14
Quloq suprasi – teri bilan qoplangan elastik tog‘aydan
tuzilgan bo‘lib, tovush to‘lqinini ushlash vazifasini baja-
radi. Tog‘ay quloq chetida qayrilib
supra burmasini hosil
qiladi. Quloq suprasining asosini 0,5–1
mm qalinlikda-
gi elastik tog‘ay tashkil qilib, u har yon tomonidan teri
hamda tog‘ay usti pardasi bilan qoplangan. Quloq suprasi
uning tashqi sathini o‘rab olgan gajak va ichki tomon-
dan unga qarama-qarshi joylashgan bolishsimon gajakdan
tuzilgan. Quloq suprasining oldingi tomonidan ko‘tarilib
tashqi eshi tuv yo‘lini berkitib turadigan bo‘rtmasi supacha
deyiladi. Uning orqa tomonidagi boshqa bo‘rtmasi
qarshi
supacha deyiladi. Quloq suprasining pastki qismida tog‘ay
plastinka o‘rnida yumshoq yog‘ qatlami bor. Bu joy quloq
yumshog‘i deyiladi. Quloq suprasi voronkasimon torayish
hosil qilib, tashqi eshituv yo‘liga aylanadi.
Tashqi eshituv yo‘li uzunligi 30–35
mm li «S» simon
kanal bo‘lib, tashqi tomondan quloq teshigi, ichkaridan
nog‘ora parda bilan chegaralanib turadi.
Tashqi eshituv
yo‘li teri bilan qoplangan, quloq suprasi terisining davomi
hisoblanadi. Tashqi eshituv yo‘lining pardali tog‘aysimon
bo‘limidagi terining qalinligi 12
mm bo‘lib, sertuk, yog‘
2-rasm.
Tashqi, o‘rta va ichki quloq.
1 – tashqi eshituv yo‘lining suyak qismi;
2 –
tashqi eshituv
yo‘lining tog‘ay qismi;
3 – quloq suprasi;
4 –
yarim halqasimon
kanallar;
5 – chig‘anoq;
6 – eshituv nayining tog‘aysimon pardali
qismi; 7 – eshituv nayining suyak qismi;
8 – nog‘ora bo‘shlig‘i;
9 – nog‘ora parda.
4 5
6
7
8
9
1
2
3
15
va sera ishlab chiqaradigan bezlari bor. Bu bezlar shaklan
o‘zgargan yog‘ bezlaridir.
Ular jigarrang sekret ajratadi,
bular o‘z navbatida yog‘ bezlari ajratmasi va tashqi eshituv
yo‘li terisidan ko‘chgan epiteliylar bilan birgalikda quloq
kirini hosil qiladi. Nog‘ora parda (membrana tympani)
soat oynasiga o‘xshash botiq doira shaklida bo‘lib, yupqa
va elastik to‘qimadan tuzilgan, diametri o‘rta yoshdagi
odamlarda 9 x 12
mm cha bo‘ladi. Quloqning nog‘ora
pardasi nog‘ora bo‘shlig‘ining tashqi devori hisoblanadi.
U tashqi quloqdan o‘rta quloqni ajratib turadi.
Shakli no-
to‘g‘ri (oval ko‘rinishida bo‘lib) juda qattiq, xiyol elastik va
juda yupqa (0,1
mm gacha) anatomik tuzilmadir. Nog‘ora
parda 3 qavatdan iborat: tashqi – teri qavat (bezsiz va
so‘rg‘ichlarsiz), ya’ni tashqi eshituv yo‘li terisining davomi
hisoblanadi, ichki shilliq qavati – nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq
pardasining
davomi sanaladi, o‘rta qavat – biriktiruvchi
to‘qimadan tuzilgan ikki qavatli tolalardan (tashqi radiar
va ichki aylana tolalardan iborat). Nog‘ora parda tashqi
eshitish kanali bilan o‘rta quloq chegarasida joylashgan
aylana ariqchaga soat oynasi soat
korpusiga joylashgandek
kirib turadi (3-rasm).
Tashqi quloq uyqu arteriyasi va yuqori jag‘ arteriyasi
tarmoqlaridan oziqlanadi. Tashqi quloqning harakat in-
3-rasm.
Nog‘ora pardasi.
A. Oldingi pastki;
B. Orqa pastki.
D. Orqa yuqori;
E. Oldingi yuqori
kvadrantlari.
1 – uzangi mus-
kulining payi;
2 – sandonning uzun
oyoq chasi;
3 – sandon tanasi;
4 –
bol g‘acha boshchasi; 5 – bo‘ shash -
gan qismi;
6 – bolg‘achaning orqa
burmasi; 7 – bolg‘achaning
oldingi
burmasi;
8 –
bolg‘achaning qisqa
o‘simtasi;
9 – bolg‘achaning das-
tasi;
10 – kindikcha;
11 – tarang
tortilgan qismi;
12 – nur konusi;
13 – fibroz tog‘aysimon halqa.
13
12
11
10
E
9
8
7
6
5
A
B
D
1
2
3 4
16
nervatsiyasi yuz nervi tarmoqlari,
sezgi innervatsiyasi uch
shoxli va adashgan nerv tarmoqlari bilan boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: