Qurilish fakulteti


-Maruza. O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rni va nufuzini oshib borishi



Download 3,63 Mb.
bet113/237
Sana16.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#373697
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   237
Bog'liq
УМК11

13-Maruza.
O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rni va nufuzini oshib borishi.

Reja:

1.O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rni va nufuzini oshirishda Oliy majlisning o`rni.

2. O`zbekiston Respublikasi uchun ustivor bulgan xalqaro reyting va indekslar bo`yicha samaradorlikning eng muxim kursatkichlari.

3.O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rni
Bugun O`zbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan e’tirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa o`z-o`zdan bo`lmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi o`zgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan ko`tarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu e’tiroflar, dastlabki yutuqlar o`zimizniki albatta. Lekin ularni yanada yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir. Davlatimiz rahbarining «O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to`g`risida»gi Farmoni ana shu sa’y-harakatlarni yangi pog`onaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Oqibat natijada mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi jozibadorligini oshirish mezoni bo`lib xizmat qiladigan xalqaro reyting va indekslarni oshirish jarayonida parlamentning o`rni qanday bo`ladi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 4 iyun kuni «O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli» mavzusida o`tkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yo`lga qo`yildi.O`tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o`rni sezilarli darajada o`sdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga ko`ra 2019 yilda mamlakatning suveren kredit reytingi «BB–» barqaror darajada saqlanib qolmoqda. Jahon banki «Biznes yuritish 2020» yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) so`nggi bir yilda O`zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan to`rtta islohotni amalga oshirgani to`g`risidagi axborotni tarqatdi. Shuningdek, 2019 yilda O`zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o`rinni egallab, 7 pog`onaga ko`tarildi. 2019 yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018 yil uchun e’lon qilgan hisobotida O`zbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini ma’lum bo`ldi. Xususan, «Korruptsiyani nazorat qilish» indeksida 1 pog`onaga, «Hukumat samaradorligi» indeksida 3 pog`onaga, «Normativ sifat» indeksida 7 pog`onaga, «Qonun ustuvorligi» indeksida 4 pog`onaga, «So`z erkinligi va hisobdorlik» indeksida 5 pog`onaga ko`tarildi. Prezidentimizning 2020 yil 2 iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo`yicha respublika kengashi tashkil etilayotgani, davlat organlarining birinchi rahbarlari O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rnini yaxshilash uchun mas’ul qilib belgilangani alohida qayd etib o`tildi. Shuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur yo`nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish imkoniyatini yaratishi, bu esa o`z navbatida ko`zlangan natijaga erishishda ayni muddao bo`lishi qayd etildi. So`nggi to`rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg`armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog`onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog`onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog`onaga ko`tarilganligi e’tirof etilib, ushbu yo`nalishdagi ishlarning natijasini aks ettirishga mo`ljallangan 2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog`ida ishga tushirilishi belgilangan «O`zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali haqida ma’lumot berilgani xammamizga ma’lum.

Bu borada mamlakatimizda reytinglar bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada so`nggi yillarda 10 ga yaqin qonun osti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yo`nalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yo`naltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Xalqaro reyting va indekslarni belgilashda qanday faktorlar, ko`rsatgichlar mezon bo`lib xizmat qiladi? Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat o`rtasidagi imidjini yaxshilash uchun, investorlar uchun jozibadorlikni ko`tarish uchun qanday omillarga e’tiborni kuchaytirish kerak?

Aynan shunday maqsadlarga erishilishini huquqiy jihatdan to`liq ta’minlash uchun parlament qanday hujjatlar qabul qilinishiga e’tiborni oshirishi talab etiladi? Tegishli mas’ul vazirlik va idoralarning mutaxassislari deputatlar tomonidan ko`tarilgan shunday masalalarni atroflicha va to`liq yoritganliklari iliq qabul qilindi. Shu bilan birga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o`rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlashda parlamentning nazorat va qonun ijodkorligi funktsiyalarini takomillashtirish lozimligi doimo takidlab boriladita’kidlandi.

Xalqaro reytinglar nafaqat iqtisodiy ko`rsatkichlar, balki muayyan mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, jumladan inson huquqlarini, siyosiy hayotda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash sohasidagi amaliy ishlarga ham baho berishi haqida to`xtalib, bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 4-bandida belgilangan «qonun loyihalarining O`zbekistonning xalqaro reytinglardagi o`rnini yaxshilash bo`yicha tavsiyalarga mosligini o`rganish amaliyotini yo`lga qo`yish» bo`yicha parlament tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xam davlatimizni reyting kursatkichlarini ko`tarishga xizmat kiladi.


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i. 2020 yil 2 iyun


Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko`rsatkichlari oshishiga sabab bo`lmoqda.Jumladan, so`nggi to`rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg`armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog`onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog`onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog`onaga ko`tarildi.O`zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko`tarildi.Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o`tkazilayotgan so`rovlarda aksariyat islohotlar o`z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O`zbekiston Respublikasi quyi pog`onalarda qolmoqda.Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo`yicha respublika kengashi (keyingi o`rinlarda – Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlarning O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o`rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo`nalishdagi ishlarning samaradorligiga to`siq bo`layotgan muammolarni bartaraf etish;

O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o`rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg`or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo`yicha tashabbuslarni ilgari surish;

davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o`rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilansin.

Kengash ishchi organlari bo`yicha taqsimlangan O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o`rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo`nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat o`rnatiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari bo`yicha taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o`rnini yaxshilash belgilansin.

O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan xalqaro reyting va indekslar bo`yicha samaradorlikning eng muhim ko`rsatkichlari (keyingi o`rinlarda – KPI) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Mutasaddi vazirlik va idoralar o`zlari mas’ul bo`lgan reyting va indekslarning e’lon qilinishi muddatlari va ularning metodologiyalarini hisobga olgan holda, KPIga erishish maqsadida:

bir oy muddatda 2020 yil ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim bo`lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini;

har yil 1 dekabrga qadar kelgusi yil davomida amalga oshirishi lozim bo`lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Kengashga kiritilishini ta’minlasin.

Bunda, xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur ko`rsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini nazarda tutish lozim.

4. Shunday tartib o`rnatilsinki, unga muvofiq mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo`yicha:

keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to`g`risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi;

keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki o`rinbosarining rahbarligida o`tkaziladigan yig`ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to`g`risida axborot beradi.

5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF–5687-son Farmoni bilan tashkil etilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo`yicha komissiya zimmasiga Kengash faoliyatini tashkil etishga ko`maklashish va Kengash yig`ilishlari oralig`ida tegishli yo`nalishda mas’ul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilsin.

6. Mas’ul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli xalqaro reyting va indekslar bo`yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni Kengash ishchi organlariga muntazam ravishda taqdim etib borsin.

7. Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O`zbekiston Respublikasining o`rnini aks ettirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to`lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilsin.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda ushbu boshqarmaning yuqori malakali kadrlar bilan to`ldirilishini ta’minlasin.

9. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog`ida “O`zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining (keyingi o`rinlarda – portal) ishga tushirilishini ta’minlasin.

Kengash ishchi organlari O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilansin.

10. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ul davlat organlari bilan birgalikda muntazam ravishda davlat va jamiyat hayotining xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlarida baholanadigan sohalariga oid davlat siyosatidagi o`zgarishlar va islohotlarning mohiyatini yoritish hamda sohada jamoatchilik nazoratini o`rnatish maqsadida keng qamrovli targ`ibot ishlarini amalga oshirsin.

11. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari J.A.Qo`chqorov zimmasiga yuklansin.


Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish