O‘zbekiston Respublikasida aholiga otorinolaringologik yordam ko‘rsatish va uning rivojlanish istiqbollari 1920-yilda Turkiston Davlat Universiteti – hozirgi
Toshkent Davlat Milliy Universitetining ochilishi va uning
huzurida tibbiyot fakultetining tashkil etilishi O‘zbekis ton
hayotida katta voqea bo‘ldi. 1931-yildan boshlab bu fakul-
tet alohida O‘rta Osiyo tibbiyot bilimgohiga aylantirildi.
1935-yildan bilimgoh Toshkent Davlat tibbiyot instituti
(hozir gi Toshkent tibbiyot akademiyasi) deb atala boshladi.
1932-yil da vrachlar malakasini oshirish instituti, 1954-yili
An dijon tibbiyot instituti, 1972-yilda Toshkentda O‘rta
Osiyo tibbiyot pediatriya instituti (hozir Toshkent Davlat
tibbiyot pediatriya instituti), 1990-yilda Buxoro tibbiyot
instituti tashkil etildi.
Tashkil etilayotgan tibbiyot institutlarida otorino
-
la ringologiya klinikalarining borligi ana shu ixtisoslikni
rivojlantirishiga yordam bermoqda. Otorinolaringologiya
fanining rivojlanishida professorlar S.F.Shteyn, S.F.Kap -