Quloq tomoq



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Profilaktikasi  umumiy chiniqtirish. Odatda bolani 
ko‘chaga aylantirgani olib ketayotganda uning boshiga is-
siq qalpoqcha kiygiziladi. Bunday qilish shart emas. Chun-
ki quloq tashqaridan emas, ichidan yallig‘lanadi. Buning 
uchun respirator infeksiyalar, angina kasalliklarini vaqtida 
davolash kerak.
Emizikli bolalarda kasallik tez-tez qusish bilan kechadi: 
oshqozondan chiqayotgan ovqat bo‘laklari eshituv nayi 
orqali o‘rta quloqqa tushadi va uning yallig‘lanishiga sabab 
bo‘ladi. Bunga bolaning noto‘g‘ri holatda yotishi sabab 
bo‘ladi. Bolaning qulog‘idan o‘pish ham yomon oqibat-
larga olib kelishi mumkin. Chunki bolaning quloq pardasi 
nozik bo‘lib, bunday hollarda yirtilishi mumkin. Go‘daklar 
hamda o‘rta yoshdagi bolalarda o‘rta quloq yallig‘lanishiga 
infeksiyani burun-tomoq orqali tarqalishi sabab bo‘ladi. 
Shamollagan bolani har xil holatda yotqizish kerak. Agar-
da bolani uzoq vaqt bir holatda yotqizilsa, ekssudat o‘rta 
quloqqa tarqalishi ehtimoli ortadi. Bolaga burnini to‘g‘ri 
qoqishni o‘rgatish lozim.


47
Burundan oqayotgan suyuqlikni ichiga tortish xavfli 
hisoblanadi. Bunda infeksiyali suyuqlik osonlik bilan o‘rta 
quloqqa boradi.
Bolalarda nafas olish ko‘pincha buziladi, bunga sabab 
adenoidlar o‘sib ketishidir. Bundan tashqari adenoidlar 
o‘sib, ular eshitish naylarini yopib qo‘yadi va qon ayla-
nishini buzadi, bu o‘rta quloqda yallig‘lanish jarayoniga 
sabab bo‘ladi.
Mastoidit
Mastoidit – so‘rg‘ichsimon o‘sim-
taning suyak elementlarini parchalay-
digan o‘rta quloqning o‘tkir yiringli yal-
lig‘lanishidir. Ko‘p hollarda bu kasal-
lik o‘tkir yiringli otit asoratlaridan biri 
deb hisoblanadi. Aynan so‘rg‘ichsimon 
o‘simtaning suyak to‘qimasi destruksi-
yasi tufayli mastoidit o‘tkir o‘rta otitdan 
farqlanadi (19-rasm).
Mastoidit paydo bo‘lishiga sabab 
– nog‘ora bo‘shlig‘ida yiring to‘pla-
nishidir. Yiring uzoq vaqt bo‘shliqda 
qolib ketgani sababli so‘rg‘ichsimon o‘siqchadagi kataklar-
ni bir-biridan ajratib turuvchi suyak to‘siqchalari yemirila-
di, natijada yaxlit bo‘shliq hosil bo‘lib, bu bo‘shliq yiring 
bilan to‘lgan bo‘ladi.
O‘tkir o‘rta otit kechishida quloq orti sohasida og‘riq 
kuchayadi. Og‘riq so‘rg‘ichsimon o‘simtani, uning cho‘q-
qisini bosib ko‘rilganda kuchayadi.
Bunda eshitish pasayib, quloq shang‘illaydi, undan yi-
ring oqadi. Yiring ko‘p, quyuq va sarg‘imtir bo‘ladi. Tana 
harorati 38–39°C gacha ko‘tariladi.
Quloq suprasining orqa tomonida, ya’ni so‘rg‘ichsimon 
o‘siqcha sohasida shish, teri qizarib, qalinlashganligi ko‘ri-
nadi. Paypaslaganda og‘riq zo‘rayadi.
19-rasm. Mastoidit, 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish