Savol va topshiriqlar:
1. She’rni sokin va ta’sirli ohangda o‘qing.
2. Qiz qalbining nozik tebranishlari she’rning qaysi satrlarida,
ayniqsa, go‘zal tasvir etilgan?
3. She’rning dastlabki baytiga e’tibor berib, ma’nosini chaqing.
4. „Nogahon berib qo‘yib bu husnni, kamolni, O‘zi ham rashk,
hasadga to‘lib-to‘lib yaratgan“ misralaridagi ko‘tarinki badiiy
tasvirga e’tibor qiling.
5. „Qiya tushgan nigohni armonga yo‘ymagaysiz“ satrining ma’ -
nosini tushuntirishga urining. Suygan qiz ruhiy holati ifodasining
ta’sirchanlik darajasiga e’tibor qiling. „Qiya tushgan nigoh“
kimniki?
6. Oldingi davrlarda qiz suyukli yigitini, ayol turmush o‘rtog‘ini
ehtirom bilan „begim“ deb atagan. Bu so‘z she’rdagi milliylik,
samimiylikni chuqurlashtirishga qay darajada xizmat qilyapti?
7. She’rdagi: „Siz xuddiki Farhodsiz, Shirin qaydadir, begim?
Do'stlaringiz bilan baham: |