261
qo‘chqor: — Ko‘pchilik yaxshi-da, ko‘pchilikdan o‘rgilay...
(Uy
tomonga baqirib.) Safar ham bormidi? A? Sendan so‘rayapman, ga-
rangmisan?!
qumri: — (Ichkaridan.) Ha, bor edi.
qo‘chqor: — Tag‘in kim chiqdi?
qumri: — Nima farqi bor?
qo‘chqor: — Farqi bor! Ertaga kimdan uzr so‘rashimni bilishim
kerakmi? E... bugun, deganim.
qumri: — Muhiddin akaning o‘g‘li ikkita o‘rtog‘i bilan armiyadan
otpuskaga kelgan ekan, avval uch kishi bo‘lib o‘shalar chiqishdi.
Hech bo‘y bermadingiz.
qo‘chqor: — Armiya ham bas kelolmadi, degin?
qumri: — (Boshqa ko‘ylak kiyib chiqib.) Keyin Muhiddin aka bi-
lan Safar akalar chiqishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: