Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet180/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

Nazariy ma’lumot
ROMAN HAQIDA MA’LuMOT
Adabiyot ilmiga doir kitoblarda roman janridagi bitik, odatda, nasrda yozilib, hayotni keng ko‘lamda, ko‘p obrazlar ishtirokida aks ettiradigan katta hajmli asar tarzida ta’riflanar edi. Janrning nomi lotin emas, balki roman deb ataluvchi qarindosh tillaridan birida yozilgan asar ma’nosidagi “roman” so‘zidan olingan. Roman ilk paydo bo‘lgan XII-XIII asrlarda Ovro‘podagi ko‘pchilik davlatlarda lotincha ham ras- miy, ham badiiy til sanalardi. Tabiiyki, aholining asosiy qismi bo‘lmish mehnatkashlar lotin tilini bilmasdi. Ana shunday sharoitda lotinchani bilmaydigan odamlarga tushunarli bo‘lgan tilda yozilgan asarlarga
ehtiyoj tug‘ildi. Roman ana shu ehtiyoj natijasi o‘laroq paydo bo‘ldi. Ilk paydo bo‘lgan chog‘ida roman tillarining birida yaratilgan har qan­day asar roman sanalib, "roman tilidagi qissa yoki hikoya” ma’nosida “sonte roman” deyilgan.
O‘tgan davr mobaynida roman janri takomillashib, janriy bel- gilari aniqlanib bordi. Natijada, roman deyilganda ko‘p timsollar qat- nashadigan, bir necha syujet chizig‘iga ega bo‘lgan, keng qamrovli, katta hajmli nasriy asarlar tushuniladigan bo‘lgan. 19-asrga kelib, she’riy romanlar ham paydo bo‘la boshladi. Mashhur rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asari ana shunday romanlarning namunasidir.
Shuni aytish kerakki, adabiyot tarixidagi roman nomi bilan e’lon qilingan barcha bitiklar ham janr oldiga qo‘yilgan yuqoridagi ta’rifga mos tushavermaydi. XX asrning boshlarida Hamza va Mirmuhsin- Fikriy tomonidan yaratilgan “Yangi saodat” hamda “Befarzand Ochildiboy” asarlarini hajmi kichik bo‘lgani uchun olimlar roman hi- soblamaganlar. XXI asrga kelib esa braziliyalik Paulo Koelo, o‘zbek yozuvchilari Omon Muxtor, Ulug‘bek Hamdam singari ijodkorlar sal- mog‘i “Yangi saodat”dan katta bo‘lmagan romanlar bitdilar. Demak, endilikda roman janriga mansublikni belgilashda bitikning hajmidan ko‘ra muallifning xohishiga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Roman janriga mansub asarlar necha kitobdan iborat bo‘lishiga qarab, dilogiya - ikki kitobdan iborat roman, trilogiya - uch kitobdan iborat roman, tetralogiya - to‘rt kitobdan iborat roman, pentalogiya - besh kitobdan iborat roman singari ko‘rinishlarga ajratiladi. Bir necha kitobdan iborat romanlar obrazlar, syujet chizig‘i, ifoda uslubi singari jihatlardan umumiylikka ega bo‘ladi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish