Xavfli o‘smalar boshqa sinuslarga nisbatan yuqori jag‘
sinusida besh marotaba ko‘proq uchraydi. Aksariyat hollar-
da bu o‘smalar birlamchi bo‘lib bu asosan rak va sarkoma-
lardir. Bunda metastazlar kech paydo bo‘ladi. Ularning
kechishida ham barcha boshqa lokalizatsiyali o‘smalarga
o‘xshash to‘rt bosqich tafovut qilinadi.
I bosqich – o‘sma faqat yuqori jag‘ bo‘shlig‘ida,
metastazlar yo‘q.
II bosqich – o‘sma sinusining suyakli devorlariga o‘tib,
ularni buzishi mumkin, lekin sinus chegarasidan chiqmay-
di. Regionar limfatik bezlarda metastazlar kuzatiladi.
III bosqich – o‘sma sinus chegarasidan chiqib, ko‘z
kosasi, burun bo‘shlig‘i, tanglayga tarqaydi, barcha regio-
nar limfatik bezlarda metastazlar mavjud.
IV bosqich – o‘sma yuzining yumshoq to‘qimalariga
qarab, regionlar va uzoqda joylashgan limfatik bezlarga
metastazlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |