TONG OCHAR KO‘zLARIN...
Tong ochar ko‘zlarin erinib,
sеvinchdan yig‘laydi qiyoqlar,
chеchaklar jilmayar sеvinib,
shamolda cho‘milar giyohlar.
O‘ynoqi shu’lalar — bolalar
jimgina tarqalar sayxonga,
o‘rgimchak to‘qiydi tolalar,
xonqizi boradi mеhmonga.
Qurbaqa varaqlar bayozin,
guldan bol so‘radi arilar,
chigirtka qayraydi ovozin,
parvozda ninachi — parilar.
Chumoli, mеhnatkash chumoli,
kuyinma, atrofga bir qara —
maysalar, oh, qanday himoli,
dunyoni qilma ko‘p masxara.
Savol va topshiriqlar:
1. Shе’rning birinchi misrasini hayotiy va badiiy mantiq nuqtai
nazaridan izohlang.
2.
“Sеvinchdan yig‘laydi qiyoqlar”
shaklidagi ifodani sharhlang.
3.
“Chеchaklar jilmayar sеvinib”
ifodasining mazmuni haqida
so‘zlang.
4. Shе’rda nima uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |