O‘NINCHI bOb
Shoirning odatda suhbat quradigan xonasiga kirganda, gap
chortang edi. Sultonmurod kechikkani uchun uzr so‘rab, hamma bilan
ko‘rishdi. Navoiy unga o‘z yonidan joy berdi. Har xil taomlar, shirin-
liklar, yaxshi asralgan anor, olma, noklar bilan to‘la dasturxonga tak-
lif etdi. Majlisda butun Xuroson va o‘zga mamlakatlarga dong‘i ket-
gan bir necha ulug‘ olimlar ham ko‘p vaqt shoir bilan birga bo‘ladigan
shoir Shayxim Suhayliy, shoir Hofiz Yoriy, Hiloliy, darvesh tabiatli qari
Hasan Ardasher va Navoiy xizmatida bo‘lgan fazilatli ba’zi mulozimlar
bor edi.
174
Majlis ahlining aksari uch tilda: o‘zbekcha, forscha, arabcha —
qay biri qulay kelsa, bab-baravar, bemalol so‘zlashardilar. Olimlarning
deyarli hammasi, o‘z ilmlaridan tashqari, yana bir ko‘p ilmlarni chuqur
bilar edi. Ularning orasida ilm bilan san’atni birlashtirganlar, masalan,
go‘zal raqs etuvchilar, musiqiyda kuylar yaratganlar, mohir naqqosh-
lar ham bor edi.
Navoiy, o‘z odatiga muvofiq, mehmonlardan quyiroqda o‘tirdi.
U sokin, kamtarin, muomalada nozik, lekin ulug‘sifat; butun olimlar
u ning jamiki ilmlarda juda chuqur ekaniga qoyil bo‘lsalar, har yerda
tasdiqlasalar ham, Navoiy ilm sohasida ko‘proq o‘z nuqsonlaridan ga-
piradi. U har kimning fikrini sabr va diqqat bilan tinglaydi.
Majlisga yangi mehmonlar keldi. Bular mavlono Shahobiddin bi-
lan shoir mavlono Binoiy edi. Mavlono Shahobiddin — Xuroson olim-
lari orasida ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri. U ilm dun-
yosiga yolg‘iz shallaqilik bilan kirgan. Binoiy istе’dodli shoir, lekin tili
achchiq, o‘jar.
Mavlono Shahobiddin yarqiroq to‘nini halpillatib, yuqoriga o‘tdi.
Go‘yo shogirdlarning o‘ltirishiga kirib qolgan domladay, kekkayib o‘tir-
di. Past bo‘yli, kichik, lekin miqti gavdali, botiq ko‘zlari besaranjom
o‘ynagan, pahmoqsoqol, pala-partish kiyingan mavlono Binoiy lab-
laridagi istehzoli kulgi bilan hammaga bir qarab qo‘ydi-da, soxta bir
kamtarlik bilan kichik qaddini bir oz bukib ko‘rishdi va quyiga, to‘g‘ri
kelgan joyga o‘tira qoldi. Navoiy hammaga ko‘rsatgan xush muoma-
lasi bilan uni mehmon qilishga tirishdi. Binoiy ham xiyla vaqtgacha
umumiy gapga quloq solmasdan, saralab-saralab taom yemoq bi-
lan ovora bo‘ldi. Mavlono Shahobiddin, aksincha, dasturxonga qiyo
boq madi. Go‘yo masalani oxirda yolg‘iz o‘zi yechib berishga ishon-
gan odamday, “churq” etmasdan, donishmand bir tur bilan munozara-
ga quloq soldi. Lekin majlis yangi-yangi masalalarga o‘tdi. Mavlono
Shahobiddin labini ham qimirlata olmadi.
Kimdir mavlono Lutfiyning sho‘x-o‘ynoq bir g‘azalidan ba’zi
baytlarini o‘qib, maqtay boshladi. Boshqa biri Navoiyning butun
Hirot kuylaydigan bir g‘azalini va uning kuyini maqtadi. Mavlono
Shahobiddin bu so‘zlardan zerikkandek, og‘zini katta ochib, homuza
tortdi.
175
— Bilmadik, turkiy shе’rning istiqboli ne bo‘lur ekan? — dеdi u
endi oq tusha boshlagan ko‘rkam soqolini selkillatib, kulib. — Har hol-
da ba’zi shuaroning bu boradagi harakatlarida oz ma’no ko‘rurmen...
Sopalak tosh bilan Badaxshon la’li va aqiqi boshqa-boshqa narsadir.
— Xayr, taqsir! — murojaat etdi unga darvesh tabiatli Hasan
Ardasher. — Turkiyning balog‘at va kamoloti mavlono Lutfiyning, xu-
susan, Alisher janoblarining g‘azaliyotida oftob kabi namoyon bo‘ldi.
Bu yangi so‘zning sehrli sadolari forsiygo‘ylarni, filhaqiqat, hayrat-
ga solmoqdadir. Zavq va idrok sohibi bu haqiqatni aslo inkor qila ol-
mag‘ay.
— Firdavsiy ham Nizomiylarning zaboni asli zotida ilhom va
shе’r uchun yaratilmishki, bu haqiqatga butun tarix guvohdir, butun ja-
hon unga qoyildir. Bu da’vo hech vaqt isbot talab qilmas, — dеdi kek-
kayib mavlono Shahobiddin.
Mavlono Binoiyning botiq ko‘zlarida kinoya, nash’a yonib ketdi.
U beo‘xshov o‘ralgan, katta sallali boshini ko‘tardi.
— Ulug‘ zotlar, — dеdi u so‘zini chertib. — hammalaringiz
Chorsu orqasidagi bizning chapdast temirchilar ko‘chasidan o‘tgan-
sizlar, ularning “taraq-turug‘i” quloqlarga mix qoqqandan battar azob
berur. O‘zbek g‘azallarini tinglaganda ham ayni azobni his eturmen!
Binoiy o‘zbek tili va shе’ri haqida so‘z borganda, hamisha
shu ravishda gapiradigan bo‘lgani uchun ham odamlar undan yana
dag‘alroq, behayoroq gap kutganlaridan, ahamiyatsiz kulibgina
qo‘yishdi. Umuman, butun Xuroson, Movarounnahr olimlari va shoir-
lari kabi, majlisdagilarning ham o‘ndan to‘qqizi forsiyparastlar edi.
Ular uchun o‘zbek tili go‘yo qalamga yot edi. Fors tilining go‘zal-
ligi, boyligi, shirinligi haqida e’tiqod ularning qonlariga singib ket-
ganda. Hatto Navoiy g‘azallarini har qanday ulug‘ fors shoirinikidan
yuqori qo‘yadigan va Navoiyning sozida o‘z ona tilining jonli, qudratli
musiqiy sini tuygan Sultonmurod ham qo‘liga har vaqt qalam olarkan,
beixtiyor ravishda fors yoki arab tiliga murojaat etardi.
Yaqindagina Hirotga kelib, hali Navoiy asarlari bilan yaxshi ta-
nish bo‘lmagan olim mullo Usmon, hamma ko‘zlardan o‘ziga “ofarin!”
qidirib jovdiragan mavlono Binoiyga jirkanib qaradi-da, Navoiyga
murojaat qildi:
176
— Alisher janoblari, siz zullisonaynsiz, siz uchun “Foniy’mi,
“Navoiy”mi dilbardir?
— Haq so‘zni aytsak, — dеdi Navoiy jiddiy, lekin ingichka ta-
bassum bilan, — biz uchun o‘z tilimiz dilbardir, demak, “Navoiy” dil-
bardir.
— Ne uchun? — shoshilib so‘radi mullo Usmon.
— “Foniy” go‘zal, “Foniy!” — qichqirib qo‘ydi mavlono Binoiy
og‘zidan ovqatini sachratib.
Navoiy o‘tkir istehzo bilan mavlono Binoiyga bir qarab qo‘ydi-
da, so‘zida davom etdi:
— Biz fors tilining qudrat va ahamiyatini, u tildagi asarlarning
husni va salobatini hech vaqt inkor etmadik. To go‘daklikdan bosh-
lab fors tilida ham qalam surmoqdamiz. Ammo tilimizning afzal-
ligi biz uchun ulug‘ haqiqatdir. Biz go‘daklikda bu haqiqatning ishqi-
ni ko‘nglimizga jo qilganmiz, o‘lganimizgacha bu ishqni saqlaymiz!
Shaharlarni, qishloqlarni, sahro va tog‘larni to‘ldirgan el-ulusimiz,
urug‘-aymog‘imiz bor, uning o‘z zavqi, fahmi-idroki bor. Biz eli mizning
zavqini, tabiatini nazarda tutib, uning o‘z tilida qalam suraylikki, u ning
ko‘ngli fikr gullari bilan to‘lsin. Turkona so‘z bilan tarannum etaylik-
ki, elning yuragi mavjga kelsin. So‘z gulshanida o‘zga ellar qatorida
biz ning elimiz ham bahramand bo‘lsin. Fors ash’ori elimizning zav-
qi uchun begonaroqdir. Endi otalarimiz, bobolarimiz, enalari miz tili-
ga nazar solsak, uning forsdan bag‘oyat baland darajada ekani bir
haqiqatdir. Tilimizda daqoyiq
1
ko‘p. Ammo bu kungacha hech ki-
shi uning haqiqatiga nazar tashlamabdir. Afsuski, yulduzlardan
yorug‘roq gavharlari yashirin qolib, balki unutilish darajasiga yetibdur.
Elimizning shoir yigitlari oson yo‘lni ko‘zlab, yolg‘iz fors tili bilan taran-
num etdilar. Tilimizda nozik ma’nolarni, ruhning butun jilvalarini ifoda
qilg‘uvchi so‘zlar va shakllar shunday ko‘pdirki, forsiyda ularning biri
ham topilmas.
Navoiy katta faxr bilan, ruhlanish va dard bilan so‘zladi. Gapini
bitirgandan so‘ng ham ko‘p kishilar, so‘zning davomini kutgan kabi,
undan ko‘z uzmay, mahliyo bo‘lib turdilar. Forsiyparastlarning na-
faslari ichlariga tushib ketdi. Hatto tili hamisha qayrog‘lik bo‘ladigan
Do'stlaringiz bilan baham: |