Quloq tomoq



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Bolalarda o‘tkir otitlar
Bolalarda o‘tkir virusli respirator infeksiyalardan so‘ng, 
ko‘pincha o‘rta quloqning shamollashi natijasida o‘tkir otit 
boshlanadi. Bunday hollarda bola qulog‘iga isituvchi kom-
press qo‘yish lozim, buning uchun kam fora spirtining suv 
bilan teng nisbatda ara lash masidan foydalanish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Shunday qilinganda og‘riq kamayib, bola 
tinchlanadi.
Bolani iloji boricha zudlik bilan vrach – oto-
rinolaringolog ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Agar muolaja o‘z 
vaqtida boshlanmasa, otit surunkali shakliga o‘tib ketishi  
mumkin. Rivojlanayotgan kasallikka eshitish a’zosining 
o‘zi qarshilik ko‘rsatadi. Bolalarning eshitish a’zosidagi 
kanallari kattalarnikiga nisbatan qing‘ir-qiyshiq bo‘ladi. 
Bolalarda tashqi eshituv yo‘li oxirida o‘rta quloqni yopib 
turuvchi nog‘ora pardasi joylashgan. Nog‘ora bo‘shliq ger-
metik emas – eshitish yoki Yevstaxiyev nayi uni burun 
bo‘shlig‘i bilan birlashtiradi. Bolalarda burun bo‘shlig‘i 
va quloqni birlashtiruvchi Yevstaxiyev nayi keng va kalta 
bo‘lgani sababli mikroblar burun bo‘shlig‘idan to‘g‘ri qu-
loqning nog‘ora bo‘shlig‘iga kelib tushadi. Boshlang‘ich 
davrida kataral otit rivojlanadi, bunda quloq bo‘shlig‘ida 
eshitish qobiliyati pasayadi, og‘irlashadi va to‘lib qolgan-
dek tuyuladi. Zudlik bilan oldini olinmasa kataral otit 
yiringlashga olib keladi. Nog‘ora bo‘shlig‘i ustki devori 
kalla suyagi bilan chegaradosh bo‘lib, u yerga infeksiyaning 


46
o‘tishi juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu-
ning uchun nog‘ora bo‘shlig‘ini yiringdan tozalash lozim. 
Nog‘ora pardadan (parasentez) yiring chiqarib yuborilishi 
bilan og‘riq to‘xtaydi, isitma tushadi, bolaning umumiy ah-
voli yaxshilanadi. Eng asosiysi og‘ir asoratning oldi olinadi. 
Hosil qilingan teshikchaning o‘rni tezda bitib, eshitish qo-
biliyati yaxshilanadi.
Ko‘p yiring yig‘ilishi natijasida quloqdan to‘q sa-
riq-jigarrang suyuqlik ajralib chiqa boshlaydi. Bunday hol-
larda quloq bo‘shlig‘ini har kuni bir necha bor vodorod 
peroksidga ho‘llangan paxta bilan tozalash lozim, aks hol-
da suyuqlik tashqariga chiqa olmay qotib qolishi natijasida 
teshik berkilib qolishi mumkin.
Yiring oqishining to‘xtashi va og‘riqning yo‘qolishi bola 
to‘la tuzaldi degani emas. Bunday infeksiyaning o‘chog‘i bir 
necha oylar davomida yo‘qolmasdan, surunkali otit rivojla-
nishi mumkin. U bilan doimiy ravishda kurashish lozim.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish