Klinik manzarasi. Patologik jarayon uzoq muddat simp-
tomsiz kechadi. Kasallik simptomatikasi o‘smaning joy-
lashishiga bog‘liq. Yuqori jag‘ o‘smasini gumon qilishga sa-
bab bo‘luvchi belgilaridan biri – bu ko‘z kosasidagi og‘riq
bo‘lib, mazkur og‘riq tunda zo‘rayadi. Bemorning nafas
olishi qiyinlashadi. Burundan qon ketishi, burun shilliq
pardasi yallig‘lanishi mumkin.
Yuqori jag‘ o‘smalarini aniqlashda va ularga to‘g‘ri
baho berishda kompyuter tomografiyasi katta ahamiyatga
106
ega. O‘smaning gistologik tekshiruvi diagnozni tasdiqlash-
ga yordam beradi.
Davolash: mujassamlangan – jarrohlik usuli, kimyote-
ra piya, nur bilan davolash.