Qozoq xalqi etnologiyasi reja


-mavzu: O’zbeklarning an’anaviy xo’jaligi



Download 124,26 Kb.
bet4/5
Sana26.02.2022
Hajmi124,26 Kb.
#468185
1   2   3   4   5
Bog'liq
qozoq xalqi etnalogiyasi

9-mavzu: O’zbeklarning an’anaviy xo’jaligi.

Reja:
1.O’zbekiston aholisi xo’jaligi-madaniy tiplari. An’anaviy xo’jalik mashg’ulotlarining turlari va asosiy omillari. An’anaviy dehqonchilik xo’jaliklari (Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari). Yerga ishlov berishning tartib qoidalari va muhsulot unumdorligini oshirish omillari. Ziratchilik, bog’dorchilik va uzumchilik.
2.O’zbeklarning an’anaviy chorvachilik xo’jaligi. Yirik shoxli qoramol xo’jaligi. Yilqichilik, tuyachilik va qo’y-echki boqish. Qorako’lchilik an’analari.
3.Hunarmandchilik va uning turlari. Temirchilik, misgarlik, zargarlik. Yog’och o’ymakorligi va duradgorlik. Kulolchilik, to’qimachilik kasb-hunarlari va hokazolar.
An’anaviy xo‘jaligi. O‘zbek zamini Markaziy Osiyoning eng qadimiy, asoru – atiqalarga boy, moddiy – madaniy turmush tarzi kishilik jamiyatining eng olis davrlariga borib taqaladigan o‘lka sanaladi. An’anaviy dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, deyarli xo‘jalikning barcha sohalari asrlar osha rivojlanib kelmoqda. O‘zbeklarning ajdodlarini mirishkor dehqon, asl chorvador, qo‘li gul hunarmand hisoblangan.
Dehqonchilik. O‘zbeklarning qadimiy mashg‘ulotlardan biridir. Ming yillar davomida dehqonchilik xo‘jaligini yuritish borasida ko‘plab tajriba va usullar hamda fenologik (o‘simliklar va hayvonot dunyosidagi mavsumiy o‘zgarishlar) kuzatishlar to‘plangan. Dehqonchilik borasidagi tajribalari uzluksiz xolda ajdodlardan avlodlarga o‘tib bordi.
Yog‘ingarchilikning kam bo‘lishi issiq havo iqlimi O‘zbekiston xududida murakkab sug‘orish tizimi vositasida maxsuldor sug‘orma dehqonchilikning keng tarqalishiga olib keldi. Ilmiy tadqiqotlardan ko‘rinadiki, sug‘orma dehqonchilik miloddan avvalgi III asrda Xorazm, Zarafshon voxalari hamda Farg‘ona vodiysida magistral kanallar qurish har xil suv bog‘lash, taqsimlash va suv chiqarish inshootlarni barpo qilish orqali rivojlangan. O‘zbek dehqonlari arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, yasmiq, sabzi, paxta, bodom, o‘rik, zig‘irpoya kabi ziroatchilik maxsulotlarni qadimdanoq yetishtirganlar.
Sug‘orma dehqonchilik xo‘jaliklari asosan qadimgi vohalarda Xorazm, Buxoro, Samarqand, Toshkent vohalari, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalarida, Farg‘ona vodiysida joydashgan. Toshkent vohasi, Farg‘ona va Zarashon vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo tog‘ etagi mintaqasida, asosan, bahor ekinlar yetishtirilgan. Mahalliy dehqonlar madaniy - etnik an’analar asosida dalachilik, polizchilik va bog‘dorchilik sohalarida turli usul va yo‘llarni ishlab chiqqanlar.
Ko‘p asrlar davomida turli chorvador etnik guruhlarning o‘troqlashuvi natijasida ular mahalliy aholidan dehqonchilik tajribalarni o‘zlashtirdilar va o‘zlarining etnik va madaniy xo‘jalik xususiyatlari bilan o‘ziga xos ta’rizda dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Shu asosida dehqonchilikning ikki turini ajeratib ko‘rsatish mumkin: sun’iy sug‘orishga asoslangan intensiv dehqonchilik xo‘jaligi; asosan, chorvachilik bilan qo‘shib olib boruvchi ekstensiv lalmikor dehqonchilik xo‘jaligi.
Ajdodlarimiz eng qadimgi zamonlardan buyon yerga ishlov berish bilan tirikchilik qilib keladi. Don, meva, poliz, rezavor ekinlarni ekadi. O‘zbekistonning barcha voha va vodiylarda yirik va mayda daryo irmoqlari, ko‘l va buloqlari atrofidagi sug‘orib dehqonchilik qiladigan lalmi, yaylov, qir, adir, tepaliklari deyarli dehqonchilik yerlariga aylanib ketgan. Ekinlarni sug‘orish uchun daryo, ko‘llardan. Irmoq va buloqlardan ariq, zovurlar qazishgan. Lekin yerlarning eng xosildor va suv serob qismi bir to‘da boylar qo‘liga bo‘lgan. O‘rta hol aholining bir parcha yeri bo‘lib, shu yerdan ham samarali foydalana olmas edi.
Sug‘orma dehqonchilik qilinadigan hududlarda qishloq jamoalari mavjud edi. Jamoa bir qancha urug‘lardan tashkil topgan bo‘lib, ayrim jamoalar to‘rt – besh qishloq aholisini o‘ziga birlashtirgan edi. Jamoaning alohida ariq, kanallari bo‘lib, kim nima ish qilishi, kechasi navbat bilan yerni sug‘orishi, qaysi ekinni qayerga ekishi kabi dolzarb masalalarni oldindan maslahatlashib olingan.
Jamoalar g‘allakor, sholikor, paxtakor xuddularda tuzilgan. Jamoa a’zolari dehqonlarning mehnati bir necha usulda tashkil etilgan. O‘z vositalari bilan ishlaydigan oildalar mustaqil tarizda faoliyat yuritishgan. Ish kuchi yoki asbob – jihozlari yetishmagan bir nechta dehqon jamoaga uyushib mehnat qilgan. Oila a’zolari bilan yollanma ishchilari ham mehnat qilishgan.
Ariq, zovur, kanallarni tozalash, ta’mirlash uchun har oila har yili bir – ikki marta hasharga chiqishi shart bo‘lgan. Jamoalar orasida “altov”, “hashar” kabi yumushlar keng tarqalgan edi. Altovda ot – ulovini bir – biriga berib turgan yoki dala, bog‘ va tomorqada birga ishlab bergan. Hasharda esa bir – biriga tekinga o‘zaro yordam berishgan.
Dehqonchilikda “qo‘sh” (Zarafshon vodiysi), “chek”, “chak” (Toshkent vohasi), “paykal”, “chek” (Qashqadaryo va Surxondaryo vohasida), “otliq”, “bir otliq” (askarga ajratib berilgan yer), “jabdi” (yob, yop) shaklidan (Amudaryoning quyi oqimida) kabilar mavjud edi.
XIX asr oxirgi choragiga qadar dehqonchilikda asosan don yetishtirib kelingan. Ayniqsa arpa va bug‘doy ekilgan. Kuzgi (“turamoyi”) bug‘doy va arpa sepishib so‘ngra kelgusi yil tariq sepilgan. Yer hosildorligi kamayib ketmasligi uchun mahalliy go‘ng eski devorlar tuprog‘i, kesaklari va guvalalari maydalab sochilgan.
G‘alla ekiladigan yerlar kuzda shudgor qilingan. Yer omoch bilan ot yoki qo‘sh ho‘kiz yordamida haydalgan, omochning o‘zini yonboshlatib, qalin taxta moslama yoki shoxmala bilan tekislangan. Don ekilgan yerlar sug‘orib turilgan. SHo‘rhok yerlar sho‘ri qishda yuvilgan maysa unib chiqqandan boshlab dehqonlar ekinni sug‘orib turishgan. Hosil may oyining oxiri va iyun oyining boshilarida o‘roq bilan o‘rib olingan. G‘alla don boshoqlari xirmon qilinib, yoyilgan va ot, ho‘kiz, eshak yordamida yanchilgan. Vaqti – vaqti bilan somon yanchilganda bug‘doy,arpa bog‘lamlari tashlab turilgan. Dastlab xirmon yog‘och panjshoxa va so‘ngra yog‘och kurak yordamida sovurilgan. G‘alla suv tegirmoni, qo‘l tegirmoni (“yorg‘uchoq”) da tortilgan.
O‘zbekistonning aksariyat huddudlarida donli ekinlardan jo‘hori, makkaho‘jori, dukkakli ekinlardan mosh, loviya, no‘xat yetishtirilgan.
Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan (“obikor”) hududlarda beda (yo‘ng‘ichqa) ekilgan, hovlilar va tomorqalarda tokzorlar bo‘lgan va mevali daraxtlar o‘stirilgan. Uzumning juda ko‘p navlari – toifi, parkati, oq va qora kishmish, chillaki, xusayni, daroyi, charos, kirmiska, kattaqo‘rg‘oni (maska), oq va qora halili, toshbuvaki, sovki, obaki, mardvali, yumaloq, baxtiyori, sultoni va boshqalari ekilgan. Shuningdek, kunjut, zig‘ir va ko‘knori ham yetishtirilgan.
Dehqonchilikning eng muhim tarmog‘i paxtachilik hisoblanib, ayniqsa Rossiya istilosidan so‘ng Turkiston hududidagi paxta maydonlari yanada kengaygan va o‘lka Rossiya imperiyasining eng asosiy xom ashyo bazasiga aylandi. Jaydari g‘o‘za o‘rniga nisbatan tez pishar, serhosil, tolasi uzun va pishiq amerika g‘o‘za navi ekiladigan bo‘ldi.
Turkistonda ilk marotaba pomidor, kartoshka, qand lavlagi, karam, bulg‘or garimdorisi, baqlajon va boshqalar ekila boshlangan. Polizchilik, rezavorlik keng tarqalgan, xilma – xil ko‘katlardan tortib piyoz, sabzi, sholg‘om, lavlagi, rediskagacha yetishtirilgan. Poliz ekinlaridan qovoq, qovun, tarvuz, handalak, bodring ko‘plab ekilgan. Qishloqlar va shaharlardagi hovlilardagi bog‘larda olma, o‘rik, anor, shaftoli, nok, olxo‘ri, gilos, olcha, behi, bodom, yong‘oq, tut daraxtlaridan mo‘l hosil yetishtirilgan. O‘zbekiston qovuni va uzumlarining o‘nlab serhosil navlari va ularning shirinligi bilan don taratgan. Shuningdek, quruq mevalarni yetishtirish ham keng tarqalgan edi.
Chorvachilik. O‘zbeklar xo‘jalik faoliyatining asosiy va qadimiy turlaridan biri – chorvachilik. Boshqa mintaqalarda aholisining chorvachiligi bilan ko‘pgina o‘xshash jihatlari bo‘lsa-da, o‘zbek etnik guruhlarining har birida uy hayvonlarini boqishda o‘ziga xos usul va jihatlar bo‘lgan. Shu bilan birgalikda, hatto bir elat istiqomat qiladigan hududda ham chorvachilik xo‘jaligini yuritishdagi tabiiy – geografik sharoitlardan kelib chiqib hamda qo‘shni xalqlarning ta’siri yoki ijtimoiy – iqtisodiy sabablar natijasi xilma – xil usullardan foydalanganlar.
Odatda, o‘troq aholining chorva boqish qo‘ra yoki qo‘ra – yaylov tizimi, ko‘chmanchi aholida haydov tizimi ustun turgan. O‘zbekiston uchun XX asr boshlariga qadar chorvachilikning qo‘ra – yaylov va haydov – yaylov tizimi ustuvor bo‘lgan. Qo‘y, echki va boshqa chorva hayvonlari chorvachilik xo‘jaligining asosini tashkil qilgan. O‘zbek chorvachiligida qo‘ylarning “hisori”, “qorako‘l” nasllarini boqishga ayniqsa ko‘p e’tibor qaratilgan. Qo‘ychilik, asosan, sotishga mo‘ljallangan. Qo‘y juni ham bozorga chiqarilgan. Jaydari qoramollardan ho‘kiz alohida go‘sht uchun va ish kuchi sifatida parvarish qilingan.
O‘zbekistonda qadimgi davrlardan yilqichilik juda rivojlangan. Mahalliy aholi, ayniqsa, laqay, qorabayir zotli otlarni parvarish qilganlar. Dasht zonasida yashovchi o‘zbeklar tuyachilik bilan ham shug‘ulangan.
O‘zbek xalqi an’anaviy xo‘jaligining eng muhim tarmoqlaridan biri chorvachilik hisoblanib, mahalliy yarim ko‘chmanchi turkiy aholi Dashti Qipchoq ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari kelmasdan oldin ham chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. O‘zbek qabilalari ichida turklar, laqaylar, qarluqlar, qo‘ng‘irotlar asl chorvadorlar hisoblanishgan. Qo‘ychivonlarning piri Cho‘ponota hisoblangan.
Qo‘ychilik chorvachilikning eng asosiy va azaldan e’zozlanib kelingan sohasiga aylangan. Bu tarmoqda qorako‘lchilik asosiy soha hisoblanib, qo‘y – qo‘zilar bepoyon yaylovlarda erta bahordan kech kuzgacha boqilgan.
Qo‘y zotlari ichida qorako‘l qo‘ylaridan keyin Hisor qo‘ylari nihoyatda qimmatli bo‘lgan. Ular O‘zbekistonning janubiy tumanlarida boqib ko‘paytirilgan. Jaydari qo‘ylar O‘zbekistonning deyarli barcha tumanlarida boqilgan. Ayrim hollarda qo‘y – qo‘zisi, moli ko‘p chorvadorlar o‘z mollarini bir qismini muayyan shart bilan tog‘lik qirg‘iz cho‘ponlarga boqishga berishgan.
Qo‘y – qo‘zidan tashqari echki – uloq, buzoq, ho‘kiz ham boqilgan. Kambag‘al aholi echki boqqan. Boshqa chorvaga esa qurbi yetmagan. Chorvachilikda yana yilqichilik ham katta ahamiyatga ega edi. Ammo yilqilarni asosan laqay va marqa chorvador o‘zbeklar boqishgan. Qorabayir va laqay zot otlari ko‘plab yetishtirilgan.
O‘zbekiston cho‘l – sahro, dasht – biyobonlarida yashayotgan o‘zbeklar orasida tuyachilik bilan shug‘ullanishgan. Ko‘proq Buxoro vohasi atrofidagi yerlarda, Qarshi qo‘lida rivojlangan. Janubiy tumanlarda bir o‘rkachli, shimoliy tumanlarda qo‘sh o‘rkachli tuyalar boqilgan.
Pillachilik. O‘zbeklar xo‘jaligining yana bir azaliy tarmog‘i bu pillachilikdir. Markaziy Osiyo, shu jumladan O‘zbekiston yerlariga ipak qurti milodning IV asrida Xitoydan keltirilgan. Ipak qurtini boqish va uning pillasidan sifatli xom ashyo tortish juda ko‘p mehnat talab qiladigan murakkab, og‘ir ish bo‘lganligi uchun pillachilik bilan nisbatan kam shug‘ullanilgan. Mayda kosib – hunarmandlar ipakni qo‘l bilan tortib xom ipak tayyorlashgan. Pillachilik Buxoro, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilonda ayniqsa keng rivojlangan. Bu yerlarning pillalari Turkistonning barcha shahar, qishloqlariga olib borib sotilgan va oldi – sotdida juda yuqori baholangan.
Hunarmandchilik. O‘zbekiston orasida qadimdan keng rivojlanganligi arxeologik tadqiqotlardan ma’lum. Hunarmandchilikning rivoji shaharlarning nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy, balki siyosiy va madaniy markazlarga aylana boshlanganligi bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbek hunarmandlari ko‘plab teri va jundan, yog‘och va metalldan, xilma – xil buyumlar yasab, paxta va ipakdan turli matolar to‘qib, kiyim – kechaklarni bozorlarda sotishgan.
O‘zbek hunarmandchiligining temirchilik, degrezlik, misgarlik, zargarlik, duradgorlik, aravasozlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, marmar o‘ymakorligi, kulolchilik kabi keng tarqalgan tarmoqlari hamda to‘qimachilik, ipakchilik, kashtado‘zlik, zardo‘zlik kabi uy – ro‘zg‘or kasbkorliklari taraqqiy etgan.
O‘zbek elatining urug‘- aymoqlari juda qadimdan kesib hunarmand bo‘lgan. “Yigit kishiga qirq hunar ham oz” degan ajoyib maqoliga amal qilib, o‘zbek yigit, qizlari bolalik o‘smirlik davrlaridanoqbiron hunarni egallashga harakat qilishgan. Deyarli har bir qishloq, shahardagi 5 – 10 mahallaning birida o‘z nonvoyi, tegirmonchisi, qassobi, duradgori, sartaroshi, taqachasi, temirchisi, yamoqchisini yigiruvchisi, to‘quvchisi, ko‘nchisi, tikuvchisi mavjudedi. Olis qishloqlarda bir yo‘la bir necha hunarga qo‘l uradigan hunarmandlari bo‘lgan.
Ip yigiruvchi va to‘quvchi hunarmandlar nihoyatda ko‘p edi. Qariyib har bir xonadonda xotin – qizlar, ayniqsa keksa onaxonlar ko‘p kunlarini charxda ip yigirish bilan o‘tkazganlar. Qishloqda, shaharda charxi, urchug‘i yo‘q biron xonadon bo‘lmagan Paxta yo jundan tola olish, ip yigirishdan tortib yigirilgan ipdan xonadon ehtiyojlariga qarab har xil kiyim – kechak, uy – ro‘zg‘or buyumlarini tikishgacha bo‘lgan ishlarning hammasini xonadonning o‘zidagi ayollari bajarishgan: biri urchuqda tola olib, biri charxda ip yigirgan, ipni kerakli rangga bo‘yagan. Ba’zan bir ayolning o‘zi ayni vaqtda ip yigiruvchilik, buyoqchilik, bichuvchilik, to‘quvchilik va tikuvchilik vazifalarini ado etgan. Kiyim – kechakka uy – ro‘zg‘or buyumlariga talab, ehtiyoj orta borgani sayin bu ishlarda ixtisoslashish jarayoni kuchayadi, mehnat taqsimoti kengaygan, Charxchi, buyoqchi, bichuvchi, tikuvchi, to‘quvchi kabi ixtisosliklar yil sayin ko‘payavergan.
To‘quvchilik chitchi va ipakchi mutaxassisliklarga bo‘lingan. Biri faqat chit, bo‘z to‘qish bilan, ikkinchisi ipak gazlamalar to‘qish bilan kun kechirgan. Ular bilan o‘zaro hamkorlikda chitgarlar (gazlamalarga gul bosib beradigan mutaxassislar) ishlagan.
Pillani tevarak – atrofidagi qishloqlardan, ba’zan Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlaridan qatnaydigan boy savdogarlardan sotib olishgan. Ipakchilikdan pillakash bilan to‘quvchi birgalashib ish qilgan. Ularning bir qancha shogirdlari bo‘lgan: naychevar, chartob va boshqalar. Birinchisi charxon g‘ildirakni aylantirib, ipni katta naychalarga yaxshi, to‘g‘ri o‘ralishini kuzatib o‘tirgan, keyingisi moslamani boshqargan. Odatda pillakash ham, to‘quvchi, ham o‘z uyida ish qilgan.
Shoyi ipak gazlamalarni o‘simlik moylari bilan har xil rangga bo‘yashgan. Tikuvchilik sohasida mehnat taqsimoti mavjud bo‘lgan: to‘nchi, tikuvchi, mashinachi, telpakchi, mahsido‘z, po‘stindo‘z, do‘ppichi.
Qadimdan keng tarqalib kelgan hunarmandchilik sohalaridan yana biri ko‘nchilikdir. Bu soha chor Rossiyasi hukmronligi vaqtiga kelib ancha susayib ketdi. Ko‘nchilikda xom teri – charm va oshlangan teri ishlab kelingan. Bu ish bilan charmgar, ko‘nchi, saxtlangar, meshigar nomlari bilan ma’lum bo‘lgan ustalar shug‘ullanishgan. Xom teri ishlovchi ustani charmagar, maxsi va meshkop tikuvchi ustani saxtlangar, qo‘y – qo‘zi va echki terisidan charm tayyorlovchi ustalarni meshigar deyishgan.
Poyafzalchi ustalar etikchi, mahsiduz, kovushduz deb atalgan. Kulolchilikda tandirchi, xumdonchi, badiyachi, koshinchi kabi ustalar ishlagan.
Degrezchilik hunari o‘zbeklarning eng qadimiy hunarlaridan hisoblanadi, Misgar, rextgar, zangulsoz, zargar ustalar mahsulotlariga ehtiyoj katta bo‘lgan. Cho‘yandan qozon qo‘yish (degrezlik) ishlari O‘rta Osiyo yerlarida III – V asrlardayoq yaxshi rivojlangani ma’lum. Quyma cho‘yan, bronza, mis buyumlar bilan ishlashda o‘zbek ustalariga teng kelgan bo‘lgan emas.
Qo‘li gul ustalar ishlagan qadimiy metall buyumlarning xilma – xili respublikamizning ko‘pgina muzeylarida namoyish qilinayotgani bejis emas. Quyma qozonilar, shamdon, chiroqdon, manqaldon (uyni isitadigan cho‘yan ko‘mirdon), o‘smadon, qulf, zanjir, turli badiiy buyumlarni hamma qiziqib tomosha qilmoqda. Misgarlar yasagan qumg‘on, oftoba va turli – tuman uy – ruzg‘or buyumlariga talab katta edi.
Hunarmandlar orasida beshikchi, kigizchi, arqonchi, sovunchi, shamchi, nisholdachi, shiraparast, nosvoychilar ham mavjud bo‘lgan.


Download 124,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish