48
Tashqi eshituv yo‘lining suyak bo‘limidagi orqa-yuqori
devorining osilib qolishi mastoiditning patogenetik belgisi
hisoblanadi.
Tashxisni tasdiqlash uchun quloqni rentgenografiya qilib
ko‘riladi, bunda so‘rg‘ichsimon o‘simta katak cha larining
qoraygani, ayrim suyak devorlarining yemi rilgani ko‘rinadi.
Davosi: jarrohlik yo‘li bilan mastoidotomiya qilina-
di. So‘rg‘ichsimon o‘siqning tashqi yuzasidagi tekis uch-
burchak shaklidagi bo‘lakchadan maxsus asbob yordami-
da katta g‘or ochiladi, chirigan va patologik o‘zgargan
to‘qimalar va suyaklar qirib olib tashlanadi. Turli antibio-
tiklar va sulfa nilamid preparatlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: