qo‘chqor: — Nima-simum?
Olimjon: — Maksimum. Masalan, boshqaruv blokiga yumor
hissi bilan bog‘liq mikrosxema o‘rnatilsa...
qo‘chqor: — Nima-sxema?
Olimjon: — Mikrosxema. Yumor hissi bilan bog‘liq mikrosxema
o‘rnatilsa, hazilkash, quvnoq, biroz shaddodroq ayolga aylanadi. Lirik
hisli mikrosxema o‘rnatilsa, ayollarga xos nazokat, ibo paydo bo‘ladi.
qo‘chqor: — Nega ayollarga xos?
Olimjon: — Iye, boyadan beri nima deyapman? Robot ayol
shaklida bo‘lishi kerak-da, bo‘lmasa, nima qizig‘i bor? Ko‘ryapsizmi,
bir o‘q bilan ikki quyonni uramiz: ham xotin-qizlarimizni og‘ir qo‘l
mehnatidan xalos qilamiz, ham paxtazordan qiz-juvonlarning kulgisi
jaranglab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |