Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

O‘zIM HAqIMDA
Bizning oilamizda hech kim san’at yoki adabiyot bilan shug‘ul-
lanmagan. Ota-onam oddiy xizmatchi bo‘lishgan. Men o‘qigan qish-
loq maktabida qiziq bir qoida bor edi: chet tili o‘qituvchisi yo‘q bo‘lsa, 
o‘rniga ashula darsi o‘tilardi, fizika muallimi kelmay qolsa ham, ko‘pin-
cha shu tarzda „o‘qitilardi“.
Bilmadim, yo o‘qituvchilar yetishmasmidi, yo ashula muallimimiz 
shunaqa zo‘rmidi... Endi eslasam, ashula darsini „Yallama yorim“dan 


258
boshqasini bilmaydigan bir amaki o‘tar ekan. Xullas, o‘n yil ashu-
la aytdik. Endi bu ovoz bilan qayerga borish kerak? Artistlikka-da! 
Shunday qilib, Toshkent teatr va rassomlik san’ati oliygohining talaba-
si bo‘lib qoldim.
San’at olamiga kirib kelishimning tag‘in bir yashirin, o‘zimdan 
boshqa hech kim bilmaydigan sababi bor. Doim ichimda gaplarim 
ko‘p-u, lekin uni eshitadigan odamlarning kamligi meni qiynab kelar-
di. O‘y-xayolimda faqat bir narsa charx urardi — qaysi kasbni tanla-
sam, meni ko‘proq odam eshitadi? Televideniye va radio suxandon-
lariga havasim kelardi. Ularni million-million odam eshitadi. Men-chi? 
Uydagilar, to‘rt-beshta jo‘ralar-u, qo‘ni-qo‘shnilar. Menday odamga bu 
kamlik qiladi, albatta. 
Talabalik yillarimda suxandonlik qilmoqchi ham bo‘ldim. 
Olishmadi. Radioga ovozim to‘g‘ri kelmadi. Televizorga — basha-
ram. Oliygohni bitirib, Muqimiy nomidagi teatrda aktyor bo‘lib ishlay 
boshladim. Avvaliga shuncha tomoshabin gaplarimni eshitayotgani-
dan mast bo‘lib yuraverdim. O‘n yillar ishlaganimdan keyin birdani-
ga aqlim kirib qoldi. Bilsam, aktyorlar ham o‘zining emas, birov yozib 
bergan gaplarni gapirarkan. Hafsalam pir bo‘lib ketdi va  o‘zim ularga 
gap yoza boshladim. Bu hunar bilan shug‘ullanadiganlarni „drama-
turg“ deyishar ekan. Dramaturg bo‘lsa, dramaturg-da! Ana shu tariqa 
adabiyotning sirli va mashaqqatli olamiga kirib keldim.
Oliygohga  kelib,  domlalarimiz  men  ism-sharifini  ham  bilmay-
digan odamlarning nomlarini alohida bir hurmat bilan tilga olishayot-
ganini sezib qoldim. Qarang, biz qishloqda ketmon ko‘tarib yuraver-
gan ekanmiz-u, bu yoqda Esxil, Seneka, Sofokl, Aristofan degan al-
lomalar  bor  ekan.  Zamondan  orqada  qolib  ketibmiz  deb,  shularning 
asarlarini mutolaa qilishga tushdim. Qadimgi yunon dramaturgiyasi-
dan tortib, dunyo, Ovrupo, o‘ris dramaturgiyasigacha varaqlab chiqil-
di. Shu darajada jiddiy kirishilibdiki, bu yoqda milliy adabiyot degan 
narsalar ham bor ekanligi xayoldan sal faromush bo‘pti. Shuning sa-
babi o‘laroq, ilk asarlarimda voqealar, munosabatlar, vaziyatlar bir 
do‘stimning ta’biri bilan aytganda, „o‘risbashararoq“ bo‘lib qolgan edi. 
To „osmondan yana yerga qaytib tushgunimcha“ juda ko‘p ter to‘kish-
ga to‘g‘ri keldi.


259
Har bir yozuvchining qandaydir o‘zigagina xos jihati bo‘ladi. 
Kimdir sujet topishga usta, kimdir noyob xarakterlar yaratishga mo-
hir, boshqalari asar voqealarini zargarona terishda tengi yo‘q. Mening 
eng yaxshi ko‘rgan qurolim — yumor. Asar qanday janrda yozilma-
sin, voqealar qanchalik jiddiy, qahramonlarimning taqdiri qay dara-
jada fojiali bo‘lmasin, yumor, hazil-mutoyiba, askiya unsurlari, so‘z 
o‘yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qilaman. Bu birinchidan, 
asarni o‘qishli qiladi, tomoshaviyligini oshiradi, ikkinchidan, boshqa 
nuqsonlarni „yopib“ ketadi. Masalan, „Temir xotin“ asarimda aytiladi-
gan „gap“ jiddiy, lekin vaziyat, qahramonlarning so‘zi kulgili yoki ak-
sincha bo‘lishi mumkin.
Ko‘pincha, u yoki bu asarning qanday yozilgani haqida so‘ra-
shadi. Kimdir aytgan ekan, avval toza qog‘oz olasiz, so‘ng chapdan 
o‘ngga qarab yozib ketaverasiz, deb. „Temir xotin“ ham shunday yo-
zilgan. Jumladan, siz quyida o‘qiydigan parcha ham...

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish