Nahot hech kim boqiy umr olmasa,
Nahot hech bir zot ustuvor qolmasa?! Savol ko‘pdir, ammo charxda tinim yo‘q, Go‘yo unda hech narsaga qo‘nim yo‘q!
Shu taxlitda zamin-zamon do‘nipti , Hamma shunga ko‘nipti.
II
Biri katta, biri esa kichikroq,
Ikki urug‘ o‘tgan ekan eski choq.
Yeri, eli behad katta birining Va har jihat qo‘li kalta birining.
Xalqning fe’li o‘z yeriga o‘xsharkan:
Katta urug‘ yalqov, loqayd yasharkan! Kichigi-chi, qaynagan qon, ishchan er, Mehnatidan zar tugarkan har kaft yer. Yondosh yashab, doim ol-ber qilishib,
Hech beg‘araz borishib ham kelishib,
Bul ikkovi chin qo‘shniga do‘nipti,
Hamma bunga ko‘nipti!
III
Katta mulkka, katta yerga o‘chlar ko‘p, Zimdan qarab, tish qayrovchi kuchlar ko‘p. Bir kun ulli urug‘ni yov bosibdi,
Naq g‘oz uzra qirg‘iy qanot yozibdi.
Ko‘p qiribdi yov beparvo elatni,
Boshiga ham solibdi xo‘p kulfatni.
Xo‘sh, kichkina qo‘shni-chi, u tiyran, qurch, Jim turdimi, yo‘q, yordamni bildi burch! Shunday qilib ikkov bir saf bo‘ldilar,
Yovni birga olqon-talqon qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |