Qurilish fakulteti 6-20 guruh shq va x yo’nalishi talabasi qo’ldashev nurilloning falsafa fanidan taqdimoti “ISLOM DINI.UNING OQIMLARI VA ASOSIY OQIMLARI VA YOʻNALISHLARI” - Reja:
- Islom dini.
- Islom dini oqimlari.
- Islom dini asosiy yoʻnalishlari.
Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi o‘rinda turadi. Islom dini Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy – Sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlari tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi va ayni vaqtda ularning ijtimoiy - siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Islom dini milodiy VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan. Arabistonning qulay geografik hududi G‘arb va Sharq davlatlarini bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan va uchta qit’ani tutashtirib turishi sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarim orolning turli hududlarida turlicha bo‘lgan. Uning bepoyon cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi arablar chorvachilik bilan shug‘ullangan. Yarim orolning shimoliy qismida Vizantiya va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. - Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi o‘rinda turadi. Islom dini Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy – Sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlari tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi va ayni vaqtda ularning ijtimoiy - siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Islom dini milodiy VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan. Arabistonning qulay geografik hududi G‘arb va Sharq davlatlarini bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan va uchta qit’ani tutashtirib turishi sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarim orolning turli hududlarida turlicha bo‘lgan. Uning bepoyon cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi arablar chorvachilik bilan shug‘ullangan. Yarim orolning shimoliy qismida Vizantiya va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli bo‘lgan.
Milodiy I asrda Arabistonning janubi – g‘arbiy qismida shahar – davlatlar vujudga kelib, IV–VI asrlarda bu erda Makka, yasrib, Toif kabi yirik shaharlar vujudga keladi. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida ko‘chmanchi chorvador qabilalarda urug‘–qabilaviy munosabatlarning emirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo‘lish jarayoni kuchaydi. Islom dini tarqoq qabilalarni birlashtiruvchi mafkura sifatida tarix sahnasiga chiqdi.
“Islom” arabcha so‘z bo‘lib, tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini ta’limoti Qur’on va hadislarda bayon etilgan. Qur’on muqaddas manba hisoblanib, unda islomiy qonun qoidalar, iymon-e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan
Do'stlaringiz bilan baham: |