To‘g‘ri chiziq bo‘ylab va yon tomonga qadam tashlash.
1. T o ‘ g ‘ r i c h i z i q b o ‘ y l a b. Bemor ko‘zlarini yumgan
holda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 5 qadam orqaga tashlaydi.
Vestibulyar analizator funksiyasi buzilganda bemor to‘g‘ri
chiziqdan boshqa tomonga, nistagmga qarama-qarshi to-
monga chiqadi. Miyacha funksiyasi buzilganda zararlangan
tomonga chiqadi.
2. Y o n t o m o n g a q a d a m t a s h l a s h . Bemor o‘ng
oyog‘ini o‘ng tomonga surib qo‘yadi, keyin chapini qo‘yadi
va shunday holatda besh qadam tashlaydi, shunga o‘xshash
5 qadam chap tomonga ham yuradi.
Vestibulyar funksiya buzilganda bemor yon tomonga
qadam tashlashni har ikki tomonda ham yaxshi bajara-
di. Miyacha funksiyasi buzilganda bemor zararlangan to-
monning yon tomoniga qadam tashlashni bajara olmaydi
(yiqilib tushishi sababli).
32
Do'stlaringiz bilan baham: |