1
Kordon – ish biladigan;
2
Sohibi tadbir – tadbir egasi, tadbirli;
3
Dorilxalofat –
poytaxt.
156
zolim, munofiq amaldorlar, ulus molini g‘asb etuvchilar boshiga sang-
bo‘ron bo‘lib yog‘ilgay.
Husayn Boyqaro indamasdan, ayyorcha kulib qo‘ydi. Keyin
yengillanib, Hirotda bajarilishi kerak bo‘lgan boshqa ishlar to‘g‘risida
so‘zladi. Nihoyat, shoir ruxsat tilab, o‘rnidan qo‘zg‘alar ekan, u dеdi:
— Yo‘l tadorikiga kirishing. Farmonni tezda muhayyo qilib, sizga
topshirurmiz.
Navoiy asta-asta yurib, o‘z chodiriga keldi. To‘nini yechib,
bir nafas istirohat qilmoqchi bo‘ldi. Lekin u butun borlig‘i bilan hozir
Hirotda edi. Uning boshini turli fikrlar, rejalar qopladi.
Xizmatchi hammaga qaynatilgan yalpi qozondan taom keltir-
di. Shoir ozgina et yeb, kosani chetga surdi. Sharbat o‘rniga bir kosa
sovuq ayron talab qildi. Kitoblar taxlangan pastak kursida yotgan va
kitoblar ichiga suqib qo‘yilgan shaldiroq, oqsimon va rangli qog‘ozlar-
ni to‘plab, tartibga solib, kichkina, har yoni o‘ymakor tasvirlar bi-
lan muzayyan fil tishi qutiga soldi. Bular safarda bitilgan, hali oqqa
ko‘chirilmagan g‘azallar, muammolar, tuyuqlar edi.
Yo‘l jabdug‘i tayyor bo‘ldi. Farmonni shoir ko‘zdan kechirib,
uning mazmunidan rozi bo‘ldi. So‘ng, uni naychaday buklab, ustini
muhrlatib, sallasining bir chekkasiga qistirdi. Mulozimlar uning yu-
vosh, lekin jussasi juda kelishgan yo‘rg‘a qorabayir otini ko‘ndalang
qilishdi. Shoir bilan birga borishi tegish bo‘lgan hamrohlar ham tayyor
bo‘ldi. Bularning orasida shoirning sadoqatli navkari Boboali — bar-
vasta qomat, aqlli, boadab yigit ham bor edi. Navoiy duxoba ko‘rpa-
cha tashlangan egarga o‘tirishi bilan ot boshini chiroyli silkib yurib
ketdi. Uning orqasidan Boboali va bir necha saroy mulozimlari, man-
sabdorlar yo‘lga tushdilar.
Shoir otda yurishni, sokin dala manzaralarini tomosha qilish-
ni sevar, hatto ba’zan ot ustida ilhomga berilib, g‘azallar to‘qir edi.
Uzoqdan, mayin, ko‘kimtir tuman pardasida sokin jilvalangan tog‘lar,
havoda bir to‘p ko‘lanka kabi g‘ira-shira ko‘ringan daraxtzorlar, qum-
liklarning qizg‘inidan oyog‘i kuygan kabi zir yugurgan shamollar, may-
da toshliqlar orasidan mildir-mildir qaynab chiqqan tiniq suvlar ham-
ma narsa shoirning ko‘nglini to‘lqinlantirar, u hamma narsada ulug‘,
lekin yashirin bir kuchning go‘zal va azamat ohangini tuyganday
bo‘lar edi.
157
Navoiy obod joylardagi ekinlarga, mevazor bog‘chalarga diqqat
qildi. Adirlardagi podalarga, dahshatli qoyalar va cho‘qqilar ustida
sakrab, toshlar orasida o‘t chimdib yurgan echkilarga suqlanib qara-
di. Ko‘chmanchi afg‘on va boshqa qabilalarning chodirlariga, sahroyi,
sodda hayotning xususiyatlariga razm soldi. Bu qabilalarning tillari,
maishatlari, odatlari haqida hamrohlari bilan so‘zlashdi.
Navoiy Hirotga kirishi bilan uning maxsus farmon olib kelganligi
butun shaharga yashindek tarqaldi. Hamma uni tezroq eshitish orzusi
bilan yondi. Hirot, tashdan qaraganda, avvalgiday tinch, hamma o‘z
tirikchiligi bilan mashg‘ul bo‘lganday ko‘rinsa ham, lekin kosib-hunar-
mandlar, dehqonlar hali g‘azabdan tushmagan edilar. G‘alayon av-
valgidanda dahshatliroq va kеskinroq bir miqyos va shiddat bilan har
lahza mavjlanishga tayyor edi.
Shoir devonga kelib tushdi. Voqeaning qanday ro‘y berganligini
mufassal o‘rgandi. Xo‘ja Abdullo ham boshqa ma’murlar tomonidan
xalqqa solingan zakotni bekor qildi. Bu ishda aybdor mansabdorlar-
ni mansabdan bo‘shatdi. Keyin arz-dod qilg‘ali eshikda to‘plangan
kambag‘al aholini qabul qilishga kirishdi. Yoshmi, keksami, ayolmi,
tojik, o‘zbek — har kimning shikoyatini sabot-matonat bilan tingladi.
Shikoyatchilarning hol-ahvollariga doir savollar berdi, ularni yupantir-
di, da’volarini hal qildi. Shoirning qoshiga yig‘lab kirganlar tabassum
bilan, bukchayganlar adolat kuchi bilan ruhlanib, qadlarini rostlab
chiqdilar.
Hirotning ulug‘ masjidi jomе’ning xonaqosi, qulochga sig‘mas
yo‘g‘on ustunli naqshkor ayvonlari, katta, tekis hovli sahni, jomе’ning
uch tomonini o‘ragan qator hujralarning tomlari, minoralar xalq bilan
liq to‘la edi. Juma namozidan so‘ng shoir asta, ulug‘vor yurib, min-
barga chiqdi. Hamma birdan “guv” etib o‘rnidan turdi. Tiq etgan to-
vush yo‘q. Hamma ko‘zlar chuqur hayajon bilan bir nuqtaga tikil-
gan. Navoiy minbarda turib, bir tuyg‘u, bir hayajon bilan jim qotgan
xalqqa darddosh ko‘zlarini yugurtirib chiqdi. Shoir farmonni ochdi,
sezilar-sezilmas titragan qo‘lida tutib, kuchanmasdan, ovozini odat-
dagidan balandroq qo‘yib, asta-vazmin o‘qidi. Birdan yalpi g‘ovur-
g‘uvur ko‘tarildi. Xalq o‘z taassurotini, ko‘ksida siqilgan his va fikrlar-
ini ifoda etishga kirishdi: “Yo, adolat!’ “Inshoollo”, “Zolimlarga la’nat!”,
“Ofarin!” sadolari hamma yoqni tutdi.
158
Farmonning mazmuni bir zumda og‘izdan-og‘izga o‘tib, orqa-
dagilarga, hatto jomе’ tomidagilarga ham yetgan edi. Shoir to‘lqin-
lanib, qisqa, ma’nodor, samimiy nutqini bitirgan hamon minglarcha
qo‘llar — dehqonlarning g‘adir-budur baquvvat qo‘llari, bo‘yoqchilar-
ning ko‘m-ko‘k panjalari, bo‘zchilar va boshqa hunarmandlarning in-
gichka suyakli barmoqlari havoga ko‘tarildi. Navoiy haqiga aytilgan
duo va tilaklar gumburlab, jomе’ning azamat peshtoqlarini yangratdi...
Odamlar quvonch bilan ko‘chaga oqdi. Elning umumiy xur-
sandchiligi bilan adolat so‘zining kuchiga chuqurroq ishongan shoir
hammadan keyin qolib, madrasalar va mullabachchalar ning ahvo-
li to‘g‘risida shaharning ulug‘ olimlari, mudarrislari bilan suhbatlash-
di-da, yolg‘iz o‘zi devonga qaytdi. Xalqqa jabr-sitam yetkaz gan man-
sabdorlarni ro‘yxatga olib, har birini o‘z gunohi va jinoyatiga yarasha
jazo va jarimaga tortmoqqa tayyorlandi.
Butun Hirot shoirning haqiqati bilan yashar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |