Qurilish ekologiyasi



Download 1,03 Mb.
bet1/11
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#478313
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-ma\'ruzа


Reja:
“QURILISH EKOLOGIYASI” fani
MA’RUZA №1: EKOLOGIYA VA UNING RIVOJLANISHI
1.1. Ekologiyaning rivojlanish tarixi. Ekologiya va uning vazifalari
1.2. Ekologik omillar
1.3. Populyatsiyaning asosiy xususiyat-lari. Biotsenozlar va ekotizimlar
1.4. Iqtisodiyotning real tarmoqlarini rivojlanishida muhim ekologik vazifalar
Ma’ruzachi: N.N.Tursunovа
KIRISH
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz va boshqa davlatlarda qilinayotgan bunyodkorlik ishlari hamda ularni barpo etish jarayonida atmosferaga chiqayotgan chang va is gazlari miqdori kundan-kunga oshib bormoqda. Fan-texnikaning rivojlanishi, shuningdek qurilish sohasining jadal rivojlanib borayotganligi jamiyatga misli ko’rilmagan yutuqlar keltirishi bilan bir qatorda, jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga, ekologik holatning yomonlashishiga, tabiiy resurslarning isrof bo’lishiga, suv, havo, tuproqning ifloslanishiga, zaharlanishiga, o’simlik va hayvonlarning kamayib ketishiga, katta-kichik ekotizimlarning buzilishiga olib keldi. Hozirgi zamon ekologiya muammolarini Fan-texnika yutuqlari asosida hal qilish jarayonida qurilish ekologiyasi fani, uning yo’nalishini, jamiyat va tabiat o’rtasidagi ziddiyatlarni hal qilishdagi imkoniyatlari muhim omil hisoblanadi. Ekologik tanglik va halokatlarning oldini olishda, jamiyat va tabiat o’rtasidagi ekologik ziddiyatlarni hal etishda qurilish ekologiyasi fani qoidalarini amaliyotda qo’llash katta ahamiyatga ega.
Hozirgi davrda qurilish ekologiyasi fani oldida turgan amaliy vazifalar quyidagilardan iborat:
1) Aholini optimal ekologik muhit bilan ta’minlash;
2) Ekologik xavfsiz binolar qurilishini ta’minlash;
3) Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish bilan bir qatorda chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqarish;
4) Sun’iy ekotizimlarning (qishloq xo’jaligi) doimiy va yuqori hosildorligini ta’minlash;
5) Aholining turli tabaqalariga ekologik ta’lim va tarbiya berish yo’li bilan tabiat muhofazasini amalga oshirish.
Qurilish ekologiyasi fanining butun faoliyati, yutuqlari, yo’nalishlari yuqorida ta’kidlangan qurilish jarayonidagi ekologik muammolarni hal qilishga qaratiladi.
Keyinggi paytlarda bino va inshootlar, aholi yashash punktlari, shahar-sozlik, qishloq hamda ovullar qurilishida tabiiy qonunlarni ko’r-ko’rona unutdik, «Tabiatdan hamma narsani olish – bizning burchimiz» degan noto’g’ri ishoralarni ilgari surdik. Natijada tabiatning turg’un holatini buzdik, oxirida yana tabiatga, uning qonunlariga bo’yin egib, undan bizga, bizdan unga yordam qo’lini cho’zishga keldik. Fan yutuqlarining hozirgi darajasida va qurilish ekologiyasi rivojining yangi bosqichida uning asosiy mazmuni aniq bo’lib qoldi, ya’ni qurilish ekologiyasi fani sanoat korxonalari va ishlab chiqarishning tabiiy atrof-muhit bilan mu-nosabatlarini, qurilish materiallarini ekologik toza holda ishlab chiqa-rish, boshqa turdagi tirik organizmlarning tabiiy sharoitda rivojlanishi, ko’payishi va tarqalishi ular o’zlarining hayot faoliyatlarida muhitning o’zgarishiga olib keladigan qonuniyatlarni ham o’rganishini ta’kidlash lozimdir.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish