4
|
9
|
6
|
1
|
7
|
8
|
5
|
3
|
2
|
bo
|
zur
|
el
|
o
|
ga
|
man
|
la
|
li
|
dob
|
(Javob: Odobli bola elga manzur.)
2-guruh boshqotirmasi:
3
|
6
|
9
|
1
|
5
|
7
|
8
|
4
|
2
|
Bil
|
pa
|
mas
|
qa
|
ni
|
ri
|
bil
|
gan
|
ri
|
(Javob: Qari bilganni pari bilmas.)
3-guruh boshqotirmasi:
3
|
9
|
7
|
4
|
10
|
1
|
6
|
8
|
5
|
2
|
va
|
lo
|
bi
|
bo
|
la
|
0
|
gul
|
lan
|
la
|
na
|
(Javob: Ona bilan bola, gul bilan lola.)
4-guruh boshqotirmasi:
5
|
2
|
7
|
1
|
4
|
6
|
3
|
Du
|
tin
|
ol
|
ol
|
ma
|
O
|
ol
|
(Javob: Oltin olma, duo ol.)
Taqdimot. Har guruhdan bir o'quvchi chiqib, boshqotirma javobini aytadi va javobni topish usulini tushuntirib beradi.
O'qituvchi o'quvchilarga o'tgan darsda o'tilgan mavzuni o'qitib, mazmunini qayta hikoya qildiradi, uyga berilgan topshiriq so'raladi. O'quvchilarga qo'shimcha savollar beriladi.
“Chumoli va tipratikan” masali yuzasidan savol- javob o’tkaziladi.
1. „Nafsi buzuq“ so'zini qanday tushundingiz? Uning o'rnida qanday so'zni ishlatish mumkin?
2. Tipratikanning qilmishiga qanday baho berasiz?
Masalni rollarga bo’lib o’qittiraman.
III. Yangi mavzu bayoni.
Usti tosh, osti tosh,
O’rtasida jondor bosh.
O’quvchilar topishmoqning javobini topadilar. O’qituvchi mavzu nomini shu topishmoq bilan bog’liqligini aytadi va e’lon qiladi. “O’jar toshbaqa”
O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qiladi. Yangi mavzuni o'qituvchi hikoya qahramonlariga atab yasalgan qo'g'irchoqlar ishtirokida sahnalashtirib ko'rsatib beradi.
O‘jar Toshbaqa
B ir o‘jar yosh Toshbaqa,
Injiq, bebosh Toshbaqa
Onasiga: Dod! - dedi,
- Menga iloj top, - dedi.
Keragi yo‘q kosamning,
Bunda yurish osonmi?
Xalaqit berar, qarang,
Chopaman sekin, arang.
Quyonni ushlolmasam,
Sichqonni mushtlolmasam.
O na sho'rlik yupatar,
Bola ko‘nglin ko'tarar:
- Kosang joningga huzur,
G'alva qilma, qo‘y, tek yur.
Senga qalqon ust-u bosh,
Gapga kir, bo‘lma bebosh.
- Yo‘-o‘-o‘q! - deb o'rmalab qaysar,
Onasin jerkib vaysar.
Kosasin uloqtirar,
Parcha go'sht bo'lib yurar.
Ammo jilolmas qittak,
Botar tosh va cho'kirtak.
Yalang'och yurish kulgi,
Ko'rsa hap yutar tulki.
Jish Toshbaqa yurolmay,
Chopolmay va turolmay
Kosaga kirar qaytib,
Onaga uzr aytib.
Endi o'jarlik qilmas,
Ona so'zidan chiqmas.
IV. Mustahkamlash.
2-topshiriq:
Savollar:
1. Yosh toshbaqaning janjal qilish sababini ayting.
2. Nima uchun toshbaqa onasidan uzr so’rabdi?
3. Toshbaqa haqidagi fikringizni klaster usulida izohlang.
O'JAR
BEBOSH
TOSHBAQA
QAYSAR
INJIQ
3-topshiriq.
• MASALNI GURUHLAR ROLLARGA BO’LIB O’QIYDILAR.
4-topshiriq:
Masal mazmuniga mos rasmlar ishlash.
V. Dars yakuni. Guruhlar taqdimotidan keyin, ular to’plagan ballar e’lon qilinadi. G’olib guruh rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa: Masalni o’qish va so’zlab berishga tayyorgarlik ko’rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |