8
bo‘lib, u yo rug‘lik tutamini eshituv yo‘li
ichkarisiga, burun
bo‘shlig‘iga yo‘naltirish imkonini berardi. Taniqli xonanda,
murabbiy
Manuel Garsio (1855)ning taklifi laringoskop-
ning paydo bo‘lishiga katta turtki bo‘ldi, u o‘z tomog‘ini
ko‘zdan kechirish uchun turli
tovushlar chiqarish paytida
tish vrachlari ishlatadigan kichkina ko‘zgudan foydalangan.
Garsio ko‘zguni og‘iz bo‘shlig‘iga kiritar ekan, qo‘lida ush-
lab turgan oddiy ko‘zgu yordamida o‘z tovush yorig‘ini va
tovush boylamlarini ko‘rib turgan. Bu usuldan keyinchalik
tomoq kasalliklarini davolovchi
shifokorlar ham foyda-
lana boshladilar. Chunki bu ko‘zgu hiqildoqni ko‘zdan
kechirish va davolash imkonini berardi. Keyinchalik burun
bo‘shlig‘ini ko‘zdan kechirish imkoniyati paydo bo‘lishi
bilan (
Chermak, 1859) yana bir tarmoq – rinologiya, key-
inchalik esa, otiatriya paydo bo‘ldi.
Ushbu uchala ixtisoslik G‘arbiy
Yevropada ancha vaqt-
gacha, 1914–1918-yillarga qadar alohida-alohida o‘rganil-
gan. Rossiyada bu ixtisosliklar ancha ilgari, 1893-yilda
birlashdi. Bu paytda Sankt-Peterburgda akademik
N.P.Si-
manovskiy mamlakatda birinchi marta
oto rino laringologiya
kafedrasi va klinikasini tashkil qildi. Bu birlashuv topografik
anatomiya, fiziologiya, genetikaning o‘zaro bog‘lanishi va
o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘lgan. Moskvada
birin-
chi klinika 1896-yili Moskva dorilfununi qoshida ochilib,
u Yevropa klinikalari darajasida jihozlangan edi. Uning
asoschisi ko‘plab ilmiy asarlar muallifi,
quloq kasalliklari
shifokori
S.F.Shteyndir.
Otorinolaringologiya o‘zining rivojlanishida bir qan-
cha bosqichni bosib o‘tdi. Klinika, tekshiruv usullari,
ana tomiya,
topografiya, quloq, tomoq va burun a’zolari
funksiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planib bordi. Bu
bosqich o‘tgan asrning deyarli 60–70-yillariga qadar
davom etdi. Keyinchalik barcha ixtisoslik bo‘limlarining
zo‘r berib rivojlanishi va amaliy izlanishlar,
konservativ
davolash va jarrohlik usullari yordamida quloq va burun
oldi bo‘shliqlarining yiringli zararlanishlarida yuz bergan
9
og‘ir asoratlarini davolashga kirishildi. Mutaxassislarning
shakllanishiga yordam beradigan qo‘llanmalar paydo bo‘la
boshladi.
A.Politser (Avstriya),
Shvars (Germaniya),
N.P.
Simanovskiy (Rossiya) va boshqa
shu kabi bir qator yirik
mutaxassislarning nomlari otorinolaringologiya tarixida
munosib o‘rinni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: