Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet47/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

OYBEK
(1905—1968)
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905- yilning 10- yanvari- da Toshkentning Govkush mahallasida tug‘ildi. Ota-onasi uni juda yoshligida eski maktabga o‘qishga berishgan. Oybekda adabiyot­ga muhabbat ko‘rkam so‘zga mehri ba land onasi Shahodatbonu tu­fayli paydo bo‘ldi. Muso o‘n to‘rt yoshga to‘lganda “Namuna” nomli boshlang‘ich maktabda o‘qishni davom ettiradi. O‘n olti yoshga yet- ganda, Navoiy nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumiga o‘qishga kirdi. Texnikumdagi o‘qish unda mumtoz adabiyotga muhabbat uyg‘otish- dan tashqari, rus adabiyotiga yaqinlashtirdi.
Oybek o‘z xotiralarida: “Xayol daryosi keng edi menda. O‘qtin- o‘qtin o‘zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she’r yozib ham qo‘yardim. Xotiramda bor, ilk she’rim texnikumning “Tong yulduzi” nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o‘zim mas’ul muharrir bo‘ldim. Sekin-sekin respublika gazetalarida she’rlarim bosila boshladi”. Shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi.
Shu texnikum talabasi, Oybekning bo‘lajak umr yo‘ldoshi Zarifa Saidnosirova o‘z xotiralarida shunday yozadi: “Oybek oriq va novcha yigit bo‘lib, qo‘ng‘ir... qalin sochlari do‘ppisidan toshib turardi. Yirik qora ko‘zlari shogirdlik davridayoq teran ma’noli va xayolchan edi... Oybek “Tong yulduzi” devoriy gazetamizning muharriri edi. U ba’zan yo‘limni to‘sar, gazetaga biror narsa yozib berishim yoki rasm soli- shimni so‘rar edi. U bir kuni she’rga liq to‘la, qalingina, sariq muqova- li daftarni qo‘limga tutqazdi-da, she’rlarning boshi va oxiriga kichik-
kichik rasmlar chizib berishimni so‘radi. Yo‘q deya olmadim va eng nozik mo‘yqalam va akvarel bo‘yoqlar ila rasmlar chizdim...”.
1925- yilda texnikumni tugatgan Oybek O‘rta Osiyo davlat uni- versiteti (hozirgi O‘zMU)ga o‘qishga kirdi. 1927- yilda o‘qishini Sankt- Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo‘jaligi institutiga ko‘chirdi. Namxush va zax Peterburgda tahsil bilan o‘tgan ikki yil shoirning sa- lomatligiga yomon ta’sir ko‘rsatdi va u 1930- yilda o‘zi o‘qigan univer- sitetga qaytib keldi.
Adabiyotga Cho‘lpon hamda rus simvolistlarining ta’sirida shoir sifatida kirib kelgan Oybek tez orada o‘ziga xos ovozga ega ijodkor ekanligini ko‘rsatdi. 30- yillarda u “Dilbar davr qizi”, “O‘ch”, “Baxtigul va Sog‘indiq“, “Navoiy” singari o‘nga yaqin doston yaratdi. Hikoyachilikda ham o‘zini sinab ko‘rdi.
1937- yilgi qatag‘on shamoli Oybekni ham chetlab o‘tmadi. U til va adabiyot institutidagi ishidan haydaldi. Yozuvchilar uyushmasi safi- dan chiqarildi. Matbuot eshiklari yopildi. Lekin shoir umidsizlikka tush- may, butun kuchini ijodga bag‘ishladi. Tinmay yozdi. Eng mashhur asari “Qutlug‘ qon” romani hayoti xavf ostida turgan tahlikali davrda yozildi.
Oybek ikkinchi jahon urushi yillarida ham samarali ijod qildi. Shu yillarda adibning mashhur “Navoiy” romani hamda milliy ozod- lik yo‘lidagi kurash aks etgan “Mahmud Torobiy” tarixiy dramasi yozil- gan. 1943- yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi sifatida Oybek va G‘afur G‘ulom qabul qilingan. Oybek o‘sha yillardan to 1951- yilga qadar akademiyaning gumanitar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladi.
Ikkinchi jahon urushi tugagach, Oybek O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi qilib ham saylandi va 1949- yilgacha shu lavozimda mehnat qildi. Adib “Oltin vodiydan shabadalar” romanini yozdi. Oybek 1951- yilda og‘ir xastalikka chalindi. Gapirolmay qolgani, harakatlari cheklangani, xotirasi susayganiga qaramay, u umrining keyingi yillari­da “Quyosh qoraymas”, “Ulug‘ yo‘l” romanlari, “Nur qidirib”, “Bolalik”, “Bola Alisher” qissalarini yaratdi. Talaygina she’r va dostonlar bitdi.
Mashhur ximik olima, Oybekning umr yo‘ldoshi professor Zarifa Saidnosirova shunday yozadi: “1968- yilning 1- iyulida, oltmish
uch yoshida Oybek vafot etdi. Men hayotimning birdan-bir ma’nosi bo‘lgan ulug‘ insondan judo bo‘ldim. Men hozir Oybekning o‘limol- di kunlarini yozishga qanchalik shaylanmay, qo‘lim qaltirab, nafasim tiqilib qolmoqda... ”.
Siz quyida Oybekning mashhur “Navoiy” romanidan olingan parcha bilan tanishasiz.
NAVOIY”
(romandan parcha)

  • * *

Mirzo Yodgor erka o‘sgan, ziynatli hayotning lazzatiga, may, musiqiy olamining yoqimli, orombaxsh hislariga berilgan yigitcha edi. Uning ixtiyori beklari, jahongashta tarbiyachilari qo‘lida bo‘lgani- dan ular mirzoning nozik, xayolchan ko‘nglini qonli mojaro, tanta- na va hokimiyat havaslari bilan yoqishga tirishadilar. Davlat ishlari- da tadbirli ayol va umuman, bilimdon, oqila hisoblangan ammasi Poyanda Sultonbegim ham uni Xuroson taxti uchun kurashga unday- di. Buning ustiga, u turkman sultoni Hasanbekdan katta ko‘mak oladi. G‘ururlangan shahzoda Jurjon hokimi amir Zohid Tarxiyning ustiga yurish qilib, uni qulaygina yengadi. Jurjonni qo‘lga olib, poytaxt Hirotni bosish, toj kiyish umidi bilan urinadi...
Mirzo Yodgor isyoni to‘g‘risida Hirotda xabar olinishi bilan Navoiy Husayn Boyqaroni ildam otlanishga undagan edi. Xurosonda Husayn Boyqaro hokimiyatining barqaror bo‘lishini orzu qilishi u bilan go‘daklik zamonlarda boshlangan do‘stlik xotirasi uchungina emas- di. Navoiy Husayn Boyqaroda shoirlik, ilmparvarlik sifatlarini ko‘rdi. So‘ngra Husayn Boyqaro harbiy san’atni durust bilar edi. Jang may- donlarida bir necha dapqir ro‘y-rost urushib, bahodirlik ko‘rsatgan edi. Yurtda adolatli davlat, odil va ilmparvar hukmdor ko‘rmoq orzusida bo‘lgan Navoiy Husayn Boyqarodan ko‘p narsa umid qilar edi.
Shoir chodirda tinch yashagandek ko‘rinsa ham, haqiqat- da shovqin-suronsiz, katta g‘ayrat bilan qo‘shinni mahkamlash- ga harakat qilardi. O‘ziga yaqin yigitlar orqali dushman kuchlarining
vaziyati haqida, Mirzo Yodgorning qay turda harakat qilish maqsadi- da ekanligi va boshqa ma’lumotlar olishga tirishar edi. Bu bema’ni, behuda qon to‘kishlarning tezroq to‘xtatilishini sabrsizlik bilan kutar- di. Nihoyat, qat’iy, hal qiluvchi kunlar keldi. Husayn Boyqaro kengash chaqirdi.
Tongga yaqin Sulton Husayn atrofi maxsus posbonlar bilan qo‘riqlangan hashamatli shohi chodirdan chiqdi. Uzoqda, ko‘kimtir tuman ichida mudragan tog‘lar ustida siyrak yulduzlar xira ko‘zlarini horg‘in qisadi, dalaning salqin shamoli tinib, chodirning ipagini yengil mavjlantiradi. Podshoh ishbilarmon beklari bilan rusumoti jang1 haqi­da so‘zlashdi. Rusumoti jangni yaxshi biluvchi beklar o‘z mulohazala- rini bildira boshladilar: Mirzo Yodgorga qilinajak hujumni qay yo‘sin- da olib borish, turli qismlarga kimlarni sardor tayinlash to‘g‘risida takliflarni o‘rtaga otdilar. Husayn Boyqaro ularning chora-tadbirlarini ma’qulladi. O‘tirganlarga ko‘zlarini bir-bir tikib, qandaydir ichki shavq va yengillik bilan dedi:

  • Endilikda so‘z osmon kitobida qoldi! Yoki xato qilurmenmi?

Chorpaxil, beso‘naqay Islim barlos qalpoqli boshini og‘ir teb-
ratdi-da, osmonni ko‘rmasa ham, qahrli ko‘zlarini yuqoriga — ipak chodirning ko‘rkam uqalari, rang-barang ipak shokilalari osilib turgan shipga tikdi va salmoqlanib, dedi:

  • Albatta... Yulduzlar ne der ekanlar?..

  • Munajjimni qoshimizg‘a chorlaylik. Shoyad safarimizga tole yulduzining intizorligini bizga e’lon qilsa, — dedi podshoh Navoiyga qarab.

  • Munajjim aksini so‘zlasa, ul chog‘ hazratlari ne qilurlar? — tabassum bilan so‘radi Navoiy.

Husayn Boyqaro taraddudlanmadi.

  • Tole soatini kutmoqdan o‘zga ilojimiz yo‘q. Toleimiz o‘z yul- duzini egallagan kun biz ham otlarimizga minurmiz.

Beklar goh podshohga, goh Navoiyga qarab, jim o‘tirishardi.

  • Podshoh hazratlari, — nazokat bilan murojaat etdi Navoiy,

  • bizning fikrimizcha, har bir ishda aqlni rahnamo qilmoq lozimdir.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish