Uni olib el boshliqqa boribdi,
Borib barcha dardi holin yoribdi.
Boshliq dermish: “Biz kichkina - u katta,
Yovlar ko‘pdir, himoya yo‘q, qo‘l kalta!”
Dono debdi: “Yurtga bir boq, oqsoqol,
Unda hali o‘zi bilmas zo‘r ganj bor!
Bu g‘ururdir! U - har qalbning qa’rida!
Shuni uyg‘ot hali imkon borida!
Uyg‘otolsang - xalqing xalqqa do‘nadi,
Yo‘qsa butkul so‘nadi!”
VII
Ko‘p qiziqdir ko‘hna moziy taqriri,
Ko‘p qiziqdir unda xalqlar taqdiri.
Agar kimdir mashhur esa qadimda,
Bugun yo‘qdir u hech kimning yodida.
Kecha kimdir xor-u xasga yursa teng,
Bugun uning shon-shuhrati ko‘kda deng!
Xo‘sh, ne bo‘ldi kichik urug‘ taqdiri,
Bugun qanday uning holi taqriri?!
Ul el o‘zda g‘urur paydo etganmi Yo eng so‘nggi xazina ham bitganmi?!
Kim biladi?! Shuncha zamon do‘ngandir!
Balki bordir, balki butkul so‘ngandir...
1978- yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |