Quloq tomoq


Bemorni burunning qo‘shimcha sinuslaridagi



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Bemorni burunning qo‘shimcha sinuslaridagi
operatsiyalarga tayyorlash va operatsiyadan keyingi
davrdagi parvarish
Statsionarda bemorni operatsiyaga tayyorlashda bevo-
sita qatnashadigan tibbiyot hamshirasi doimo uning yoni-
da bo‘lishi lozim. Jarroh – shifokor yoki anesteziolog-


108
ning ko‘rsatmasi bo‘yicha u bemorlarga uxlatuvchi, sedativ 
va antiallergik dorilarni beradi va ularni qabul qilishini 
nazorat qiladi, termometriya o‘tkazadi, fiziologik ehtiyoj-
larini tekshiradi, ularning ahvolini kuzatib boradi.
Poliklinika sharoitida bemorni, operatsiyadan oldin 
tayyorlash uchun xodimlar uni aravachaga yotqizgan holda 
operatsiya xonasiga olib boradilar. Operatsiyadan keyingi 
davrda bemorlarni kuzatish va parvarish qilishni bemorni 
palataga olib kelinishi bilanoq boshlash kerak. Bunda oldin 
hamshira bemorga o‘rin tayyorlaydi, choyshab va yostiq 
ifloslanmasligi uchun ularni ustidan nam o‘tkazmaydigan 
pelyonkalar to‘shaladi va bemorning boshini balandroq 
qilib yotqiziladi. Operatsiya qilingan sohaga sochiq yoki 
pelyonkaga o‘ralgan muzli xaltacha qo‘yiladi, xaltacha 
6–8 soat turadi, har 30–40 daqiqada 10–15 daqiqaga olib 
qo‘yiladi.
Hamshira qo‘shimcha sinuslarda qilingan operatsiyadan 
keyin birinchi kun burundan qon ketishi mumkinligini 
hisobga olib nazorat qiladi va qon paydo bo‘lishi bilanoq 
bu haqida zudlik bilan shifokorga xabar beradi. Operatsi-
yadan keyin 4–5 kun davomida bemor iliq va suyuq ovqat 
iste’mol qilishi lozim. Hamshira har kuni bemorning axlati 
va siydigini tekshirib turadi. U yuqorida sanab o‘tilgan tad-
birlar bilan bir qatorda umumiy jarrohlikda operatsiyadan 
keyingi davr tadbirlarini ham bekam-u ko‘st bajaradi.
MASALALAR
1. Burnining o‘ng tomonidan qon oqayotgan bemor 
shifokorga murojaat qildi. U ko‘zdan kechirilganda burun 
to‘sig‘ining oldingi uchdan bir qismida qonab turgan soha 
aniqlandi. A/B – 180/110 mm simob ustuniga teng, tomiri 
minutiga 98 marta urib turibdi, pulsi tarang.
1. Qon ketishini to‘xtatish va qaytalanmasligining oldini 
olish uchun ko‘riladigan zarur tadbirlarni aytib o‘ting.


109
2. Burun sohasiga musht bilan jarohat olgan 13 yoshli 
o‘spirin burun sohasida og‘riq, burundan nafas olishi qi-
yinlashganidan shikoyat qilmoqda. Burundan ketayotgan 
qon o‘z-o‘zidan to‘xtadi.
1. Tashxisni aniqlash uchun nima qilish kerak? 
2. Birinchi yordam chora-tadbirlari.
3. Bemor peshona sohasida bosh og‘rig‘idan shikoyat 
bilan shifokorga murojaat qildi. Og‘riq kechqurun, boshni 
pastga engashtirganda kuchayadi. Burunning bir tomoni 
yopilib qolgan.
Rinoskopiyada o‘rta burun yo‘llarida sarg‘imtir ajralma 
aniqlandi.
1. Tashxisni aniqlash uchun nima qilish kerak?
4. Bemor burunga kirish qismida paydo bo‘lgan fu-
runkulni siqib tashlagan. Ma’lum muddat o‘tgach uning 
eti uvushib, tana harorati keskin ko‘tarilgan. 3 soatdan 
so‘ng tana harorati tushgan, bunda ko‘p miqdorda terlash 
kuzatilgan.
1. Qanday asorat haqida gumon qilish mumkin?
2. Infeksiya tarqash yo‘li qanday?
5. 60 yoshli bemorda giрertonik kriz vaqtida burundan 
qon ketishi kuzatilmoqda.
1. Uy va shifoxona sharoitida qanday yordam ko‘rsatish 
turlaridan foydalanish mumkin?

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish