o‘zidan mahalliy hokimiyatning turli xildagi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, mahalliy byudjetning cheklanganligi undan xo‘jasizlarcha foydalanish mumkin, degani emas. Shuning uchun yaqin istiqbolda byudjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, shahar va tumanlarning subventsiyalanishini kamaytirish, faqat nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqozo etiladi.

Ushbu hujjatlarning kuchga kirishi oqibatida byudjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, mahalliy byudjetlar tasarrufida qoladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarning ro‘yxati va miqdorini qayta ko‘rib chiqish orqali shahar va tumanlarning subventsiyalanishini kamaytirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mintaqalar mablag‘larini boshqarish bo‘yicha mustaqilligini oshirgan holda, faqat nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish imkoni yaratiladi.

Harakatlar strategiyasida ko‘tarilgan yana bir muhim masala - bu soliq ma’muriyatchiligi sifat va samaradorligini yaxshilashdan iboratdir. Ushbu masalani hal etish uchun quyidagi vazifalarnn amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:


  1. soliq qonunchiligini tanqidiy o‘rganish va tahlil qilish, huquqni qo‘llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqqa tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash;

  2. soliq yukini, xususan: yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qatiy belgilangan soliq miqdorini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatish (masalan, uzoq va borish qiyin bo‘lgan) joylarini hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqish; yirik korxonalar uchun soliq yukini maqbullashtirish hisobidan uni izchil pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda qo‘llanilayotgan soliqqa tortish tartiblari ular faoliyatiga bevosita ta’sir etib, kelgusi moliya yiliga nisbatan tegishli qarorlarni qabul qilishlarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Aynan davlat soliq siyosati instrumentlari orqali ularning iqtisodiy faollik darajasini oshirishga erishilmoqda. Chunki kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligini belgilovchi omillarga korxona to‘laydigan soliqlar va yig‘imlarning ta’sir doirasi yuqoridir.

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliqqa tortish tizimida amalga oshirilgan islohotlar va o‘zgarishlarga nazar soladigan bo‘lsak, mazkur islohotlarni quyidagi uch bosqichga bo‘lishimiz hamda har bir bosqichda erishilgan tendentsiyalarni taxlil qilishimiz mumkin: I bosqich (1991-1997 yillar); II bosqich (1998-2004 yillar); III bosqich (2005 yildan hozirgi kunga qadar).

Bundan tashqari, soliqqa tortish tizimida mazkur sub’ektlar zimmasidagi soliq yukining optimal darajasini aniqlash masalasi dolzarb muammolardan bo‘lib, soliqlar orqali davlat ular faoliyatini cheklashi yoki maqsadli tarzda rag‘batlantirishi mumkin. Davlat mazkur sub’ektlar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish hamda jamg‘armalarni kengaytirishda soliq dastagidan unumli foydalanishi kelgusida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash omili ekanligi, soliq stavkalarining pasaytirilishi, iqtisodiyotda yalpi taklifga ijobiy ta’sir etib, aholi va tadbirkorlar daromadlarining ko‘payishiga, natijada esa jamg‘armalarning oshishiga hamda kapitalning jamlanishiga, aksincha, soliq stavkalarining me’yordan oshishi iqtisodiyotda mehnat va iqtisodiy faollikning pasayishiga, jamg‘armalarning iqtisodiyotdan chetlanishiga, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi.


Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish