Surunkali atrofik laringit. Bu og‘ir, davolash qiyin
bo‘lgan xastalikdir. Hiqildoqning shilliq pardalarida yuza-
ga keladigan distrofik jarayonlar surunkali atrofik laringitga
xos belgilardir. Bemor og‘zi qurishidan, tomog‘ida go‘yo
biror narsa borligidan, tovushning hatto afoniyagacha buzi-
lishidan shikoyat qiladi. Laringoskopiyada hiqildoq shilliq
pardasining rangsizlanib, tovush burmalari yupqalashgani
aniqlanadi. Burmalar o‘rta chiziq bo‘yicha yopilmaydi. To-
vush yorig‘ida sarg‘imtir tusli, qurib qoladigan yopishqoq
balg‘am ko‘rinadi.
Davolash, asosan, simptomatik tarzda amalga oshiriladi.
U hiqildoq shilliq pardasini namlash, patologik ajralmalar-
ni olib tashlash, hiqildoq va traxeya bezlarining sekretsi-
yasini faollashtirishga qaratilgan. Kunda natriy xlorid va
yod eritmasidan ingalatsiya qilish, lyugol eritmasini surtish
yaxshi natija beradi. Shuningdek, polivitaminlar va fer-
mentlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |