Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

 
 
1
Daqoyiq – nozik ma’nolar.


177
mavlono Binoiy naq labida tutib turgan yangi bir askiyani aytishga 
botinmay qoldi. Forsiyparastlar fors tilining shirinligini xuddi shu tilda 
bolalikdayoq ajoyib shе’rlar aytgan Navoiyga madh etadilarmi?!
Darveshona xayolchan, sokin, yumshoq Hasan Ardasher 
Navoiyning  fikrlarini  quvvatladi.  Keyin  Sultonmurod  o‘zbek  tilidagi 
shе’rlarning  rang,  ma’no  va  xayol  ingichkaligi  jihatdan  fors  shoirlari-
ning asarlaridan tuban emasligi haqida gapirib, bir necha namunalar-
da isbot etmoqqa tirishdi.
— Bukungi fors shе’rlarining, — dеdi Sultonmurod, — ulug‘ us-
todi mavlono Jomiy hazratlarining muborak ko‘ngillarini o‘zbek shе’ri 
asir etmoqdadir. U janobning fikrlari, iltifotlari tilimizning g‘alabasidir!
Majlisni munoqashadan
1
 qutqarib, do‘stona ruhlantirish uchun 
Navoiy ustalik bilan suhbat mavzuini o‘zgartib yubordi. U soxta bir 
qalandar haqida juda mazmunli, maroq bir hikoyacha aytib berdi. 
Navoiy behisob ko‘p hikoyalar bilar edi. Kundalik hayot voqealaridan 
ajoyib latifalar, ibratli hikoyalar to‘qiy berardi ham ularni shunday jonli, 
shunday iliq aytib berar edikim, har kim zo‘r maroq bilan tinglar edi.
Naq yarim kechada odamlar uy-uylariga tarqalarkan, Navoiy 
Sultonmurodni to‘xtatdi.
— Men sizga biron madrasada dars aytmoqlikni taklif qilurmen, 
ne deysiz?
Sultonmurod javob berishga qiynalib qoldi.
— Hali vaqti kelmagandir... — dеdi ikkilanib.
—  Hirotning  eng  peshqadam  va  istе’dodli  tolibi  ilmlari  sizdan 
dars olmoqni orzu qiladilar.
— Siz lozim bilsangiz, u taqdirda e’tirozim yo‘q, — dеdi  yerga 
qarab Sultonmurod.
— Xub, bu yaxshi ish bo‘ldi, — dеdi quvonib Navoiy. — Ikki-uch 
kun mobaynida tayin qilurmiz. Yolg‘iz aytar so‘zim shuki, vazifangiz-
ga tamom ixlos bilan kirishgaysiz, shogirdlaringizning ko‘ngliga ma’ri-
fat ishqini solg‘aysiz, mol-davlat uchun ilmingizni sotmangiz. Inson 
uchun ko‘ngilning sofligi, boyligi kerak. 
Gulning  to‘ni  qirq  parcha  bo‘lsa  ham,  u  guldir!  Ilmni  xalqqa 
beringiz  va  tafakkur  bilan  ilmni  kеngaytirmoqqa  harakat  qilingiz!  Ilm 
 
 
1
Munoqasha – janjal, tortishuv.


178
ko‘mig‘liq xazina emas, jonli daraxtdir, o‘smog‘i, gullamog‘i, meva 
bermog‘i kerak!
—  Bu  kamina  ham  yolg‘iz  shu  orzular  bilan  yashaydi,  —  dеdi 
Sultonmurod hayajonlanib.
— Xayr, ko‘rishguncha!
Sultonmurod qorong‘i tunda, qanotlanganday, madrasaga 
 
 
 
uchdi.
* * *
Devonning qatorasiga solingan ziynatli xonalarining biri yonida 
qurama xalqdan anchagina to‘plangan edi. Katta, tekis, chorburchak 
sahnni chol qorovul qunt bilan, chang ko‘tarmasdan supurardi. Uning 
soqoli taralib tekislangan, lekin rangi kunduzning mashaqqat lari ni 
xayol bilan beparvo kechirish uchun har kuni ertalab “chize”
1
 taryok 
istе’mol qilib, ustidan ko‘proq shirinlik yeguvchi chollarning rangi kabi, 
sarg‘ish, qonsiz edi. U supurgining dastasiga suyalib, odamlarga yer 
ostidan ko‘z tashladi. Qandaydir bir tanishini ko‘rib, yaqin keldi. U 
taaj jublanib, dеdi:
— Ha, bizning dargohga bosh suqubsan, tinchlikmi? — so‘radi 
chol.
— Dardsiz, g‘alvasiz odam bu yerda nima qiladi? Mirga ikki 
og‘iz arzi hol qilg‘ali keldim.
— Hay, ishing o‘ngidan kelsin! — Chol birin-sirin yangidan ke-
layotganlarni ko‘zdan kechirib, dеdi:
—  Tavba,  Alisher  janoblari  bir  haftadan  buyon  Childuxtaronda 
edilar, u yerda yangi rabot bino qilmoqdalar. Hirotga bukun tunda 
qayt dilar. Xo‘sh, xaloyiqni kim ogohlantirdi?
— Ehtimol, o‘zlari tushimizda bashorat bergandirlar, — kulib 
dеdi bir dehqon.
— Ajab emas... Chunki Navoiyning dili bilan xalqning dili hami-
sha payvanddir, — dеdi ishonch bilan ko‘m-ko‘k qo‘lli bo‘yoqchi.
Shu vaqtda kimdir, burunaki otgandek, qayta-qayta apshurdi.
— Haqqast rost! — bo‘yoqchiga qaradi chol qorovul va jiddiy 
dеdi: — Bu zamonda Navoiy janoblaridek pok odam hargiz topilmas, 
— u ishiga kirishdi.
 
 
1
Chize – jinday, ozgina.


179
Odamlar o‘zaro shivirlashib, Navoiyning ishlari, hayoti, sifatlari 
haqida so‘zlasharkan, amirlarga xos jubbaviy tillodo‘zini kiygan shoir 
hovlida paydo bo‘ldi. Hamma qo‘l qovushtirib ta’zim qildi. Navoiy 
xalqning salomiga javob qaytarib, tezgina yurib, katta xonaga kirdi. 
Odamlar eshik oldini o‘rab, kissalaridan, sallalari orasidan qog‘ozlari-
ni qidira boshladilar. Yondosh xonalarning biridan yosh, mag‘rur kotib 
chiqdi-da “Sabr! Sabr!” dеdi xalqqa qarab, keyin Navoiy kirgan xona-
ga qarab yurdi.
— Bu kun xalq juda ko‘p, — dеdi yosh kotib salom bergandan 
keyin, — barchasini qabul qila bilurmusiz?
— Anglamadim, ne demak istaysiz?
Agar vaqtlari musoida qilmasa, bir qism xaloyiqqa boshqa 
kun kelmoqni taklif etsam, degan fikr xotirimga keldi.
— Barakallo g‘ayratingizga! — istehzo bilan xitob qildi Navoiy. 
— Bizda shunday odatni biron vaqt ko‘rganmidingiz?
Yoch kotib ko‘zlarini yerga qadadi, bir nafasda ham oqardi, ham 
qizardi.
— Siz hali yosh yigitsiz, — dеdi Navoiy endi muloyim, lekin jid-
diy, — mansab poyasida balki yuqorilashursiz. Shu so‘z xotiringiz-
ga naqshlanib qolsinki, elga bu yo‘sinda muomala va xizmat qilmoq 
oqillarning ishi emas.
Kotib boshini bazo‘r ko‘tardi. Uzr tilab, chiqmoqchi bo‘ldi. Navoiy 
uni to‘xtatdi. Yordamchilari yetib kelguncha, bu yerda o‘tirib, unga qa-
rashmog‘ini so‘radi. Kotib bir oz tetiklandi. Quyida, yozuv ashyolari 
turgan pastgina kursi oldida tiz cho‘kdi.
Dastlab juldur kiyimli, kir qalpog‘ini ko‘ziga qadar tushirgan, 
o‘rta yashar dala kishisi qo‘l qovushtirib kirdi-da, salobot bosib, 
dovdirab qoldi.
—  O‘tiring,  muddaongizni  so‘ylang,  —  dеdi  Navoiy  xushmuo-
malalik bilan.
Dehqon eshik oldida cho‘qqaydi, qalpog‘ini sal ko‘tardi.
— Boshimga bir falokat tushib, Isfizordan keldim... — dеdi-da, 
birdan so‘radi: — Hammasini aytaymi, uzun gap?
— So‘ylang, — kulib javob berdi Navoiy.
— Bisotimda birgina otim bo‘lardi. Yomon emas, korimizga ya-
rab turardi. Bir kun, ne bo‘ldi-yu qishlog‘imizga bir otliq sipohi kirib 


180
keldi. Orqasida xushsurat bir bola... Men otimni sug‘orib, yuvib turgan 
edim. Qarshimda to‘xtadi. “Otingni egarlab ber, manov inimni mindi-
rib olayin, tez orada Hirotdan qaytamen, shunda tashlab ketamen”, 
dеdi. Men yalindim: “Bek yigit, ayni ish chog‘i, iloji yo‘q. Boshqalardan 
so‘rab ko‘ring, topilmasa, shunday ketavering, bu arg‘umog‘ingiz bi-
lan Daryoyi Sho‘rgacha yetasiz”. “Yo‘q, — dеdi. — Ovda yurib, otim 
ko‘p urindi. Barcha Hirot meni taniydi. Qozizodalardanmen”, — dеdi. 
Hukumatga ot-ulov bermoq eskidan bir taomil. Otni egarlab, jilo-
vini unga tutqizdim... xullas, ikki oydan buyon u qozizoda qurg‘ur-
dan domdarak yo‘q. O‘n kun burun eshakka minib, Hirotga keldim. 
Kirmagan ko‘cham, so‘ramagan odamim qolmadi. Topish qayda! Bu 
yetmaganday, yana bir falokat oyog‘imdan chaldi: uch kun burun 
esha gimni o‘g‘irlatib qo‘ydim. Mahkamalarga kirsam, arzimni tingla-
madilar. Sizga sig‘inib keldim, taqsir.
Dehqon og‘ir xo‘rsindi. Navoiy asta tebrandi.
— Birodar, sizga bir balo yo‘liqibdi, mayli, kim bo‘lmasin, qozizo-
dami, sipohimi — u bir ofat... Bu yanglig‘ ovchilar ko‘p, ularning o‘zlari 
ovchining itiga arzimaydilar. Ismini bilmaysizmi?
— Aytdi, Tojiddin...
Navoiy kotibga qarab, Qilichbekni chaqirishni buyurdi. Keyin 
kulib, dehqonga murojaat etdi:
— Otingiz topilur. Chin ismini yashirgan bo‘lsa, qiyofatini aytur-
siz. Ammo eshakni oqtarmoqdan foyda chiqmasa kerak. Qaysi 
sho‘razorda, qaysi og‘ilda! Faqat eshakni yo‘qotganingizni bizga isbot 
qila olasizmi?
— O, nahotki bu qulingiz yolg‘on so‘zlasa! Karvon saroyda yuz 
kishi desangiz ham guvohlikka o‘tur.
— U holda eshakning bahosini biz to‘laymiz, — dеdi Navoiy. — 
Lekin bundan keyin ehtiyot bo‘lmoq kerak. Elning bir so‘zi bor: o‘zing-
ga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma!
Dehqon, Navoiy so‘zlarini aqlga sig‘dirmaganday, dovdirab qoldi.
— Qanday gap? Kim to‘laydi? Siz? Yo‘q, jabrini o‘zim ko‘taray, 
— qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi u.
Baland bo‘yli, kеng yag‘rinli, qirg‘iy burun yigit — Qilichbek kir-
di. Navoiy bir necha so‘zda dehqonning muddaosini tushuntirdi. Keyin 


181
buyruq yo‘sinda dеdi: “Bu dardkashni qoniqtirmaguncha, hargiz orom 
olma, jahannam ostida bo‘lsa ham, u zolimni top va jazosini ber!”
Qilichbek dehqonni yupantirdi:
— U odam bizga otning qashqasiday ma’lum. Yuring biz bilan.
Navoiy ularni to‘xtatdi. Eshakning bahosini so‘radi. Keyin o‘zi-
ning xususiy mulozimlariga uchrashib, dehqonga pul olib berishni 
Qilichbekka yukladi. Dehqon shodlik va hayajon bilan to‘la, qulluq qi-
la-qila chiqdi.

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish