Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

 
 
1
E’timodli – ishonchli
2
Dorilsaltanat – poytaxt, boshkent.


153
etmoq uchun ne chora buyursak ekan? Bu xususda umaromizning  
ra’yilarini bildik. Ma’qul va maqbul tadbirni shoyad siz janobdan eshit-
gaymiz...
Navoiy o‘ziga xos ulug‘vorlik, nazokat, muloyimlik bilan dеdi:
— Podshoh hazratlari, mulki Xurosonning taqdiri va hayoti 
sizning qo‘lingizdadir. Sizning muborak xotiringiz bu alamangiz hodi-
sa xususida ne fikr bayon qilur?
— Bu toj-u davlatni qilich bilan olibmiz, — bir nafas sukutdan 
so‘ng  kеskin  gapirdi  Husayn  Boyqaro,  —  uni  yana  ayni  qilich  bilan 
poydor qilmoqqa harakat qilg‘umizdir.
Bu so‘zlar shoirni cho‘chitmadi. Dunyoning yarmi ustida qi-
lich o‘ynatgan oqsoq jahongirning bu avlodi qilich tutishni yaxshi bil-
sa, qilich bilan faxrlanishni sevsa ham, lekin qilichdan ko‘ra mayga, 
jang maydonlaridan ko‘ra chaman bog‘larda tuzilgan sho‘x bazmlar-
ga ko‘proq moyil edi. Shoir aqlli kеngash bilan uni to‘g‘ri yo‘lga solib 
yuborish mumkinligiga ishonardi ham. Lekin arzimagan bir bahona 
goho uning g‘azabiga, olovni birdan gurillatgan shamolday ta’sir qilar 
edi. Navoiy vazminlik bilan murojaat etdi:
— Xoqon, yaralik ko‘ngillarning shifosi uchun siz hakimi hoziq
1
  
bo‘lmoqlig‘ingiz  kerak.  Kaminaning  fikricha,  bu  yerda  qilichning  aslo 
hojati yo‘qdir!
Husayn Boyqaro, xayol surganday, chodir shipiga qarab qoldi. 
Hamsuhbatlar, yelkalaridan bir nima bosganday, past cho‘kib o‘tirdilar.
O‘rtadagi og‘ir jimjitlikni Majididdin Muhammad buzdi:
— Darhaqiqat, — dеdi u, gerdaygan bir turda Navoiyga qarab, 
— podshohi olam hazratlarining fikrlari aqli salim mevasidir. Johil olo-
monni tarbiyalamoq uchun tig‘, loaqal tayoq lozimdir. Olomon shafqat 
va marhamatning qadriga yetmas.
Navoiy titrab, kinoyali kuldi.
— Masala adolat va haqiqat masalasidir, — javob berdi Navoiy 
o‘zini tutishga tirishib. — Haqiqat olomon tarafidadir. Haq so‘zni ayt-
gan og‘izlarni tosh bilan qonatmoq emas, haqiqat tamalini qulatmoq-
qa ko‘tarilgan qo‘llarni kesmoq zarur. Zakot yig‘moq davlat ishidir, le-
kin bir necha badnafs, chirkin maxluqlar uchun boylik manbai emas! 
 
 
1
Hakimi hoziq – mohir, usta tabib.


154
Bundan so‘ng butun Xurosonda jamiki fuqaro tirikchiligini nazarda 
tutib, zakotni isloh etmoq kerak. Bu idorani shiraga o‘ch chirkin 
pashshalardan tozalamoq zarur! Takror aytamanki, elning qahri, g‘a-
zabi asoslidir. Uning ovoziga quloq solmoq, shikoyatlarini sabr-toqat 
bilan tinglamoq vazifamizdir.
Majididdinning rangi quv o‘chib, tili kesildi. Hamsuhbatlar yer 
ostidan bir-birlariga ma’nodor qarab olishdi.
— Ish siz degan haddan o‘tibdir! — kеskin e’tiroz qildi Husayn 
Boyqaro, — Bizning xizmatimizda bo‘lgan zotlarni sangbo‘ronga tut-
moqni saltanat tojiga otilgan haqorat, deb bilgumizdir. Ariza bilan shi-
koyat qilsinlar, nainki, poytaxtda g‘alva ko‘tarmoq!..
— Bizga qolsa, aslo! — yashirin bir kinoya bilan kulimsirab 
gapirdi Navoiy. — Saltanat tojini, quyosh yanglig‘, samovot doirasi-
da biling. Nainki Xo‘ja Abdullo Xatibdek bir xomtama, ajdarnafsning 
boshiga tushgan toshni saltanatga nisbat berursiz. Bir zolimning 
boshi shikast topgani uchun el ustida tig‘ o‘ynatmoq faqirning xotiri-
ga andog‘ keladirkim, davlatingizda har nav darranda va gazandalar-
ning quyrug‘ini ko‘tarur... Modomiki, xaloyiq qo‘lga tosh olibdir, uning 
ko‘nglida dardi bordir. Bu dardni tahqiqlamoq, adl suvi bilan yuvmoq
davolamoq lozimdir.
Husayn Boyqaro sukut qildi. U taraddudda edi. So‘ng qiyiq, tez 
o‘ynaydigan ko‘zlarini shoirga tikib, g‘amgin holda dеdi:
— Xo‘ja Abdullodek ko‘rnamakni jazoga tortg‘umizdir, bunga 
zarra shubha qilmangiz. Ammo poytaxt osoyishtaligini buzgan ahli 
fitna va fasod ham jazodan xoli qolmasligi lozim... Loaqal siyosat yu-
zasidan bir nima jarimaga tortilsalar, istiqbolda bu kabi g‘alayonlar 
takror bosh ko‘tarmagay...
Navoiy yashirin, ichdan xo‘rsindi. Podshohning bema’ni o‘jarligi-
ni sindirish uchun jasur bir ohang bilan dеdi:
— Shoho, xalqning molini, jonini bo‘rilar ixtiyoriga topshirilsa, 
ular bu qonxo‘r maxluqlar dastidan fig‘on ko‘tarsa, ularga quloq sol-
maslik adl-insofdan emas. Tahdid va siyosat emas, mehribonlik dar-
kor. Xalq bilan bo‘lg‘usi muomalada qilichga emas, adl kuchiga su-
yanmoq,  xalqni  jabr-zulmdan  qutqarmoq  lozim.  Zero,  xalq  shundog‘ 
bir daryoyi azimki, u toshsa, aning mavjidan na shohning qasri, na 
darveshning kulbasi qolur, u shundog‘ bir o‘tki, uning bir uchquni tu-


155
tashsa, na xashakni qo‘yar, na falakni... Bas, yaxshilik qilmoq kerak: 
elning, yurtning baxti barqaror bo‘lsa, saltanat ham bexatar bo‘lur.
Shoirning mantiqi qarshisida podshoh har qanday e’tirozdan 
ozod qolgan edi. Lekin ba’zi beklar va kengashchilarning ra’yiga ters 
bo‘lgan bir qarorni chiqarishga botinqiramas edi. Ikkinchi tomondan, 
Mirzo Yodgor kabi dushman bartaraf qilinmagan va uning tarafdor-
lari ko‘payib turgan bir sharoitda davlatning yuragi bo‘lgan Hirotdagi 
g‘alayonni ildamlik bilan tugatish zarur edi. Husayn Boyqaro yana bir 
qancha  vaqt  masalani  muzokara  qildi.  Shoir  o‘z  fikrida  mustahkam 
ekaniga qanoat hosil qilgach, nihoyat, qat’iyat bilan dеdi:
— Mulohazalaringizni batamom qabul qildik. Bu nozik vazifa-
ning uhdasini sizga havola etmoqchimiz. Inshoollo, siz kabi kordon
1
  
va sohibi tadbir
2
 bir zot poytaxtimizda sukut va osoyishtalikni tez kun-
da barpo qilur. Hozirdan safarga otlanmoqqa sizga ijozat berdik.
Navoiy el foydasi va davlat manfaati uchun bo‘lgan bu vazifaga
o‘z odati bo‘yicha, e’tiroz qilmadi. Yengil ta’zim bilan o‘z roziligini bildi-
rib, tabassum qildi-da, sekingina dеdi:
— Poytaxtdagi alamdiyda xaloyiq uchun bu faqir na sovg‘a bi-
lan borur? Elning jarohatlarini ne malham bilan davolar?
— Jumla olamga ma’lumki, men podshohmen, tabib emasmen! 
— hazil yo‘sin javob berdi Husayn Boyqaro.
Navoiy hazil-mutoyibani sevguvchi, zavq bilan tinglab, chechan-
lik bilan chuqur javob berishga mohir bo‘lsa ham, hozir kulibgina 
qo‘ydi ham so‘zini jiddiy davom ettirdi:
— Ko‘ngilga shunday muqarrar bo‘ldikim, dorilxalofat
3
 fuqa-
rosi qoshiga yetgach, faqir ularni hech narsa bilan quvontirmoqdan 
ojiz qolgaymen. Maqsadimizni ravshan qilib aytsak, bizni farmoni hu-
moyun bilan sarafroz qilsangiz ekan.
— Mazmuni qanday bo‘lmog‘i kerak? — qiziqdi podshoh.
— Shul mazmundakim, — dеdi Navoiy, — farmoni oliyning har 
bir so‘zi ko‘ngillarga quyoshdek hayot bag‘ishlagay. Har bir nuqtasida, 
qatorida, daryo pinhon bo‘lgani kabi, sizning daryoyi adolatingiz jil-
valangay. Yana ul farmonda shunday so‘zlar bo‘lmog‘i kerakkim, ular 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish