Qozoq xalqi etnologiyasi reja


-mavzu: O’zbeklarning moddiy va ma’naviy madaniyati



Download 124,26 Kb.
bet5/5
Sana26.02.2022
Hajmi124,26 Kb.
#468185
1   2   3   4   5
Bog'liq
qozoq xalqi etnalogiyasi

10-mavzu: O’zbeklarning moddiy va ma’naviy madaniyati.

Reja:
1.O’zbeklarning an’anaviy madaniyati.
2. Uy joy qurish va ularni jihozlash bilan bog’liq an’analar, urf-odatlar va marosimlar. Kiyim-kechaklar, taqinchoqlar va ularning turlari. Kiyimlarni tikish va bichish bilan bog’liq bo’lgan rasm-rusumlar. Taqinchoqlar turlari.
3.Taomlarni tayyorlash va tanovul qilishga oid marosimlar. Idish-tovoqlar turlari va ularning evolyutsiyasi. O’zbeklarning an’anaviy ijtimoiy turmushi.
Moddiy madaniyat. Turar joylar. O‘zbekistonning an’anaviy turar joylari qadimdan o‘ziga xos bo‘lib, ular yashagan mintaqaning tabiiy – geografiy sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan. Turar joylar barpo etishda qurilish konstruksiyasi va uslubi, rejasi va bezaklari bilan Farg‘ona, Buxoro, Xiva, Shahrisabz me’morlik yo‘nalishlari mahhur bo‘lib kelgan. Uy – joy qurilishida O‘zbekistonda qadimiy uylar, odatda, ko‘cha va qo‘shni tomon devor bilan o‘ralgan hovlilardan iborat bo‘lgan. Barcha turar joy va xo‘jalik xonalarining derazalari ichkari tomonga qaratilgan. Hovli ikki qismga – bolalar va ayollar uchun ichka hovli hamda nomahram erkaklar va mehmonlar uchun mehmonxona tarzida hashamatli xonalardan iborat tashqari hovliga bo‘lingan. Hunarmandlarning uylarida do‘kon va shogirdlar yashaydigan xonalar ham tashqarida joylashgan. Eng ko‘p tarqalgan 2 xonali uy variantlaridan biri sifatida dahliz va katta uydan iborat bo‘lgan uylarnin ko‘rsatish mumkin. Bunday uy – joylar, odatda, oldi ayvonli va ayvonsiz qilib qurilgan. Aholi o‘rtasida an’anaviy paxsa va sinchli uylar bilan birga g‘ishtli uylar va ularni naqshinkor ganchli bezaklar bilan qurish ham mavjud edi. O‘zbekistonda doimiy uy – joylar X asrga qadar, asosan, tosh, paxsa yoki xom g‘ishtdan qurilgan. Loy asosiy qurilish materiali hisoblangan. Pishgan g‘isht qadimdan qo‘llanib kelinsada, keng miqyosda undan uy – joy qurish IX asrdan boshlandi. Buxoro va xivada hovli eshiklarga jez yoki temirdan yasalgan bolg‘a yoki halqasimon boldoq osilgan.
Eski tipdagi uylarning xonalari va derazalari ayvonga qaratilgan. Deraza yoki eshikning yuqori qismiga yorug‘lik tushadigan tuynik qo‘yilgan va unga yog‘och yoki ganchdan yasalgan panjara o‘rnatilgan. Uyda kiradigan joyda eshik oldida to‘g‘ri burchakli peshtoq (poygak) bo‘lib, unga poyabzal yechib qo‘yilgan. Eshik oldidagi burchakda suv quyiladigan (oqizadigan) maxsus joy (obrez, adan, tashnob) joylashgan bo‘lib, unga Buxoro va Samarqandda marmar tosh, Farg‘ona vodiysida va Toshkentda pishiq g‘isht, Xivada maxsus sopol terilgan.
Odatda, uylarning tahri oila a’zolarining soniga qarab bir necha uy (xona), dahliz va ayvondan iborat bo‘lgan. Hovlida esa xo‘jalik uchun omborxona, hojatxona va molxona bo‘lgan. Shaharlarda yoki aholi zich joylashgan qishloqlarda mehmonxona, odatda, 2 – qavatda – bolxonada joylashgan. Ayniqsa, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urgut shaharlarida juda shinam mehmonxonalar qurilgan. Bu kabi mehmonxonalarda to‘y hashamlarda, motam marosimlarida keng foydalanilgan. Bundan tashqari, qish paytlari mehmonxonalarda mahalla erkaklari to‘planishib gap – gashtaklar o‘tkazganlar. Hozirgi kunga kelib zamonaviy uylarning qurilishi ancha takomillashgan bo‘lib, uylarning qurilishidagi milliy an’analar zamonaviy ko‘rinishlar bilan uyg‘unlashgan. Bugungi uylarning muayyan reja asosida turli qulayliklar bilan qurilmoqda.
Asrlar mobaynida o‘troq hayot kechirish natijasida o‘zbeklarning turli urug‘ – qabilalari orasida o‘ziga xos milliy an’analarga mos uy – joy qurish tartibi qaror topgan. Shuning uchun ham elimizning turli joylarida bir – biridan ancha farq qiladigan o‘z uy – joy uslubi hali – hanuzgacha hukm surib kelmoqda. Bu yerda Farg‘ona, Buxoro, Xeva va Shahrisabz uslublarini alohida ko‘rsatib o‘tmoq kerak. Har biri shu vodiy yoki havza tabiiy shart – sharoitlariga qarab tashkil topgan. Tez –tez yer qimirlab zilzila bo‘lib turadigan Farg‘ona vodiysida qo‘sh sinch, Xivada esa yakka sinch uy qurilgan. Yog‘in – sochin ko‘p bo‘ladigan Xivada yengilroq qurilgan.
Qashqadaryo havzasida ham Qarshi va Shahrisabz uy – joy qurish uslubi mavjud bo‘lgan.
O‘zbeklarning turar – joylari boshqalarnikidan ko‘p jihatdan bir – biridan deyarli farq qilmaydi. Hammasi baland paxsa, guvala yoki g‘ishtin devorlar ko‘chaga emas, balki hovli tomonga o‘rnatilgan. Hovli ichkari va tashqariga bo‘lingan. Oila a’zolari kunlarini asosan ana shu ichkariga o‘tkazilgan. Mehmon kelganda tashqari hovlidagi mehmonxonaga olib qolingan. Kosib – hunarmandlarning uy – joylarida tashqi hovlida ustaxonasi bo‘lgan.
Kambag‘allarning uy – joylarida tashqi hovli bo‘lmagan. Mehmon kelsa ayollar bekinishgan yoki qo‘ni – qo‘shnilarnikiga chiqib ketishgan. Ichkari hovlida odatda bir necha xona bo‘lgan: yotar joylar, oshxona, o‘tinxona va boshqalar. Xonalarda dahliz yoki ayvondan kirilgan. O‘ylangan o‘g‘illari uchun alohida xonalar solingan.
Uy ko‘p hollarda mo‘ljallangan yerga poydevorsiz qurilgan. Yerni tekislab, shibbalab, g‘isht yoki lo‘mboz yotqizaverishgan. Zaminiga ba’zan bir qator tosh yoki ikki – uch qator pishiq g‘isht terilgan. Yer osti sizot suvlari yaqin bo‘lmagan yerlarda yerni yuza qazib, tosh yoki g‘ishtdan qatorlari soni orttirilgan. Uyning tag sinchi ana shu tosh yoki g‘isht qatorlar ustiga yotqizilgan. Tag sinch bilan yuqoridagi sinch – zavarrov ba’zi hollarda ikkitadan, qo‘shaloq qo‘yilgan. Tag sinchga ikki – uch tomondan tikkasiga tusin yog‘ochlar (go‘sha ustun) o‘rnatilib, zavarrov ana shu ustunlarga mahkamlangan. Tag sinch bilan zavarrov, go‘sha ustunlar orasiga qalama (yordamchi tik ustunlar), havon (qiyalatib joylangan yog‘ochlar), pushtan (kalta qalama yoki havonlarni kattalriga ulaydigan kalta yog‘ochlar, kalta (bachki) deb ataladigan qisqa yog‘ochlar qo‘yilib, sinch devor yasalgan). Shundan keyin yog‘ochlarning oralariga xom g‘isht yoki guvalalar bilan to‘lg‘azib suvalgan. Qora suvoqdan so‘ng somon suvoq, keyin qum suvoq qilingan. Devorlarning ichki tomonlariga taxmon, tokchalar quriladigan bo‘lsa ham ana shu sinchli qilingan. Xonalarning poli ba’zan suvalgan. O‘ziga to‘q xonadonlarda pishiq g‘isht yotqizilgan. Uning tomi devorlariga yotqizilgan bir necha ustun, bolorga bir xil uzunlikda tayyorlangan kalta yog‘och – vassalar yotqizib yopilgpn. Vassalari ustidan bo‘yra yotqizib, ustiga bir sidra tuproq, lo‘mboz yotqizilgan, so‘ngra somon suvoq bilan suvab chiqilgan.
Hovli tomonda xonalarning darcha va eshiklari bo‘lgan. Eshik dahliz yoki ayvon tomonidan ichkariga ochiladigan qilib qurilgan. Darcha ba’zan bir yoki ikki tavaqali bo‘lib, tashqariga ochilgan. Devorning yuqori qismida tobadan qoldirilgan. Unga yog‘och yoki ganch panjara o‘rnatilgan. Xonaga yorug‘ ana shu yerdan tushib turgan.
Xonaga kiraverishda poygak qurilgan. Oyoq kiyimlari shu yerga yechib qoldirilgan. Burchakda toshnov yasalgan. Ishlatilgan suv ana shu povdan tashqariga oqib ketavergan. Toshnovni ba’zi yerlarda “obrez”, “adan” deyishadi. Hovlida xonalar oldiga yo uzunasiga yoki ko‘ndalangiga, yo aylanasiga ayvon yohud supa qurilgan. Xonalarga ana shu ayvon (supa) dan kiriladi. Xonalarning katta – kichikligi har xil. Lekin ko‘p hollarda eniga, uzunasiga 3 quloch, balandligi ko‘pi bilan eni baravari qilib qurilgan. Har xil xonada tokchalari bor. Eshikning ro‘parasidagi devorga odatda ikki yoniga ikkita taxmon quriladi. Yon devorlarida 3 – 5 tandan tokchalari bo‘ladi. Mehrob – taxmonlarga ko‘rpa – yostiq taxlanadi, sandiqlar qo‘yiladi. Ikki mehrob orasida uzunasiga pastdan yuqorigacha cho‘zilgan bir necha kataklarga bo‘lingan tokchalar quriladi. Ba’zan devorlarning ikki yonida tor o‘rtada keng taxmon qoldiriladi. Ayrim hollarda to‘rdagi devorning ikki taxmoni orasida tor eshik bo‘ladi. Bu eshikdan devor orqasidagi kichik xona – dahlizcha (madon, madoncha) ga kiriladi. Madonchaning polidan suv oqib tushib ketadigan o‘ra qaziladi. Odatda ayvon kechqurun kirib yotadigan xona va madondan iborat ichkariga nisbatan tashqari mehmonxonadan boshqa yana bir necha katta – kichik xonalarni qurish mumkin. 9 – 11 bolorli qilib, qurilgan mehmonxona oldida hovuz qurilgan. Mehmonxona yonida ayvon, usti esa boloxona bo‘lgan.
Qishda har bir xonadon sandal qurgan. Kunduz kunlari sandal atrofida o‘ttirishib, kechalari esa uxlashgan. Sandal ustiga katta, qalin ko‘rpa solingan. O‘zbek xonalarida yog‘och yoki temir krovat, shkaf, stol, stullar bo‘lmagan, albatta. Yerda bo‘yra, gilam, kigiz ustiga ko‘rpacha solib o‘tirishgan. Ko‘rpachalar ustiga tashlab, qo‘yilgan yostiq, uzun bolishlarga yonboshlangan.
Xona tokchalariga idish – tovoqlarni taxlab qo‘yilgan. Tokchalar har xil o‘lchamda ishlangan va turli nom bilan atlgan: mayda tokcha, reza tokcha, kosamon. Xonaning devorlariga qoqilgan qoziqlarga sochiq, ko‘ylak, har xil kiyim – kechaklar ilingan. Osadigan buyumlari ko‘p bo‘lsa qoziqlarga ip – arqon tortib, buyumlarni ana shu arqonga tortilgan.
O‘zbekiston hududida odamlar juda qadim zamonlardan bir yerda gavjum yashab kelishgan. Qal’a – shaharlar, katta qishloqlar ko‘p bo‘lgan. Shahar, qishloqlar suvga serob, ko‘kalamzor dov – daraxtlarga burkangan yerlarda qad ko‘targan. Ko‘proq daryo, dengiz, ko‘l bo‘ylarida, tog‘ etaklariga yaqin vodiylarda qurilgan.
Shaharlarning ko‘pchiligi bir necha qismga bo‘lingan. Ko‘p hollarda qadimiy an’analarga ko‘ra to‘rt qismga ajratilgan: shahar markazidan biri – birini kesib o‘tadigan ikki bosh ko‘chaga tushirilgan. Bu to‘rt qismni dahz, qit’a deyishgan. Ko‘hna shaharlardan Toshkent bilan Samarqand, jumladan, qadimda to‘rt dahaga, Shahrisabz singari shaharlar esa ikki (janubiy va shimoliy) qismga bo‘lingan. Ko‘hna Buxoro qadimiy qal’a (hisori qadim) hamda beruni hisori qadim (shahri tashqarisi)dan iborat bo‘lgan. Shahar aholisi shahristonlik, registonlik va jo‘yborliklarga ajratilgan. Shaharning qadimiy qal’asidan yashayotganlarni shahristonliklar, qal’a atrofini qurashgan robotlar atrof – tevaragida joylashganlarni registonliklar va XVI asr ikkinchi yarimidan shaharga qo‘shilgan yerlaridan istiqomat qilayotganlarni jo‘yborlar deyilgan.
Shahar va yirik qishloqlar va yana bir qancha mahallaga bo‘lingan ba’zi joylarda (Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon, Namangan umuman Farg‘ona vodiysi shaharlarida) mahalla, ayrim yerlar (Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi va boshqa shaharlarida) guzar deb yuritilgan. Har qaysi mahalla yoki guzarda aholining hovli joylari mahalla (guzar), ko‘cha, tor yoki berk ko‘chalarga, orqa tomoni bilan qo‘shni mahalla (guzar)ga qaratib solingan. Shu tariqa har bir mahallalar (guzar) bir – biridan uy devorlari bilan ajralib turgan. Ilgar har mahallaning o‘z darvozasi bo‘lgan. Kechalari darvoza ichkaridan qulflab qo‘yilgan.
30 – 80 xonadon odatda bir mahallaga uyushgan mahallaning o‘z masjiti bo‘lgan. Shahar kengayishi bilan mahallalarning soni ham ortib boravergan. Buxoroda 220, Shahrisabzda 52 mahalla (guzar), Xivada esa 20 yirik ilot bo‘lgan.
Ko‘p shaharlar, mavze’lar, shahar chetidagi qishloqlar bilan bir – biriga ulanib ketgan edi. Mavze’, qishloq odamlari ham muayyan bir ish bilan shug‘ullanishgan. Shaharlarga yaqin qishloqlarning aholisi ko‘proq hunarmandchilik band bo‘lgan. Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlardagi qishloqlarda bog‘dorchilik, dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Qir adirlar, tog‘ etaklarida joylashgan qishloqlarda lalmi dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. Shu sababli ko‘p mahalla, guzar, qishloqlar, ko‘nchilar, mardikorlar, aravakashlar, kulollar, etikdo‘zlar mahallalari, sholikor qishloq, g‘allakor qishloq, g‘allakor qishloq, temirchi – taqachi qishlog‘i va h.k.
Yirik qishloqlar ham shaharlardagidek mahalla, guzar, elatlarga bo‘lingan. Har biri muayyan bir machitga qatnagan. Shuning uchun bu mahallalar yoki qishloqlar aholisini “machit – qavm” deyishgan.
Kiyim-kechaklari. O‘zbeklarning milliy kiyimlari ham ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, an’analar bilan bog‘liq bo‘lgan. O‘zbekistonda asosiy milliy kiyimlar: erkaklarda oq yoki malla bo‘zdan tikilgan ko‘ylak, yaktak, to‘n, belbog‘, salla, maxsi, kavush, etik; ayollarda – ro‘mol, keng kuylak, uzun lozim, nimcha, kaltacha, maxsi, kavush. Bosh kiyimlardan – do‘ppi, kuloh, islomiyat davridan boshlab uning ustudan salla o‘ralgan, aslzodalarning bosh kiyimlari zarli va kumush iplar bilan bezatilgan, peshona qismiga turli olmos, qimmatbaho toshlardan yasalgan to‘g‘nog‘ichlar qadalgan. O‘zbeklar orasida eng ko‘p tarqalgan yengil bosh kiyimi do‘ppidir.
Do‘ppi, asosan, baxmal, sidirg‘a shoyi, satin kabi matolarga ip, ipak, zar bilan kashta tikib tayyorlangan. O‘zbekistonda Chust, Marg‘ilon, Qo‘qon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun Shahrisabz do‘ppilari keng tarqalgan. Toshkent do‘ppisi sidirg‘a ko‘k baxmalga tikilgan. Oyoq kiyimlari tag charm yumshoq bo‘lgan uzun, qo‘njli, poshnasiz, kavush bilan kiyiladigan maxsi, o‘ziga to‘q odamlar orasida esa uch qismi qayrilgan baland poshnali etik kiyish urf bo‘lgan. Ayollar bosh kiyimi sifatida, asosan, ro‘mol o‘ragan. Yoshi va mavqeiga, oilaviy ahvoliga qarab doka ro‘mol, shol ro‘mol, g‘ijim ro‘mol va boshqa xil ro‘mollar o‘ralgan (o‘ralish usuli ham boshqacha bo‘lgan). Qizlar uchun qulay bosh kiyimi do‘ppi hisoblangan. Toshkentda iroqi chorgul, Samarqandda yo‘rmado‘zi, Andijonda munchoq gulli, Buxoroda zardo‘zi, Qashqadaryo, Surxondaryoda iroqi do‘ppilar mashhur. Bosh kiyimlar ustudan chiroyli naqshlar bilan bezatilgan tillaqoshlar, bo‘yinga bo‘yintumor, zebigardon, qo‘lga bilaguzuk, uzuk, burunga buloqi va boshqa taqinchoqlar taqilgan. Ayollar odmi gazmollardan tikilgan qomatga yopishib, kuylak etagidan bir oz yuqoriroq turadigan avra – astarli paxtalik choponlar ham kiyishgan.
XIX asrning 80 – yillarigacha kiyimlar to‘g‘ri bichimli shaklni saqlagan. Kiyim shakllarining yo‘l – yo‘l, sidirg‘a va gulli mahalliy matolardan tayyorlangan, oldi, etagi, yeng uchi, yoqasi gulli jiyak bilan hoshiyalangan ko‘rinishlari keng urf bo‘lgan. XIX asrning 20 – 30 – yillarida kiyim bichimi o‘zaro bir – biriga yaqin bo‘lgan 2 yo‘nalishda o‘zgarib bordi. XX asrning boshlaridan boshlab o‘zbeklar o‘rtasida yevropacha kiyimlarni kiyish urf bo‘ldi. Milliy kiyimga yevropaliklar kiyimi xususiyatlarining kiritilishi milliy kuylakni bilan ayollar kuylagini nimcha bilan kiyilishga olib keldi. Bu tarixiy hayot sharoitining o‘zgarishi va ommaviy san’at ishlab chiqishining hunarmandchilikdan ustunligi tufayli sodir bo‘ldi.
Milliy bichimdagi kiyimlar qiymatida qarab tikila boshlandi, ayol kuylaklari torayib va kaltalashib bordi, oldinroq yuzaga kelgankoketka (ko‘krak burma) va qaytarma yoqali kuylaklar hayotga muqim kirib bordi, yengi kaltalashdi, XX asrning 50 – 60- yillaridan boshlab erkaklar kiyimini to‘g‘ri yelkali qomatga moslashgan pidjag, keng shimlar, ayollar kuylagini to‘g‘ri yelkali erkin kesma qof etakka tomon kengaygan yubka kiyish rasm bo‘la boshlagan. Biroq, o‘zbeklar orasida yevropacha kiyimlar bilan birga milliy kiyim ham urfdan qolmadi. Uning o‘ziga xosligi shaklida va milliy matikoloritida namoyon bo‘ldi. Bu jihatdan ayollarning keng yozgi kuylagi va erkaklarning yaktagi diqqatga sazovor. Keksa odamlar orasida to‘nning kundalik kiyim sifatida saqlanib qolishi an’anaviy tus oldi. to‘g‘O‘zbeklarning usti – boshi asrlar davomida ko‘p marta o‘zgarib, yangilanib va takomillashibkelmoqda. Har bir davr zamonning o‘ziga xos milliy, an’anaviy kiyim – kechagi bor. Ko‘p kiyimlarning bichilishi tikilishi, kiyim uchun ishlatilgan materiali deyarli tubdan o‘zgargan bo‘lsa ham, lekin shaklan va mazmunan o‘zgarish deyarli yo‘q. Erkaklar kiyadigan ust – boshda ham, ayollar kiyadigan kiyim – kechakda ham o‘sha elementlar saqlanib qolgan. Erkaklarda albatta ko‘ylak, ishton, chopon, to‘n, bosh kiyim, oyoqlarida esa poyabzal, ayollarda ham shu kiyimlarni ko‘ramiz.
O‘tmishda ko‘ylak erkak uchun ham, ayol uchun ham bir xilda bichilgan. Kerakli mato, gazlamani taxminan zarur o‘lchamlarda, bir necha bo‘lakka ajratib, ana shu bo‘laklaridan ko‘ylak tikilgan. Erkaklar ko‘ylagini tikayotganda pishiq bo‘lish uchun mato ichidan “yelka” qo‘yilgan. “Yelka” qariyib 10 sm enda olingan. Ko‘ylakning yengi turli joyda turlicha tikilgan. Masalan, Samarqandda qo‘l uchi tomon kichrayib boradigan qilib, kalta tikilgan. Buxoro, Xorozm va boshqa yerlarda keng, uzun bichilgan. Yenglari ostidan yonlik (tirez) qo‘yilgan. Qo‘ltig‘iga qulfak tikilgan. Erkak, ayol, xatto bolalarga ham shu xilda ko‘ylak tikilgan. Faqat uzun – qisqaligi va yoqasi bilan bir – biridan farq qilgan. Erkaklar ko‘ylagi tizzasidan sal tushib turadigan uzunlikda tikilgan. Ayollar ko‘ylagi boldirning yarmigacha uzunlikda bo‘lgan. XIX asr oxiri – XX asr boshidan erkaklarning ko‘ylagi tobora qisqara borgan bo‘lsa, ayollarniki esa aksincha uzaytirilgan. Yerga tegib turadigan darajada uzun bo‘lgan. Samarqand, Toshkent va ularning tevarak – atrofidagi yerlarda uzun ko‘ylak kiyim odat bo‘lgan bo‘lsa. Buxoro va uning chekkalarida ayollar ko‘ylagi tizza bo‘yi uzunlikda tikilgan.
Ko‘ylaklarning yoqasi har xil ko‘rinishda bo‘lgan. Yonlama yoqa bo‘ylama yoqa, keyinchalik tik yoqa tikilgan. Samarqand va atrof – tevaragidagi qishloqlarda erkaklar, qizlar va bolalar ko‘ylagi yonlami yoqali bo‘lgan. Bunday ko‘ylaklarni “kiftak” deyishgan.
Erkaklar va qiz bolalarning yonlama yoqasiga odatda uqa (jiyak) tilikgan. Erkaklar bilan o‘g‘il bolalarnikida ensiz, oddiygina bo‘lsa, qizaloq ayniqsa o‘smir qiz bolalarda rangdor va enli bo‘lgan. Jiyak bir necha ensiz va enli bo‘laklardan iborat bo‘lgan. O‘rta jiyak nisbatan enli bo‘lib, oq – qora iplar bilan tikilgan. Yonlariga ko‘k va qora iplar bilan tikilgan ensiz jiyaklar qo‘yilgan. Jiyaklar jonona yoki qo‘sh jonona naqsh bilan bezatilgan. Chaqaloq va o‘g‘il bolalarning ko‘ylaklari osongina kiygizadigan bo‘lishi uchun yonlama yoqasi ko‘krak ustidan tikkasiga tugmalanadigan yoki bog‘ich bilan bog‘lanadigan qilib tikilgan.
Erkaklar ichiga yupqa paxta solib qavilgan ko‘ylak ham kiyinishgan. Ayrim joylarda yoqasidan etagigacha enli uqa tushirilgan. Uqa (jiyak) har xil, ko‘proq shoyi iplar bilan iroqi qilib tikilgan (Surxondaryo, Shahrisabz, Qarshi tevarak – atrofidagi yerlarda). Buxoro, Samarqand va boshqa yerlarda zarrin naqsh solingan.
Bo‘ynidan belgacha oldi ochiq ko‘ylaklarni Samarqand, Buxoro va tevarak – atrofida kurtayi peshkusho deb yuritilgan. Bu xil qo‘ylarda yoqasi bo‘lmagan. Oldi tugmalangan yoki bog‘ich – kamarcha bilan bog‘langan. Ba’zi ko‘ylaklarning ko‘krak oldi munchoq va yaltiroq pistonlar bilan bezatilagan po‘pakcha yordamida yopib yurilgan. Nikoh kuni kelinchakka oq gazlamadan ko‘krak oldi ochiq ko‘ylak kiygizilgan. Baxti ochilsin, uvali – juvali bo‘lsin, degan ramziy ma’noda hamda hayoti, turmushi oppoq, sof, yorug‘ bo‘lsin degan niyatda oq gazlamadan tikilgan. Keyinchalik peshkusho ko‘ylaklarni asosan katta yoshdagi ayollar kiyadigan bo‘lishgan. Yosh juvonlar enli tik yoqali ko‘ylak kiyishgan. Bunday yoqani bo‘g‘ma yoqa deyishgan. Bu yerda shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, ko‘p joylarda, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Shahrisabz shaharlarida va tevarak – atrofidagi qishloqlarda peshkusho ko‘ylakni turmushga chiqqan ayollarning hammasi yoshi nechada bo‘lishidan qat’iy nazar umrining oxirigacha kiyib yurishgan.
Peshkusho ko‘ylagi keyinchalik faqat bayram kunlari kiyiladigan bo‘lib qolgan. Uni endilikda qalin va qimmatbaho matolar (parcha, duxoba, baxmal)dan tikishadi.
Ishton ko‘ylak bilan birga bir xil matodan tikilgan. Qadimda qosiblar to‘qigan matolar (qalami, alacha, bo‘z)dan ishlangan. XIX asr o‘rtalaridan boshlab fabrikada to‘qilgan yo‘l – yo‘l chit, oq gazlama ishlatiladi. O‘zbeklarning ustki issiq kiyimi chopon bilan to‘nning etagigacha ochiq bo‘ladi. Yengining yuqorisi keng, uchi torroq tikiladi. O‘tirib turishga qo‘lay bo‘lishi uchun etagining ikki yon tomoni kesik bo‘ladi. To‘n, chopon tugmalanmaydi. Ba’zilarida tikma yoqasining ikkala uchida bog‘ichlari bo‘ladi. Nomoz vaqtida bog‘ichlari bilan bog‘lab qo‘yiladi. Qolgan vaqtlarda oldi ochiq yuraveradi. Chopon odatda movutdan tikilgan. Ko‘proq ko‘k yoki to‘q zangori movut ishlatilgan. Mahalliy kosiblar matolaridan yo‘l – yo‘l olacha keng qo‘llanilgan, erkaklarning qoraqosh, gajdumak naqshli olachadan tikilgan choponlari nihoyatda xaridorgir bo‘lgan. Gajdumak naqsh zanjir uslubida ishlangan (sariq, to‘q pushti, ko‘k, oq va boshqa rangdagi ingichka chizmalardan iborat). Taroq (shona0 naqshli choponlar ham kiyilgan.
XIX asr oxiridan Farg‘onacha beqasam choponlar keng qo‘llaniladigan bo‘lib qoldi. Issiq kunlarda erkaklar oq yaktak bilan ishton kiyib yurishgan. Yaktak, tojikchasiga bir qavat degan ma’noni anglatadi. O‘zbeklar orasida uni “yaktak” deb ataladi. Shoyi gazlamalardan qavib tikilgan, yonlik (tirez)lari burma (chucha) holida tug‘ilib, bog‘ichlar bilan bog‘langan.
Munisak o‘zbek ayollari orasida keng tarqalan bo‘lib, turli joylarda uni turlicha atashgan: mursak, mirsak va h.k. ba’zi joylarda uni kaltacha deyishgan. Xorazm, Farg‘ona vodiysi, Toshkentda munisak deyishsa, Samarqand va tevarak – atroflarida kaltacha sifatida ma’lum bo‘lgan. “Munisak” nomi arabcha munis (do‘st, birodar) so‘zidan olingan bo‘lsa kerak. Lekin kaltachaning asl ma’nosi noma’lum (kalta so‘ziga hech qanday aloqasi yo‘q).
Munisak qaysi yoshdagi aylga mo‘ljallanayotganiga qarab har xil gazlamadan tikilgan. Ilgarilari munisakni ingichka ko‘k va havorang chit olachadan tikishgan. Samarqandda, uni “alochoyi kaut” deb atashgan. Yosh juvonlarga eng qimmatbaho, nihoyatda chiroyli gazlama (parcha, shoyi, buxori baxmal, duxobo)dan munisak tikilgan. Munisaklarning yon etagini kemtik qilib, sherozi jiyak tikilgan.
XX asr boshidan munisakni faqat biror yaqin kishisi qazo qilgan hamda azaga kelgan ayollargina kiyishgan. Munisak ustidan katta oq chit ro‘mol, qora durra o‘ralgan. Samarqand va tevarak – atrofdagi shahar, qishloqlarda aza tutuyotgan yosh juvonlar yorqin, chiroyli, rang – barang munisak kiyishgan. Uch kundan keyin motam kiyimida bir yil yurilgan (ko‘k, ba’zan qora ko‘ylak kiyib, shu rangda ro‘mol o‘rashgan).
Munisak o‘zbekalar orasida hozir har xil maqsadda ishlatilmoqda. Ba’zi joylarda qadimiy kiyim sifatida kiyib yurilayotgan bo‘lsa, boshqa yerlarda, chunonchi, Toshkentda uni butunlay kiymay qo‘yishgan. Faqat qazo qilgan ayol tobutiga yopish uchun ishlatiladi.
XIX sarda munisakdan boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Kelinchak urf – odat bo‘yicha kelin bo‘lib tushgan joyida qaynatasi, qaynog‘a va qayinilariga ko‘rinmaslik uchun bir necha yil (farzand ko‘rguniga qadar) boshiga munisak yopinib yurgan. Nikoh kunining ertasiga, kelin salomga ham boshiga munisak tashlab olib chiqishgan. Ko‘chaga chiqish zaruriyati tug‘ilib qolgudek bo‘lsa, paranji ostidan albatta munisak bilan yopingan, lanib, ikkinchi yengi yuqoriga qaratib qo‘yilgan.
Paranji. O‘zbek ayollari uchun tashqariga, ko‘chaga chiqayotganda kiyilishi majburiy bo‘lgan usti – bosh hisoblangan. Har bir ayol, har bir qizning albatta paranji va chachvoni bo‘lishi lozim edi. Paranjisini ustiga yopib, yuz – ko‘zirini chachvon bilan bekitgan. Turli yerda uni turlicha atashgan. Jumladan, Samarqandda chachvon “chashmand” deb yuritilgan.
Paranji chachvonni ichkari (xona)dan olib chiqqanidan keyin hovlida avvalo boshga paranjini tashlab darvoza – hovli eshigidan chiqayotganda, ostonada yuzga chachvon tutilgan. Oy xonadon xotin – qizlari qimmatbaho mato dan, rangorang bezak berib tikilgan paranji – chachvon yopishgan. Kambag‘allarning ojizalari eskirib, ming xil yamoq tushib, ilma teshik bo‘lib ketgan paranji – chachvon tutishgan. Qishloq joylarida paranji – chachvon kamdan – kam qo‘llanilgan. Ushanda ham asosan olis safarga chiqqanda, turli marosimlar vaqtida ishlatilagan. Paranji yopinish odat bo‘lmagan yerlarda boshga har xil yopinchiqlar tashlab yurilgan. Ko‘pincha bolalarning choponi – to‘ni bilan yopinib yurilgan. Samarqand viloyati. Shahrisabzda yo‘l – yo‘l matodan tayyorlangan yopinchiq tutilgan. Xorazm va uning atrof – tevaragidagi yerlarda jegda yopish odat bo‘lgan. Jegdaning uchlari ayolning beligacha tushib turadigan darajada uzun bo‘lib, ba’zan yengga o‘xshatib chatib qo‘yilgan. Ish bilan band bo‘lganda jegdaning uchlarini bo‘yinlariga o‘rab olingan. Chachvonni lo‘lilar ot yolidan tayyorlashar edi. Boylarga mo‘ljallangan, chachvonlarni havorang yoki pushti munchoqlar bilan bezatilgan. Chachvonning hamma tomoniga mag‘iz tikilgan.
XIX asr oxiridan o‘zbeklar orasida kamzul va nimcha kiyish odat tusiga kiradi. Samarqandda kamzulning rumcha turini kiyishgan. Rumcha kamzul Toshkent atrofidagi qishloqlarda ham keng tarqalgan ma’lum. Odatdagi kamzullarda kesma cho‘ntaklari bo‘lmagan va to‘gmalanmagan rumcha kamzul esa bichishi, tikilishi jihatdan butunlay boshqacha bo‘lgan. Yelkasi kesma bo‘lib, yeng tomoni sal qiyshaytirib tikilgan, yenglari kamzullar ham uchraydi. Qulfi – kalit yoqali, qaytarmayoqali, qaychi yoqali kamzullar keng tarqalgan edi.
Kamzullar avvallari kosiblar to‘qigan matolardan tikilgan. XIX asr oxirgi yillaridan boshlab Turkistonda Rossiyaning markaziy shaharlaridagi fabrikalaridan ishlab chiqarilgan baxmal va duxobalardan tikila boshlanadi.
XX asr boshidan nimcha, kamzulcha kiyish sekin – asta odat tusiga kiradi. Kamzulcha kiyish odati tez orada yo‘qoladi, lekin nimcha asosiy usti bosh kiyimlaridan birga aylanib qoladi, xususan xotin – qizlar orasida keng tarqaladi.
Nimcha bichish va tikilishi jihatdan har xil bo‘lgan. Dastlabki yillarda belidan pastroqqa tushib turadigan uzunlikda, bo‘yinni yopib turadigan tik yoqali qilib tikilgan. Keyinchalik qaddi qomatiga yopishib turadigan qilib, kaltaroq tikilgan.
Belbog‘. Belni bog‘lab yurish juda qadimdan qolgan odat. Markaziy Osiyo, shu jumladan O‘zbekistonning turli yerlarida o‘tkazilgan arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan xilma – xil yodgorliklar bu fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi. Ular orasida devorga solingan rasmlarda belini bog‘lagan erkaklar tasviri ko‘p uchraydi. Ajdodlarimiz juda qadim zamonlardan boshlab o‘zlarining ishiga, xizmatga tayyor ekanliklarini shu tariqa izhor qilishgan bo‘lsalar kerak, xizmatga tayyor ekanliklarini shu tariqa izhor qilishgan bo‘lsalar kerak. Hozirda ham biron to‘y, marosim o‘tkazilayotgan bo‘lsa, qarindosh – urug‘, yoru – birodar, qo‘ni – qo‘shnilar: “E to‘y bo‘lsin, belimizni mahkam bog‘lab xizmat qilamiz”, deyishadi. Ustoz shogirdiga mustaqil ish boshlashga fatvo berayotganida ham shogirdining beliga belbog‘ bog‘langan. Saroy ahillari xizmatda yurganlarida beliga kamar taqishgan. Xon, amir sulton, hokimlar kiyimi, to‘ni ustidan kamar bog‘lashmagan. Ammo ularning xizmatida bo‘lgan saroy amaldorlarining hammasi kamar taqishgan.
Belbog‘ turli hollarda turlicha bog‘langan. Asosan to‘n chopon tugmalanmaydigan bo‘lgani uchun yurganda, ish qilayotganda xalaqit bermasligi uchun belbog‘ ichidan, chopon ustidan, o‘n yoki chopon o‘zi kiyilganida yaktak ustidan belbog‘ bog‘langan. Belbog‘ning turi ham, nomi har har xil bo‘lgan chorsi, qiyiqcha va mayonband, qo‘sha qars, futa va hakozo. Bulardan eng ko‘p tarqalgan chorsi belbog‘ bo‘lib, u kvadrat shaklida guldor, naqshdor qilib tikilgan. Futa juda uzun bo‘lib, belga bir necha marta o‘rab bog‘langan. Ayrim hollarda futa ustidan chorsi ham bog‘lab yurilgan. Hatto bir yo‘la bir necha belbog‘ bog‘lash hollari ham ko‘p uchraydi.
Belbog‘ bog‘lash bilan urf – odatlar ham ko‘p. Masalan, nikoh kuni kuyov chorsi belbog‘ bog‘langan. Ertasi kuni, kelin salom vaqtida uni yechgan. Yaqin kishi qazo qilgachda ham to‘n ustidan belbog‘ bog‘langan. Uchinchi kuni o‘ziga yarasha irim bilan yechilgan.
Belbog‘ faqat chopon yoki to‘n, yaktak ochilib ketmasligi uchungina bog‘lanmagan. U juda ko‘p va xilma – xil maqsadlarda ishlatilgan. Belbog‘ o‘ramlariga pul, nosqovoq, turli mayda – chuyda kerakli narsalar solib yurilgach. Yo‘lda belbog‘ sochiq sifatida ishlatilgan, joy – nomoz vazifasini o‘tgan, dasturxon o‘rnida qo‘llanilgan, sovuq kezlarda bosh o‘ralgach.
Bosh kiyimlari. Erkaklarning yozda ham, ko‘klam, kuzda ham, hatto mo‘tadil sovuq kezlarda ham asosiy bosh kiyimi do‘ppi bo‘lgan. Do‘ppi qachon va qayerda paydo bo‘lgani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Lekin do‘ppiga o‘xshagan uchli, cho‘qqi bosh kiymi juda qadimdan ishlatilib kelinayotgan ma’lum. Chorsi hamda yumaloq do‘ppilar nisbatan ancha kech qo‘llanila boshlagan. Taxminan XIX asr 20 – yillarida keng taraqala boshlangan degan fikr – mavjud.
Erkaklarning eng qadimiy bosh kiymi deb ataladi. Ommaviy bosh kiymini Farg‘ona viloyatida do‘ppi, O‘zbekistonning boshqa viloyat va tumanlarida do‘ppi deb yuritiladi. Do‘ppilar shaklan uch xil bo‘ladi: cho‘q qisimon (qonussimon), shaklda (quloq), yumaloq, sharsimon (araqchin) va yassi, usti tekis (tus do‘ppi).
Quloq darveshlar bosh kiyimi uchburchak parchalardan bichilib, yonlamasiga tikiladi. Quloq gardishi unchalik sezilmay turadi. Shahrisabz, Nurota, Buxoro tumanlarida uchraydigan qulohsimon bosh kiyimlari rang – barangligi va xoch (salib) simoiligi bilan ajralib turadi.
Yumaloq do‘ppilar orasida Urgut do‘ppisi ayniqsa jozibali. U o‘zining bayramonaligi yorqinligi bilan kishi diqqani jalb qiladi. Respublikamizning har qaysi viloyati va tumanlarida shu yerning o‘ziga xos milli urf – odatlariga monun do‘ppilar tikiladi. Masalan Surxandaryo qishloqlar piltado‘zi uslubida tikilgan do‘ppi kiyiladi. Bu xil do‘ppi Qozoqlarning chiyiga o‘xshab ketadi. Toshkentda yumaloq do‘ppi bosma, iroqi hamda hayol, chakmatur deb ataladigan. Chok usullarida tayyorlanadi. Farg‘ona do‘ppilar qadimiy bosh kiyim nusxaalari bilan Xorazm, Mug‘ul yassi chorsi cho‘qqili qalpoqlarga uxshab tekiladi.
Tus do‘ppi yassi tekis do‘ppilarning eng ko‘p tayyorlangan nusxasidir. U 8 xil chok uslubida tikiladi. To‘g‘ri chok zanjira chita kungura, yetapatma, ova, taroq, qalandar, pildiroq. Erkaklar ilgari rangli guldor do‘ppilar kiyishgan. Keyinchalik oq – qora Chust do‘ppilari kiyadigan bo‘lishdi. Bu do‘ppilar asosan bodom yoki qalampir nusxa bo‘lib aslida qush tasvirining bir bo‘lagidir. Ilgari do‘ppilarning to‘rt tomonida ham qush ta’sviri bo‘lgan. Keyinchalik uni ixchamlashtira borib, qushning boshi va oyoqlarini tikmay qo‘yishgan. Do‘ppilar ichida Quqon va Marg‘ulon do‘ppilari ham, odamiyligi va rostligi bilan ajralib turadi. Do‘ppilarda choklari nisbatan ancha kam.
50 – yillardan do‘ppilarda mitti qushlar, jumladan bulbulni, tovusni tasvirlash odat tusiga kirdi. Lekin bu xil do‘ppilarga talab unchalik ko‘p bo‘lmadi.
20 – yillar oxiridan qizlar, yosh juvonlar ham do‘ppi kiya boshladilar. Iroqi uslubida, xondo‘zi bezak bilan tikilgan xotin – qizlar do‘ppisi do‘ppido‘zlik ravnaqining eng yoriq namunasi desak bo‘ladi. Ko‘kragiga tasvirlangan kelin bilan kiyov surati do‘ppiga tantanovor tus berib turadi. Qish kunlari erkaklar mo‘yna telpak kiyishgan. Bu kiyim quloqga o‘xshash tikiladi. Mo‘yna telpaklarning turi ko‘p bo‘lgan. Ular bir – biridan bichimi va tikilish jihatidan farq qilgan. Samarqand bilan Buxoro atrf – tevaragida qishloqlarda kalta mo‘ynali telpakkiyilgan. Samarqand telpagining astari yumshoq, arzon mo‘yna ko‘pincha qo‘y, ba’zan tulki mo‘ynasidan tikilgan.
Salla. Markaziy Osiyoda salla urash odati qachon rasm bo‘lgani aniq ma’lum emas. Shuningdek u qaysi davlatdan kirib kelgani ham no’malum. Yunon muarrixi Stroboning yozishicha salla urash qadimiy midiyaliklar orasida ham odat bo‘lgan. Midiyadan eronga o‘tgan aftidan, Sosoniylar hukumdorligi davridan boshlab, u qadimgi o‘rta osiyo yerlariga ham tarqalgan bo‘lsa kerak. Lekin Xorazimliklar orasida salla urush odat emasligiga qaraganida bu xil kiyimi asosan hozirgi O‘zbekistonning g‘arbiy – janubiy yerlarida keng tarqalgan bo‘lishi ajab emas.
Manbalarning ko‘rsatishicha salla o‘rta asrlarda butun Movarounnahir xalqlarining (Xorozimliklardan tashqari) asosiy bosh kiyimi hisoblangan. XIII asrda bu hududga shu jumladan Samarqandga kelgan sayyohlarning dalolatiga binoan faqat ruxoniylar, ayni vaqtda oddiy xalqning hammasi sallab urab yurgan.
Salla so‘zining ma’nosi va uning qayerda vujudga kelgani xususida har xil fikr mavjud. Olimlarning dalolatiga asosan salla Toshkent shevasiga xos so‘z bo‘lib, solmoq so‘zidan olingan. Ba’zi manbalarda, chunonchi o‘rta asr yozilmalarida esa “salla” so‘zi savat, tuguncha ma’nosini anglatadi deb yozilgan. Salla so‘zi turkcha so‘z deyiladi. Hozirgi tojik tilida ham salla so‘zining ma’nosi aynan shunday izohlanadi. Binobarin u vaqtlarda salla ham asosan bosh kiyimlari sifatida odat tusiga kirmagan.
Salla so‘zining savat tuguncha so‘ziga nima aloqasi bor degan savol tug‘iladi. XVIII asr o‘rtasida Buxorolik ayollar boshlariga to‘qilgan savat kiyib yurishgan. Buxoroda bayram sayillar vaqtida xaloyiq oldida tomosha ko‘rsatadigan masxaraboz katta sallali qozi obrazini gavdalantirishi uchun boshiga atrof – tevaragi oq mato bilan o‘ragan, katta savat qo‘yib chiqqan. ehtimol shu tufayli salla deb atalgan bo‘lishi mumkin.
Salla so‘zi yangi so‘g‘diycha so‘z sallatadan olingan fikr ham mavjud. YAg‘nob shevasida sallata ayollar ro‘mol degan ma’noni anglatadi. Agarda shu fikr to‘g‘ri bo‘lsa u holda salla avvallari ayollar bosh kiyimi bo‘lgan. Keyinchalik uni erkaklar ham boshga uraydegan bo‘lishgan.
Markaziy Osiyoda sallaning ikki xili ishlatilgan: Katta salla, kichik salla. Kichik salla ba’zi joylarda (masalan Samarqandda) futa degan (kelinlar nikoh kuni boshiga kiyib chiqadigan fata shu so‘zdan olingan). “Futa” arabcha so‘z bo‘lib. Hindistondan kirib kelgan (bosh yo bilin o‘rashga ishlatilgan, shuningdek boshga yopiladigan bir bo‘lak matoni hindlar “Futa” deyishgan). Asosan turmushga chiqqan ayollar o‘rashgan. Kelinga nikohkuni otasining uyida salla kiydirishgan. Kiyovnikida salla o‘rash hollari ham bo‘lgan. Sallani ayollar tug‘ishdan qolgan yoshiga qadar o‘rab yurishgan (taxminan 45- 50 yoshlargacha).
Ayollar sallasi kiygach yoki do‘ppi va o‘ramdan iborat bo‘lgan. O‘ramning har xili bor. Bo‘y ayollar 14 metr matodan (“Boy bosh”). Kambag‘allar 6 metr matodan (“Kambag‘al bosh”). Salla o‘rashgan kambag‘allar yaxlit mato topolmasalar kalta latta va paxta ishlatilgan. Salla uchun qizil yoki ko‘k rangli mato ishlatilgan. Salla o‘rami ustidan to‘rttadan tortib yettitagacha ro‘mol urashgan. (“Boy bosh”), kambag‘allar esa bitta qizil ro‘mol o‘rab qo‘ya qolishgan.
Marakalarda katta yoshdagi ayollar 10 metr oq matodan salla o‘rab ustidan oq ro‘mol bog‘lagan. O‘rta yosh va yosh juvonlar esa 10 metr havorang satin salla o‘rashgan.
Ayollarning boshqa bosh kiyimlari. Qiz bolalar uzoq yillar davomida qalpoq kiyib yurishgan. (do‘ppini ayrim joylarida qalpoq deyishadi). Samarqand, Urgut va atrof – tevaragidagi qishloqlarda keng tarqalgan. Qalpoqlar tog‘lik tojik va Markaziy Osiyo yahudiy qizlari qalpog‘iga o‘xshagan yumaloq ko‘rinishda bo‘lib, hozirda butunlay yo‘qolib ketgan. Bosh kiyim bilan bog‘liq bir qancha urf – odatlar mavjud bo‘lgan. Masalan, to‘y o‘tgandan keyin qalpoqcha ustida peshona durra bog‘lab yurilgan. Birinchi farzand tug‘ilganidan so‘ng qalpoq o‘rniga ro‘mol o‘rashgan. Ko‘pincha qishloq ro‘mol tutilgan, birinchisi boshlariga shundoq tashlab, uchlarini orqaga yig‘ib qo‘yilgan. Ikkinchi ro‘mol uning ustidan peshonasi bilan bog‘langan.
Ko‘p joylarda, xususan qishloqlarda bosh kiyim yoshiga qarab har – xil bo‘lgan. Qiz bolalar popuk to‘ppi (do‘ppi) kiyishgan. Turmushga chiqqan kelin yuqorida aytib o‘tganimizdek, birinchi farzand tug‘ilganiga qadar to‘ppi ustida durra o‘raydi. (uni Samarqand va Qashqadaryoda peshonaband deyiladi).
Peshonaband har – xil ko‘rinishda bog‘langan. Durraning ikkinchi uchi uch – to‘rt bor taxlog‘liq holda bosh ustidan yonboshga osig‘liq turadigan qilib o‘ralgan yoki orqaga tashlangan. Ba’zi yerlarda boshga sarandoz solib yurilgan. Qadimda chetlariga kashta tikilgan yakka band ishlatilgan. Yakkabandning uchlariga shoh (popuk) o‘rtasiga mox tikilgan.
Birinchi farzand dunyoga kelgach, yosh juvon sochlarini ko‘sh kokil qilib o‘rib boshiga qulut deb atalgan kashtali qalpoq kiygan. Qariya onaxonlar oq qalpoqda yurishgan.
XX asr boshidan ayollar ham erkaklarnikiga o‘xshagan astarining ichiga pilta qo‘yib tikilgan. Do‘ppi kiyib yuradigan bo‘lishgan. Ayollarning do‘ppisi erkaklarnikiga qaraganda ancha yassi bo‘lib kashtasi mayda, rangorang, jozibali bo‘lgan. Ayollar do‘ppining araqchin turini ham kiyishgan.
Taqinchoqlar. Nodir qimmatbaho bezak buyumlar taqish odati juda qadim zamonlardan davom etib keladi. Respublikamizning turli yerlarida o‘tkazilgan va hozirda ham olib borilayotgan arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan xilma – xil bezak taqinchoqlar fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi.
Taqinchoq bezaklar qayerda va qachon paydo bo‘lganini aniq aytish qiyin. Lekin miloddan oldingi VI minginchi yilning oxiri III minginchi yilda (neyeolil davrida) xilma – xil tosh va chig‘anoqlardan munchoq va shokilalar tayyorlash keng tarqalgani ma’lum. Taqinchoqlar shaklan turli tuman ko‘rinishda ishlangan kungurador doira astvona (silindr), yassi tuxumsimon romb, suyri uch burchak dumaloq, uchli va h.k.
Amudaryo xazinasi (miloddan avvalgi III – I asrlar mobaynida butun O‘rta Osiyo yerlarida hukmronlik qilgan Ahmoniylar sulolasi davriga mansub, bu topilma hozirda Angliyada saqlanmoqda) qadimiy bezak taqinchoqlar haqida fikr yuritishimizga dalil bo‘ladi.
Ajdodlarimiz jud qadimdan feruza va marmar nusxa la’ya (oniks)dan dumaloq va uchli munchoqlar yasashgan. Ular asosan hosildorlik, ma’murchilik ramzi sifatida ins – jinslardan saqlanuvchi tumorlar tariqasida ishlatib kelingan.
Eneolit davrida lojuvard, ohak haqiq singari qimmatbaho toshlardan ko‘plab va xilma – xil munchoqlar yasash yo‘lga qo‘yiladi. Mis bilak uzuk, uzuklar uchi uchli yupqa xalqa tilla sirg‘alar yasaladi. Naqshsiz, silliq, to‘g‘ri chiziqlar, xalqlar naqshlar bilan pardozlangan, bosma naqshlar bilan zeb berilgan to‘qima kamarlar rangli shisha feruza, haqiq lojuvarq munchoq, shokilalar miloddan oldingi I ming yillik davrida keng miqyosda qo‘llanilib kelingan bezak buyumlardan himoblanadi.
Hayvon tasviri berilgan, feruza ko‘zlar qadalgan tilla bilak uzuklar, qo‘llariga gul va qush tutib turgan Anaxita tasvirlangan dumaloq ko‘zli qo‘yma oltin uzuklar, turunj (medalyon) va shokilali keng tilla xalqalar hanuzgacha barchani lol qoldirmoqda. Miloddan avvalgi I ming yillik oxirlari va milodning dastlabki asrlariga oid qush ilonbosh birinchi bilak uzuklar, burama bilak uzuklar va uzuklar, munchoq – qo‘ng‘iroqchalar tirib yasalgan. Bilak uzuklar, olitn va birinchi qo‘ng‘iroqcha hamda shaqildoqlardan sochga taqish uchun yasalgan shokilalar, suv ramzidagi burama uzuklar, bir gujum nihoyatda mayda toshlar qadalgan yarim oy sirg‘alar, girdiga toshlar va uchta barg nusxa shokila qadalgan oyatin xalqa sirg‘alar, qushlar aks ettirilgan sirg‘alar va ko‘ngina boshqa arxeologik topilmalar bezak, taqinchoqlarga e’tibor o‘sha davrdayoq nechog‘lik katta bo‘lganidan yaqqol dalolat berib turibdi.
Xarobalari topilgan qadim qal’alarning devorlariga tushirilgan rasmlarda aks ettirilgan bezak, taqinchoqlar xalqimiz o‘tmishining ko‘pgina sir – asrorlari haqida nihoyatda qimmatli ma’lumotlar beradi. Antik davr ma’budalaridagi tilla qoshlar. Dalvarzintepadan topilgan xazina orasidagi. Kushon podshosining milodiy I asrga doir oltin zebigardoni, Kushon podshosining oila a’zolari, saroy ayonlari haykallaridagi ikki qavat bo‘yin jevaklar, miloddan avvalgi I asr – milodning I asriga taalluqli. Shimoliy Baqtriya yodgorliklari (Xolchayon topilmalari), Dalvarzintepa. Ayritom, Bolaliktepa, Afrosiyob yodgorliklari o‘sha davrlarda zeb – ziynat buyumlari haqida to‘liq tasavvurlar beradi.
V asr oxiri VI asr boshi (ilk o‘rta asr davri) yodgorliklari orasida shimoliy Toharistondagi Bolaliktepa qishloq qasridan topilgan zargarlik buyumlari (to‘qima, naqshiy zebigardonlar, munchoq, tumor shodalari, bilak uzuk, yarim oy, xalqa shaklidagi uzuklar, gardishli uzuklar, ko‘zsiz uzuklar) ham kishi diqqatini o‘ziga tortadi.
VII asr oxiri VII asr boshidagi Afrosiyob rasmlarida shoshlik, chag‘aniyonlik, so‘g‘dlik erkaklar taqqan zargarlik buyumlari o‘sha zamon zargarlik san’atining yuksak namunalaridir.
IX asr – XIII asr boshlarida tumorlar, turunjlar, kamar tug‘alari, bosh kiyim tug‘nag‘ichlari, ko‘za, o‘roq, pichoqshaklida yasalgan zargarlik buyumlari ko‘paygan. Ularning ko‘pi birinchi, mis, kumushdan hayvon, qush, baliq, afsonaviy maxluq ko‘rinishida yasalgan bo‘lib, ulrga balo – qazo, ins – jinsdan asrovchi, yaxshilikka eltuvchi, savob keltiruvchi, baxt – iqbol eshigini ochuvchi karomatlarga ega bo‘lgan buyumlar sifatida qaralgan.
X asrdan toj, maxsus bosh kiyimlari, quloq, tish – tirnoq tozalagich singari pardoz – andoz buyumlari keng tarqala boshlaydi.
XI – XIII asrlarda yasalgan olti qirrali g‘ilofchalar ko‘rinishidagi tumorlardan bir qancha bizgacha yetib kelgan. G‘ilofchalarning ikkala uchida qubbalari bo‘lib tumorchalar yupqa kumush varag‘idan o‘yma, chizma va tillakori naqshlar berib yasalgan.
XIV – XV asrlardagi zeb – ziynatlar to‘g‘risida ispan elchisi Ryui Gonzales de Klavixo Amir Temur xotinlari zeb – ziynatlari haqida yozib qoldirilgan. Elchining yozishicha Amir Temur xotinining boshidagi qizil kiyim xuddi dubulg‘aga o‘xshaydi. Bu dubulg‘a juda baland edi. Unda durlar, yoqut va feruzalar, ya’ni turli – tuman toshlar ko‘zga tashlanadi, undan – yuqoriroqda tilladan qilingan bir chambar ham bor edi, unga ham ko‘pgina toshlar va g‘oyat yirik durlar qadab zeb berilgan edi. Dubulg‘aning ustiga qushsimon soyabon bo‘lib, unga har ikki enlik keladigan uchta yoqut qadab qo‘yilgandi, tepada oq sulton bo‘lib, undan bir – biriga zar ip bilan bog‘lab qo‘yilgan, uchlarida tosh va durlar yarqirab turgan qush natlari ko‘zigacha osilib tushardi.
XVII – XVIII asrlarda ham zargarlik, zebu – ziynat buyumlarining xili ko‘payib boravergan. XIX asr zargarlik buyumlarida islimiy, girix, samoviy, maxluqot dunyosi asosida naqsh, bezaklar ko‘p uchraydi.
O‘zbeklar turli – tuman taqinchoqlar taqishgan. Ularni qayerda taqilishiga qarab bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Boshga kiyiladigan (taqiladigan) zebu – ziynat buyumlari, sochga taqiladigan taqinchoqlar, burunga taqiladigan taqinchoqlar, bo‘yinga taqiladigan taqinchoqlar, ko‘krak taqinchoqlari, qo‘l – oyoq taqinchoqlari va h.k.
Boshga kiyiladigan (taqiladigan) zeb – ziynat buyumlar. Bunday buyumlarga toj chambar, takyado‘zi (takyatuzi), xilma – xil jig‘a, to‘g‘nag‘ichlar kiradi. Ayollarning zargarlik zeb – ziynatlari bilan bezatilgan va to‘y libosi sifatida kiyiladigan (taqiladigan) zeb – ziynat buyumlari orasida eng asosiysi hisoblanadi.
Toj , chambara, podshohlarning hokimiyati, hukumronligi ramzi bo‘lgan. Har bir podshoh, sulton, amir, bekning toji betakror va nihoyatda seroyezak, qimmatbaho bo‘lgan. Bir qator yozma manbalarda miloddan oldingi IV – III asrlardagi Xorazm dubulg‘alari, milodning III asriga oid tojlar haqida qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Temuriylar davrida asosiy bosh kiyim qalpoq nodir zeb – ziynat buyumi hisoblangani to‘g‘risida mojor sayyohi Herman Vamberining “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” asarida shunday hikoya qilinadi: “Qizil movutdan dubulgaga uxshash uchli qalpoq kiyilgan. Qalpoq usti qizil yoqut, zabarjad, durlar bilan bezatilgan, atrofida tishli qosh bo‘lib, undan guyo oq patlar to‘kilib turgan. Bu patlarning ba’zilari to ko‘zlarigacha tushib, yurgan vaqtdagi harakati bilan yuzga o‘zgacha go‘zallik berar edi”.
Zeb – ziynatlangan bash kiyimi takyaduzning Xorazm namunalari saqlanib qolgan. “Takyaduzi” sirtiga tikilgan yoki qadab chiqilgan degan ma’noni anglatsa kerak. Takyaduzi usti ochiq yoki yopiq ko‘rinishda ishlangan bo‘lib, turli rangdagi toshlar va shishalar bilan ziynatlangan.
Boshqa taqiladigan zeb – ziynatlardan jig‘a, har xil tug‘nag‘ichlar ayniqsa ko‘p ishlatilgan. Jig‘ani nafaqat ayollar, ayni vaqtda erkaklar ham taqishgan. Hatto xon, amir, sulton, beklarning otiga ham jig‘a taqilgan.
Buxoro jig‘asi qiyg‘os ochilgan gul butog‘iga “aylanib qolgan” qush ayoli shaklidagi uzun tug‘nag‘ich ko‘rinishida bo‘lib, o‘rtasida har xil toshlar va shishalar qadalgan, islimiy va “tole zanjiri” naqshlari bosilgan yupqa tillarang plastinkadan yasalgan. Ustida pat qadaydigan naychasi bor. Jig‘a singari ishlangan to‘g‘nag‘ichlardan yana sanchoq, sarsuzaklarni, shuningdek bibishoh yoki ot tuyog‘i, mohitillo degan ziynat buyumlarini ham eslatib o‘tish o‘rinli bo‘ladi. Sanchoq bilan sarguzak tug‘nog‘ichlar ro‘molga, do‘ppi, qalpoqqa qadash uchun mo‘ljallangan. Xorazmda uning naycha ko‘rinishdagi parxona deb ataladigan turi saqlanib qolgan.
Bibishoh ikki shohli oyga o‘xshaydi. Ba’zilar uni ot tuyog‘iga o‘xshatsa, boshqalar darvishlarning muqaddas boltasiga, qurbonlik jonivorlarni suyadigan oyboltaga o‘xshatishadi. Bibishoh taqinchoq juda ajoyib ishlangan. Yarim oy ko‘rinishidagi bibishohning ikkala uchida bittadan qush boshi mavjud bo‘lib, qoq o‘rtasida romb yoki g‘uncha gul qo‘ndirilgan.
Peshonaga taqiladigan taqinchoqlar. Peshonaga taqiladigan ziynat buyumlarining turi juda ko‘p bo‘lgan. Ularning hammasini bir umumiy nom bilan manglayduzi deb atashgan.
Bibishoh ham ba’zi joylarda peshonaga taqilgan. Ayrim hollarda peshonaga taqish uchun tilla yoki zulfizar ishlatilgan. Bu bezak o‘rtada bosma nqshlari ustiga rangli toshlar va shishalardan donachalar qadab bezatilgan tillakori turunjdan iborat bo‘lib, atroflariga ko‘pdan – ko‘p tilla qubbachalar, popukchalar, oynachalar bilan bezatilganikkita ilgakni ham taqib qo‘yilgan. Turunj manglayga yo bosh orqasiga taqilgan, uchlarida katta – katta popuklari bo‘lgan ipni esa ikki – uch o‘rab chakkalaridan yelkaga tegar – tegmas qilib osiltirib qo‘ygan. Yurgan ziynatlarning hammasi silkilib, yoqimli jiringlagan ovoz bergan, tilla va ochiq feruza ranglarda tovlanib turgan.
O‘zbekistonning bir qator muzeylarda ana shunga o‘xshash manglaytuzilarining bir qancha xili saqlanmoqda. Bular orasida Xorazmda XIX asrda yasalgan manlaytuzilarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ularning biri kumish, asl marjon, feruza va shishadan yasalgan bo‘lib, zarhal berilgan, nozik sim to‘qimasi bor. (Xevadagi “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida saqlanmoqda). Ikkinchi bir xili XIX asr o‘rtalarida kumush, feruza, asl marjon, sadaf, shishalardan iborat bo‘lib, urib toblash, bosma uslubda zarhal berib ishlangan. Manglayga taqiladigan bezaklar ichida tillaqosh, tillabargak, silsila, qush ini, qanoti osma buyumlarini aytib o‘tish mumkin. Ayniqsa, tillaqosh deb ataluvchi bezak nihoyatda qadrlangan. Uni odatda kelinning nikoh libosida yoki raqqosalarda uchratish mumkin, edi. Uni turli joylarda turlicha nomlashgan. Masalan, Buxoroda boloobro‘ deyishgan. Uning shokilalar osilgan ostki qismi qoshga o‘xshaydi. Xevada qo‘llanilgan xilini osmado‘z deb yuritilgan. Tillo qoshga o‘xshashgan bezaklardan boshqa bir xili bargak yoki taxtacha bargak deb atalgan.
Toshkent tillabargagi bir – biri bilan oshiq – moshiq yordamida biriktirilgan o‘n beshta to‘rtburchak yupqa tangachalardan iborat bo‘lgan. Bosma naqshli tangachaning o‘rtasida tevaragi feruzi toshchalar bilan aylantirilgan qizil shisha gul bor. Ba’zi tangachalarning tepa qismida ham xuddi shunday gul bo‘lib, orqa tomonda urgochi va erkak o‘rdaklarning “urma” patlarini qistirib qo‘yish uchun kichkina – kichkina bog‘ichlar qilingan. Pastda esa manglayni qoshgacha berkitib turadigan ikki qat shildiroq shokila biriktirilgan. Xorazmda oshiq – moshiqlar deb nom olgan bunday taqinchoqning dastlabki nusxasi odam qiyofasini eslatuvchi yupqa taxtachadan iborat bo‘lgan.
Chakkaga taqiladigan taqinchoqlar. Har xil gajaklar taqinchoqlardan iborat. Buxoro gajaklaridan “qush duo” gajagi ikki girix shakl hamda uchburchak shakl bilan bezatilgan to‘g‘riburchakli tumorlardan iborat. Unga turli zulflar qistirilgan.
Gajak taqinchoqlar ichida “butun tirnoq”, “yarim tirnoq”, “naycha” degan taqinchoqlar yirikligi va murakkab ishlangan bilan ajralib turadi. “Butun tirnoq” gajagi “zalvorli” besh burchak g‘ilofdan iborat. Burchaklarida feruza ko‘zli qubbalari bor. “Olma guli” naqshli ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.
Quloqqa taqiladigan taqinchoqlar. Quloqqa sirg‘a taqish juda qadim zamonlardan buyon davom etib kelayotgan odat. Sirg‘alar katta – kichikligi, bezagi jihatidan nihoyatda rang – barang, xilma – xildir. Mitti sirg‘alardan tortib yelkagacha osilib turgan sirg‘alar yasalgan. Ayniqsa, xalq sirg‘alari keng tarqalgan. Farg‘ona vodiysida qoshqarabaldoq sirg‘ani yaxshi ko‘rishgan.
Sirg‘alar kumush, asl marjon, dur, shisha, qimmatbaho tosh parchalaridan nozik sim to‘qimalar bilan zarhal berib ishlangan.
Sochga taqiladigan taqinchoqlar. O‘ralgan sochga “soch popuk”, “soch bog‘”, “nuqra dumbiroq”, “yumaloq” degan nomlari bilan ma’lum bo‘lgan bezaklar taqilgan. Ularga xilma – xil shokilalar osilgan bo‘lib, shokilalar qubba, yaproq, uchli, tomchi nusxa ko‘rinishlarda yasalgan. Soch popuklar orasida “zarkokil” yoki “cho‘lpa” nomli soch popuklar ko‘pincha kumush yoki tilla tangachalar tizmasidan qilingan. Katta soch uramlari tutib turish uchun “tufak” deb ataladigan taqinchoq ishlatilgan.
Burunga taqiladigan taqinchoqlar. Taqinchoqlar orasida eng ko‘p tarqalgan arabak deb ataladigan zirg‘adir. Arabak taqish juda sharafli ish hisoblangan. Bu odat Arabiston yoki Hindistondan kirib kelgan bo‘lsa ajab emas. Arabak taqish uchun burun katagi tishilgan. Samarqandagi davlat tarix – arxeologik muzey – quriqxonasida XIX asr XX asr boshida ishlangan arabak (buloqi) sirg‘a saqlanmoqda. U kumush, dur, shisha, qimmatbaho tosh parchalaridan ishlangan.
Bo‘yinga taqiladigan taqinchoqlar. Bo‘yinga turli – tuman marjon, munchoq, dur tumor taqishgan. Jevak deb atalgan taqinchoq ham ishlatilgan. Jevak arpa donlariga uxshagan mayda shokilalardan yasalgan. Shokilalarga bosma gul tushirilib tilla suvi yugurtirilgan. U bir yoki bir necha marjon shodasi, tizimidan tuzilgan bo‘lib, o‘rtaga turli shakldagi turunj joylashtirilgan.
Jevaklar kumush, asl marjon, feruza, la’ldan ishlangan. Bosma usulda zarxal berib yasalgan.
Ko‘krakka taqiladigan taqinchoqlar. Zebigardon, tapishi dil, tavk, kalit bog‘i, tumor nozigardon nomli taqinchoqlar ko‘krakka taqib yurilgan. Bo‘lardan tashqari kuylak umuzi: kuylakka taqiladigan zeb – ziynat buyumlari ham xilma – xil bo‘lgan.
Kuylak umuziga peshvoz taqilgan. Peshvoz kichkinagina bejirim ishlangan xaltacha bo‘lib, unda pardoz buyumlari (kumush, mo‘ychinak, hilol (tish tozalagich), quloq, tirnoq tozalagich surmadon, atirdon va boshqalar) saqlangan.
“Tapishe dil” ko‘krak taqinchog‘ining nomi “yurak urushi” degan ma’noni anglatadi. U ba’zi hollarda qo‘ltiqqa ham taqib yurilgan. “Tapishe dil” zanjirga osig‘liq turunjidan iborat bo‘lib, unga zumrad va la’lidan shokilalar o‘rnatilgan.
Ko‘krakka taqib yurilgan taqinchoqlar orasida turli – tuman tumorlar alohida ahamiyatga egadir. Ular ins – jinslardan saqlashga xizmat qilgan. “tumor” so‘zi arabchada bir parcha qog‘ozga yozilgan duo ma’nosini anglatadi. Tumorlarning turi ko‘p bo‘lgan: bo‘yin tumor, ko‘krak tumor, qo‘ltiq tumor. Hammasining turli geometrik shaklidagi g‘iloflari bo‘lgan. G‘iloflar kumushdan qopqoqchali qilib yasalgan.
Qo‘l – oyoq taqinchoqlari. Uzuk, bilak uzuk qo‘lga taqib yuriladigan asosiy zeb – ziynat buyumlari g‘isoblangan. Bilak uzuklarini odatda juft taqishgan. Bilak uzuklar ochiq yoki yopiq ko‘rinishda, yuzasida kumushdan ishlangan. Bilak uzuk sirtiga nozik naqshlar tushurib, tosh va shishalar o‘rnatilgan. Qadimiy bilak uzuklarda ko‘zli ilon yoki qurbaqa bosh tasvirlangan.
Yengli, nozik, sidirg‘a rang bilak uzuklarga talab katta bo‘lgan. Bunday bilak uzuklar ko‘pincha kumush tolalardan iborat naqshlar bilan ziynatilgan. Bir qator tillalarning, ikkinchi qatori kumush, yaproq, don, bodom, bosma gulli uchburchak “puncha” bilak uzuklar ham ko‘plab miqdorda yasalgan. Qimmat baho uzuklar hamma vaqt rangli toshlar va shishalardan ko‘z qadab ishlangan. Har bir viloyat zargarlari o‘zlariga xos uslubda, boshqa zargarlarnikidan ajrali turadigan uzuklar yasashgan. Masalan, Xorazmda deyarli hamisha chuzunchoq shakldagi haqiq va shishalardan ko‘z qadashgan. Ayrim hollardagina to‘g‘ri burchak shaklida bo‘lgan.
Uzuklar orasida mehr – uzuklar ham ko‘p bo‘lgan. Umuman uzuk taqish hox erkak, hox ayol uchun azaliy odat bo‘lgan. Xon amir, sulton, beklar ularni hokimiyat ramzi sifatida taqishgan. Ayollar pishirgan ovqatlari makruh, yuvgan kiri nopok bo‘lmasligi uchun albatta uzuk taqib yurishgan.
Uzuklar tumor sifatida ham ishlatilgan. Oyoqqa taqiladigan zeb – ziynatlardan oyoq bilak uzuklarini eslatib o‘tish kerak. Raqqosalar oyoqlariga qo‘ng‘iroqchali bilak uzuklar taqishgan.
Zeb – ziynat badavlat xonadonlar xon, amir, sulton, bek, hokimlarining saroylari, uy ichida o‘zining tanxoligi va mo‘l – ko‘lligi bilan hamisha kishilarni hayratga solib kelgan. Ispan elchisi Ryui Gonzales de Klavixonning Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligiga Temur saroyiga chodir ichida ko‘rganlarini quyidagi tasvirlaydi: “Chodir ichida katta bir oltin sandiq bor edi. Uning yalpoq qopqog‘i yashil va ko‘k emaldan ishlangan. Kichik qubbalar, naqadar noyob javoxir va injular bilan ziynatilgan. Bu sandiqning qopqog‘i eshikka o‘xshash, ichida bir necha qator qadaxlar terilgan, durlar va juda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, ustida ikki metr uzunlikda bir zajarbad bo‘lib, u butun xontaxtani egallagan edi. Uning ro‘parasida eman shaklida yasalgan bir oltin daraxt, uning yo‘g‘onligi inson oyog‘i yo‘g‘onligida, atrofga yoyilgan shog‘lari yashil bilan qoplangan. Bu daraxt mevalari o‘rnida juda ko‘p qizil yoqud, zajarbad, feruza, safir va ajoyib, yirik durlar shoxlariga osilgan yaproqlari turli rangdagi mino bilan ishlangan, butoqlarida oltin qushlar bor...”.
Davralarda sharob doimo oltin langarlarga qo‘yilgan tilla qadaxlarda suzilgan.
O‘zbekiston xududida yashagan eng qadimgi ajdodlarimizning kiyimlari ham dunyoning boshqa mintaqalardagi qadimgi kishilar kiyimlari kabi tabiiy iqlim, turmush sharoitlari va urug‘-qabila an’analari asosida shakllangan. O‘tmish kiyim-kechagi, ularning shakllari, mahalliy xususiyatlari va ularga ishlatilgan matolar respublika hududidagi arxeologik yodgorliklar (Afrosiyob, Varaxsha. Bolaliktepa, Xolchayon, Ayritom va boshqalar)dan topilgan devoriy rasmlar, haykalchalar, mayda naqshlar, torevtika (metallga ishlangai relyef), yozma manbalarda, qo‘lyozma kitoblarga ishlangan mo‘jaz tasvir (miniatyura) larda aks etgai. Kiyimlarning dastlabki shakl taraqqiyoti to‘qimachilikning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Arxeo­logik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo xududida to‘qimachilikning vujudga kelishi yangi tosh asri - neolitga borib taqaladi. Asosan, bu davrda Kopettog‘ etaklarida (Joytun madaniyati) to‘quv dastgohlarining qoldiqlari aniqlangan, miloddan avvalgi VI asrda kiyimda jun matolari teri matolari siqib chiqargan. Miloddan avvalga II asrga oid kiyim qoldiqlari O‘zbskistonning Surxondaryo viloyati xududida joylashgan Sopollitepadan topilgan.
Munchoqtepa (Farg‘ona vodiysi)dan ilk o‘rta asrlarga oid erkak, ayol va bolalar ust-boshlari topilgan. Ayollar kuylagi uzun bo‘lub, ipakdan tayyorlangan va etagi to‘pig‘igacha tushgan, etagining eng quyi qismidan ikki yon tomondan 10-15 sm qirqib qo‘yilgan, bellariga esa kamar (belbog‘) bog‘lab zeb berilgan. Bolalar kiyimi ham ipakdan kalta qilib tikilgan bo‘lib, belidan sal pastga tushib turgan. Kuylak etagidan ya’ni beli atrofidan ikki tomondan 10-15 sm qirqib qo‘yilgan. Yoqalari to‘g‘ri va belida maxsus tasma-belbog‘i bo‘lgan. Tashqi choklar ensiz lenta bilan tikib mustahkamlangan. Qiz bola-lar ko‘ylagining ko‘krak qismi, yengining uchi va etagi maxsus qadama gullar bilan bezatilgan. O‘ng qo‘l tomonidan esa o‘yma cho‘ntak tikilgan. Kiyimga munchoqlar tikilib zeb berilgan, yengi va ko‘krak qismiga mayda marjondan naqshlar ishlangan.
Toxariston va Sug‘d kiyim-kechaklarini qiyosiy o‘rganish shu narsadan dalolat beradiki, Markaziy Osiyo xalq-larining tarixiy taraqqiyot yo‘llari va taqdirlari mushtarak bo‘lgan, madaniyatlari esa bir-biriga ta’sir ko‘rsatib kelgan. V - VIII asrlarda Toxaristonda yelka­ni yopishib turadigan va etagi trapetsiyasimon ko‘rinishdagi kiyimlar kiyilgan. Topilgan yodgorliklarda jamiyatning yuqori tabaqasining hamda xizmatkor va san’at namoyandalarining hayot tarzi aks ettirilgan. Ayniqsa, Afrosiyob, Bolaliktepa devoriga ishlangan tasviriy suratlarda kiyimlarning ijtimoiy va jinsiy tafovutlarini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston xududida yashaydigan xalqlarning kiyim-kechaklari uzluksiz o‘zgarishi va rivoj-lanishi faqat shu xududning ijtimoiy - siyosiy va etnik tarixi bilan bog‘liq bo‘lmay, balki butun Markaziy Osiyo ta­rixi va ijtimoiy hayoti bilan ham bog‘liqdir.
Devoriy suratlardan ma’lum bo‘ladiki, ilk o‘rta asrlarda mahalliy aholining kiyimlari bichimi, asosan, bir xil bo‘lgan. Yengsiz, uzun, ba’zi hollarda yengi keng qilib bichilgan. Kiyim­larning yon tomonida, odatda, yirmoch - qiyiq joyi, yonlama yoqasi bo‘lganki, bu holni o‘zbek xalqining bugungi kundagi kiyim-kechaklarida ham kuzatish mumkin. Mahmud Koshg‘ariyning «Devo­nu lug‘otit turk» asarida ham juda ko‘plab qadimgi kiyimlar va gazlamalar (30 ga yaqin)ning nomi berilgan.
Shuningdek, o‘rta asrda yaratilgan miniatyuralarda ham o‘zbek xalqining o‘sha davrdagi kiyimlari aks etgan. XIX asrda miniatyuralarida tasvirlangan erkak na ayol kiyimlari etagi birmuncha keng, o‘ziga xos bichimda dumaloq shakldagi kuylaklar kiyganini ko‘rish mumkin. Old qismi qisqaroq, orqasi uzunroq bu kuylaklarning astari ko‘pincha yo‘l-yo‘l matodan tikilgan. Erkak va ayollar kuylaklari tashqi jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, ularda ko‘pgina farqli jihatlari bor: ayollar kiyimining yengi pastga qarab kengayib borgan, erkaklarnikida esa bilagiga yopishib turgan. Erkaklar cholvorning pochasini uzun qo‘njli etikka tiqib, boshiga salla yarashgan. Askarlar esa kiyim ustidan sovut kiyishgan. Asosan, turli rangdagi silliq matolardan tikilgan kiyim­lar urf bo‘lgan. Mo‘g‘ul bosqinchilarining kelishi natijasida zo‘rlik bilan kiritilgan mo‘g‘ul-xitoy an’analari o‘zbek xalqi liboslariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. XV asrga kelib, temuriylar hukmronligi davrida erkak va ayollarning turli rangdagi ichki va tashqi qavatli, ya’ni turli rangdagi avra-astarli ikki uzun libos kiyishi odatga aylangan. O‘z navbatida bu davrda Samarqand, Hirot, SHeroz kabi shaharlarda bashang, rang-barang, sodda va jozibali mahalliy bichimdagi liboslar shakllangan. Shuningdek, turli mintaqalar kiyinish uslublari, rang tanlanishi va ayrim bezaklari bilan farqlanib turgan.
XVII - XVIII asrlarda oldingi an’anaviy bi­chimdagi kiyimlar taraqqiy etgan holda kiyimlarda Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona,, Toshkent kabi shaharlarga xos turlar ham shakllanib bordi. Bu holat kiyimlarda o‘ziga xos qismlarning vujudga kelishi, o‘zgacha poyabzallar, bosh kiyimlar kiyila boshlanganligi, turli matolardan foydalanilganini aniq ko‘rsatib turardi. XIX – XX asrlar boshida o‘zbek milliy kiyimlari majmui shakllanib ulgurgan edi. Bu davrda O‘rta Osiyoning boshqa mintaqalari, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, savdo aloqalarining taraqqiy etib kengayishi va podsho Rossiyasi tomonidan o‘lkani mustamlaka qilib olinishi natijasida mintaqaga fabrika gazlamalarining keng miqyosda kirib kelishi va o‘z navbatida, yangi inoetnik kiyim-boshlar nusxalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, tikuv mashinasining kirib kelishi kiyim­lar tayyorlash jarayonida o‘ziga xos «inqilobiy» hodisa bo‘ldi.
O‘zbeklarning an’anaviy kiyim-boshlari ichida erkaklarning milliy liboslari alohida ajralib turgan. Kiyimlari (to‘n, kuylak, yaktak, ishton va boshqa) yaxlit bichimli, bichimi to‘g‘ri, keng va uzun bo‘lib, eni buzilmagan bir bo‘lak mato yarmidan bir-bi­riga ulab uzunasiga tikilgan, yon qismi esa etagiga qarab kengayib borgan. Dastlab erkaklar ko‘ylagi uzun, tizzadan pastga, keyinroq esa belning yarmisiga to‘shadigan qilib tikilgan. Umuman O‘zbekiston hududida erkaklar orasida bir nusxadagi to‘n, kuylak-yaktak, ishton, do‘ppi, salla, telpak, kavush-mahsi, etik, choriq, turli yordamchi kiyim­lar kiyilgan. Erkaklar ko‘ylagi Farg‘ona vodiysida uzun, tik yirmoch-qiyiq joyi uzunroq mato bo‘lagidan bichilib, burchak-burchak qilib, 2 qiyiq kesilgan hamla uchlari keng olinib ti­kilgan. Boshqa xil bichimdagi kuylaklarda yirmoch yotiq, u yelkadan bu yelka-gacha olingan. Bunday kuylaklar,«mullavachcha» kuylak deyilgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida mamlakatning turli mintaqalarida kalta, tik yoqali «no‘g‘ay yoqa kuylak», «bo‘g‘ma yoqa» kuylaklar kiyish ommalashgan bo‘lib, bu kuylakni dastlab shahar aholisi, ayniqsa, savdo ahli kiygan. O‘zbeklar orasida bo‘z, ipak, ip gazlamalardan tikilgan oldi ochiq yaktak kuylaklarni yoshlar va qarilar birdek yoqtirib kiyishgan. Erkaklar ishtoni yuqori qismi keng, pochalari torroq tikilib, to‘piqqacha tushib turadi, yuqori qismiga ishton-bog‘ o‘tkazish uchun milkiga gir aylana baxya-chok qilingan. Sovuq fasllarda ishton ustidan astarli yoxud astarsiz shim kiyilgan, u asosan, ip gazlama va jun gazmollardan tikilgan. Chavan-dozlar, ovchilar namatkigizdan, jun-mo‘ynadan, oshlangan teridan tikilgan cholvor kiyishgan. Chopon (tun), joma, kamzul, jelak, chakmon erkaklarning mavsumiy kiyimlari qatoriga kirgan. To‘n (chopon)lar avra-astarli holda pax­ta solib qavilgan. Oldi ochiq uzun bo‘lgan. Yurganda, otga minganda, yerda chordona qurib o‘tirganida qulay, ix-cham bo‘lishi uchun yon tomonlariga ke-sik-yirmoch qo‘yilgan, belbog‘ bog‘langan. To‘nlar avrasi beqasam, kimxob, baxmal, shoyi, satin, chit va boshqalar matolardan tikiladi.
To‘nlar mahalliy xususiyatlarga ko‘ra ham farqlangan. Farg‘ona vodiysi, Toshkent va Xorazmda gavdaga yopishib turadigan sirma-qavima choponlar ko‘proq rasm bo‘lgan bo‘lsa, Buxoro, Samarkand, Shahrisabz va boshqa joylarda qimmatbaho matolardan zardo‘z to‘nlar tikilib, yoqasi, etagi va yeng uchlariga turli rangdagi zar iplarda kashta tikib, atrofiga gavhar toshlar qadab bezatilgan. Bunday to‘nlarni xon va amaldorlarga sovg‘a qilingan. Umuman, xalqimiz orasida hurmatli kishilarga, ustozlarga, quda va kuyovlar, aziz mehmonlar va boshqaga to‘n kiygizish udumi saqlanib qolgan. XIX asr o‘rtalari, XX asr boshlarida O‘zbekistan bo‘ylab «kamzul» kiyish odat tusigi kirgan. Kamzul yoqalari tik, bo‘g‘ik, badanga yopishib tura­digan uchun, belburma syurtukni eslatib, ortida qiyiq joyi-yirmochi, qaytarma yoqasi bo‘lmagan. Qora rang matodan, asosan, satindan yoki kostyumbop qalin ip gazlamalardan tikilgan, ular kuylak ustidan kiyilgan. Chakmonlarning bosma chakmon, boqoti chakmon, qoqma, tivit chakmon kabi turlari mavjud bo‘lib, ularni rangiga qarab ko‘k chakmon, malla chakmon, oq chakmon deb atashgan. Chakmon bichimiga ko‘ra tunga o‘xshash bo‘lib, asosan qo‘y va tuya terisidan faqat avrala tikilgan va chopon ustidan kiyilgan. Shu sababli ham u sovuq fasl kiyimlaridan hisoblangan.
Chopon ustidan bog‘lanadigan belbog‘ buch, chit, satin, beqasam kabi matolar­dan tikilgan. O‘zbek xalqi orasida eng ko‘p tarqalgan yengil bosh kiyimi do‘ppidir. An’anaviy bosh kiyimlardan yana biri salladir. Salla Sharqda Misrdan Hindistonga qadar musulmon mamlakatlarida qadimdan ma’lum.
Erkaklarning milliy oyoq kiyimla­ridan etik, kavush-mahsi, choriq, takaki etik, mukki, toshtovon, choriq-poypush kabi oyoq kiyimlar mavsumiy hisoblangan. Qo‘nji tizzagacha bo‘lgan poshnali etiklar no‘g‘ay etik, qora etik deb yuritilgan.
XX asrning 1-choragida ayollar kiyim-larining yoqalari asosan vertikal va gorizontal ko‘rinishda bo‘lgan. Kuylak yoqalari etnogenetik emas, balki funksional ahamiyat kasb etgan: vertikal yoqali kuylaklar chaqaloqlarni emizishda qulay bo‘lgani uchun, asosan, ona bo‘l­gan ayollar kiygan. Bunday kuylaklar «onalik ko‘ylagi» yoki «ayol kuylak» deyilgan. 2()-30-yillarga kelib, «ko‘krak burma» kuylaklar ommaviy urf bo‘lgan. «Ko‘krak burma» kuylaklar dastlab Toshkentda paydo bo‘lgan. 50-yillarga kelib, ayollar va qizlar ko‘ylagi orasidagi farq yo‘qolib vertikal ko‘rinishdagi kuylaklar rasm bo‘la boshlagan. 80-yillarda «ko‘krak burma», yoqali, yengi kalta atlas kuylaklarni kiyish rasm bo‘ldi.
XX asrning 20-70-yillarida sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar natijasida an’anaviy milliy kiyimlar tarkibiga yevropacha rusumlagi kiyimlar kirib kelgan. Buni milliy kuylaklar bilan birga yevropacha shim bilan kiyiladigan kiyimlarda ko‘rish mumkin. Ayniqsa, bu davrda er­kaklarning oyoq kiyimlarida yevropacha bichimdagi poyabzallar keng rasm bo‘lishiga qaramay mahsi, etik kabi oyoq kiyimlar o‘zining an’anaviy ko‘rinishini saqlab qolgan va asosan keksa-lar orasida ko‘proq tarqalgan. Bu davrda erkaklarning maxsus ish kiyimi yaratildi, o‘g‘il bolalar kiyimlarida ham evolyunion jarayon sodir bo‘lgan bo‘lib, milliy kiyimlar Yevropa ki­yimlari bilann uyg‘unlashgan holda kiyilgan. 60-70 yillarga kelib poyabzal fabrikalarda ishlab chiqarilgan, turli shakldagi ayol va erkaklarning yozgi tuflilari, qishki etiklar ommaviy rasm bo‘lgan.
Ayollarning an’anaviy kiyim-boshlari kuylak, lozim, chopon, mursak, peshmat, kamzul, nimcha, paranji-chachvonlardan hamda xilma-xil ro‘mollar, rang-barang do‘ppilardan iborat bo‘lgan. Mahsi, kavush, boshmoqkabi poyabzal­lar charmdan tikilgan, kalishlar rezinadan quyilgan.
Ayollar kiyimlarining nafisligi, xilma-xil go‘zal bo‘lishiga mohir o‘zbek zargarlari tayyorlagan taqinchoq va zeb-ziynatlar yanada ko‘rk qo‘shgan.
Kuylaklarning yirmochi ko‘ndalang yoki «yelka yoqa», «qozoqi yoqa», «vaqvaqa yoqa», «qaytarma yoqa» turlarini ko‘proq qariyalar va kelinlar kiyganlar. Yelka yoqa kuylaklar yirmochining chekkalariga turli xil jiyak, chiroz, shiroz, tasma yoki turli rangdagi ipak iplardan yo‘rma usulda kashta tikib chiqilgan. Kiyim shakllari milliy yo‘l-yo‘l, sidirg‘a va gulli matolar bilan moslashgan, old etagi, yeng uchi, yoqasi gulli jiyak bilan hoshiyalangan. Ayollar ust-boshining ikkinchi asosiy bo‘lagi lozim bo‘lib, pochasi torayib kelib, yuqori qismi qayrilib-baxyalanib orasidan ishtonbog‘ o‘tkazilgan. Odatda lozimning kuylak ostidan ko‘rinadigan qismi qimmat va chiroyliroq matodan, ko‘rinmaydigan tepa qismi arzonroq mato­dan tikilishi bilan erkaklar ishtonidan ajralib turadi. Uyda kiyiladigani oddiy, arzon matodan, ko‘chalik esa shoyi, atlas, parcha ipakli, qimmat-baho matolardan tikiladi. Ayollarning ustki kiyimlari paxta solib qavilgan ayollar to‘ni va paxtasiz avra-astardan iborat yengil xalat ko‘rinishida bo‘lib, turlicha nomlangan: Toshkentda — peshvo, mursak, Xorazmda — misak, Samarqandda - mulisak, kaltacha. Farg‘onada - munisak, munsak, Buxoro, Shahrisabzda kaltacha deb atalgan. Mursak 3 qismdan — bo‘y, yon va yenglardan ibo­rat bo‘lib, yon qismi to‘g‘ri, uzun, qo‘ltiq ostiga to‘plangan, to‘plangan qism «cho‘chcha» deb atalgan.
Ayollarning milliy kiyimlari ichi-da an’anaviy bosh kiyimlari ajralib turadi va u kiyim egasining oiladagi mavqeini aniq ifodalagan. Chunonchi bosh kiyim va soch turmagiga qarab qiz bolani turmushga chiqqan kelindan, yosh onani farzandsiz ayoldan, o‘rta yoshli ayellarni keksa momolardan ajratish mumkin bo‘lgan. Bosh kiyimlar odatda 2 guruhga bo‘lingan: boshga kiyiladi­gan kiyimlar (qalpoq, do‘ppi (taqya, kallapo‘sh), quloqchin, bo‘yrak, telpak) va boshga o‘raladigan yoki yopinadigan ro‘mol, peshonaband lochak, durra, durracha, lokki, yog‘liq, yovlik va hakozo.
Ayollar yoshlariga qarab, mavsumiy tarzda o‘rashgan ro‘mollar-dudoq ro‘mol, ip ro‘mol, shol ro‘mol, jun ro‘mol, to‘r ro‘mol, ipak ro‘mol, doka ro‘mol, mis-qali doka ro‘mol, g‘ijim ro‘mol, qalayaki ro‘mol, quroqli ro‘mol, besh gulli ro‘mol, balxi ro‘mol, gardi ro‘mol kabi nomlar bilan atalgan. Yosh qiz va kelinchaklar oq rangli, yorqin rang, keksa-lar esa oq nim rang, kichik hajmli ro‘mollar (katta ro‘mollar tagidai) o‘rashgan. Farg‘ona vodiysida ro‘molning alohida turi rasm bo‘lib, u chorsi shak-lida, uchlari burchakma-burchak qilib taxlanib, boshga o‘ralib ustidan qora yoki qoramtir tusdagi durracha tashlangan. Durracha peshonaga tang‘ilib, uchla­ri gardanda kesishtiriladi va peshona ustiga o‘tkazilib bog‘lanadi, qora ro‘mol orasiga qistirib qo‘yiladi, so‘ng ustidan bir parcha mato-doka bog‘lanib, uchlari orqaga bog‘lanadi. Buxoroda doka o‘rniga uzun shasha doka ishlatiladi.
Hozirgi kunda ham ro‘mol ustidan bog‘langan durrachani Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida yashovchi ayollar bo-shida uchratish mumkin. Ko‘p hollarda (kichikroq ro‘mol-durra o‘raladi. XX asrning 1-choragigacha o‘zbek ayollari ko‘chaga paranji yopinib chiqqan. Shuningdek, do‘ppi yoshlarning asosiy bosh kiyimi hisoblangan. Uni yosh qizchalar, qizlar va yosh ayollar kiyishgan. Qashqadaryo va Surxonlaryoda o‘rta yoshdagi ayol­lar kulta kiyishgan va uni «do‘ppi» deb agashgan. Do‘ppilar naqshlari va matosiping turiga qarab turlicha nomlangan. Turli rangdagi do‘ppilar «chamandagul», baxmal, parcha matodan tikilgan, yo‘l-yo‘l paqsh tushirilgan do‘ppi esa iroqi do‘ppi deb nomlangan. Shahrisabz do‘ppichilik maktabining iroqi chok usuli: sanama va chizma usulga bo‘lingan.
Bora-bora sodda bichimdagi liboslar o‘rnini murakkab bichimli liboslar egallay boshlagan. Kiyimdagi avvalgi uyg‘unlik yo‘qoldi. Bu tarixan hayot o‘zga-rishi va ommaviy sanoat ishlab chiqarishning hunarmandchilikdan ustunligi tufay-li kelib chiqdi. Shu bilan birga qadimdan iqlim va ijtimoiy hayot sharoitlari belgilagan milliy kiyim shakllari ham o‘zgarib bordi. Milliy bichim­dagi kiyimlar qomatning nisbatlari-ga yaqinlashdi, ayol kuylaklari torayib va kattalashib bordi, oldinroq yuzaga kelgan koketkali va qaytarma yoqali kuylaklar hayotga keng ommalashdi. Yosh yigitlar va o‘rta yoshli erkaklarga Yev­ropa bichimida tikilgan kiyimlarni kiyish rasm bo‘ldi va faqatgina keksalar orasidagina milliy kiyimlar saqlanib qoldi yoki marosimiy kiyimlarga aylandi. Eng muhimi milliy kiyimlar tarkibiga ko‘ra soddaroq va chiroyliroq bo‘lib bordi. XX asrning 20-30 yillarida milliy kiyimga Yevropa kiyi­mi bichimlarining kiritilishi mil­liy kuylakni shim bilan, ayollar kuylaklarini nimcha bilan kiyilishiga olib kelgan. 40-50-yillar erkaklar kiyimini to‘g‘ri yelkali qomatga moslangan pidjak, keng shimlar tashkil etgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin k-z rahbarlari, ziyolilar va xizmatchilar orasida harbiy kiyimlar: french yoki gimnastyorka, qora yoki ko‘k rangdagi mo-vutdan tikilgan galife shimlarni qora yoki jigarrang etik bilan kiyish rasm bo‘lgan. Yozda yengil kitel va qattiq ma­todan tikilgan shim etik ichiga tiqib kiyilgan.
60-yillarga kelib, O‘zbekistonda ilk bor kiyim andozalarini rejalash boshlandi. Natijada fabrikada tikilgan yangi bichimdagi kostyum-shimlar kirib kel­gan. Bu davrda mintaqada erkaklar kostyum-shimlarni milliy bichimda oldi va yoqasi kashtalangan kuylaklar bilan kiyganlar, 70-yillarda yoshlar orasida pastki qismi keng qilib tikilgan klyosh-shimlarni yoqalari keng, havo o‘tkazmaydigan neylon kuylaklar bilan kiyish ommaviy tue olgan. Qo‘lga soat taqish urf bo‘lgan. 80-yillar tanaga yopishib turuvchi sherst va jinsi shimlar hamda yoqasi birmuncha kichkina bo‘lgan paxtali hamda trikotaj kuylaklar ki­yilgan. Yoshlar, ayniqsa, o‘quvchilar ora­sida oq kuylak va qora shim kiyish ommalashgan. Qishda esa erkaklar fabrikalarda tayyorlangan palto va plashchla, boshga telpak kiyib, sharf o‘rashgan. Oyoqlariga ham fabrikada ishlab chiqaril-gan paypoq, poyabzallar kiyishgan.
An’anaviy taqinchoqlar majmui ham xuddi kiyimlar singari muayyan xalqning, etnosning hamda etnografik va lokal guruhlarning o‘ziga xos etnik xususiyatl’arini, ma’lum ma’noda aks ettiradi. Ayollar libosini yanada nazokatli, jozibali va chiroyli qilib ko‘rsatadigan bezak taqinchoqlardir. Muzeylarda saqlanayotgan topilmalar Respub­lika xududlarida (Yunon-Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi III – II asrla, qadimgi Xorazm miloddan avvvalgi I asr o‘rtalaridan milodning VIII asrgacha) zargarlik rivojlanganligini ko‘rsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Quqon, Shahrisabz, Qarshi, Marg‘ilon, Andijon, Namangan va boshqa yerlarda zar­garlik keng rivojlangan. Taqinchoqlar bosh (tillaqosh, tillabargak, gajak, bodomoy, bibishak, qo‘shduo va boshqalar), bo‘yin-ko‘krakka (turli marjon va marvaridlar, zebigardon, nozigardon, je-vak, talgajevak, javq, bo‘yintumor, ko‘kraktumor, qo‘shiqtumor, bozuband va boshqalar), soch (sochpopuk, tuf), quloq-burun (buloqi, isirg‘a va b.), qo‘llar (uzuk, bilaguzuklar)ga taqilgai. Arxeologlar tomonidan topilgan juda qad. tosh munchoq, to‘g‘nog‘ichlar, jez davriga oid bilaguzuk, to‘g‘nog‘ich va tugmalar ilk ajdodlarning dastlabki bezaklaridan xa­bar beradi. Keyingi davrda yaratilganlari esa o‘rta asrlarga oid devoriy rasmlar, qo‘lyozma asarlarga ishlangan miniatyuralarda ham aks etgan. Bu ta­qinchoqlar asta-sekin vaqt o‘tishi bilan bir-birini to‘ldirib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida yaxlit majmuani vujudga keltirdi.
Taqinchoqlar ishlab chiqarish xom-ashyo sifatida qimmatbaho va rangli metallar (pla­tina, oltin, kumush va b.) qotishma-lari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar (feruza, fionit, olmos, aqiq, zumrad, yoqut kabi), plastmassa, tabiiy toshlar, suyak, emal, shisha va boshqalar ishlatiladi. Taqinchoqlar jimjimador qilib rakxori, kumushni qoraytirib savodkori, panjarali shabaka va boshqalar usullarda o‘yma va bo‘rtma naqshli qilib turlicha shokilalar bilan bezatilgan.
90-yillar boshlarida yoshlar orasida G‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan krossovkalarni kiyish ommaviylashgan va mahalliy poyabzal korxonalarida ham krossovkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bolalar kiyimlari ham kat-talarnikiday davrga qarab o‘zgarib borgan. Asta-sekin kiyimlar vazifasi ham o‘zgargan va ayrim kasb egalari bilan bog‘liq (ishchilar, shifokorlar, sotuvchilar, sartaroshlar, o‘qituvchilar kiyimlari va boshqalar) holda maxsus kiyimlar shakllandi.
Mustaqillnkdan so‘ng tarixiy mil­liy an’analarimiz va rasm-rusumlarimizga, milliy liboslarimizga bo‘lgan e’tibor keski oshdi. Ayniqsa, ayollar milliy matolr - shoyi, atlas, adras, baxmallardan tikilgan kiyimlar kiyaboshladilar.
O‘zbek modelyer rassomlari ishlarida milliylik xususiyatlari o‘z uyg‘unligini topmokda va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tantana va sayillar, bayramlarda hamda oilaviy marosimlarda milliy rusumda kiyinish om-malashmokda. Umumam olganda, XX asrning oxirigi kelib o‘zbeklar orasida davr talabiga, kishilar didiga mos keladigan kiyimlarni kiyish ommalashgan bo‘lib, milliy kiyimlarda quyidagi holatni kuzatish mumkii: shaharlarda deyarli barcha yoshlardagi erkaklar asosan yevropacha kiyingan. Faqatgiia er­kaklar boshga kiyiladigan bosh kiyimi do‘ppi va keksa yoshdagilar milliy choponlari, yaktak, sallalari bilan milliy xususiyatlarni anglatgan.
Bizgacha yetib kelgan kiyimlar oxiri XIX asr oxiri va XX asr boshlariga taallukli.Qadimgi davrga oidlari saqlanmagan.
Biz asosan XIX asr oxiri, XX asr boshi davrlarini ko‘rsatadigan yodgorliklarga egamiz. Muzey fondlarida shu davrga oid kiyim-kechaklar, zargarlik buyumlari, gazlama va oyoq kiyimlari saqlanadi. O‘zbek milliy kiyimlari Respublika muzeylaridagina emas, balki juda ko‘p qismi (nodir va qimmatbaho ki­yimlar, zarbof choponlar, jig‘alar, ayollar zeb-ziynatlari, zargarlik buyumlari) Sankt-Peterburg, Moskva muzeylarida saklanmokda. Respublika muzeylari etnografik fondida saqlanayotgan o‘zbeklarning milliy liboslari turli xil ijtimoiy qatlamga mansubdir.
Hozirgi zamon liboslarida yevropacha uslubi bo‘lsada, milliy an’analarning davomiyligi saqlanib qolmoqda. Masalan, shahar va qishlokdagi ayollar zamonaviy kuylaklarni an’anaviy xonatlaslardan tikib kiyadilar. Erkaklar do‘ppisi, chopon an’anaviy ustki libosga aylangan.
«O‘zbekengilsanoat» davlat uyushmasi tomonidan 2005 - 2010 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi asosida davlat va nodavlat ishlab chiqarish birlashmalari, hatto uy-xonadonda ishlab chiqaruvchilari ham bugungi kun talabiga mos ravishda an’­anaviy milliy liboslarni ishlab chiqarmokda (masalan, «Mashhura», «Aziza ziyo», «Ibratli kelin» va boshqalar). 2006 yilda Qo‘qon «Shohi atlas» ishlab chiqarish jamiyati kasanachilik ish o‘rinlari joriy qildi. 2005 yildan to‘y liboslari, jumladan bolalar va o‘smirlar hamda katta yoshda­gilar uchun 200 xilda trikotaj kiy­im-kechaklar ishlab chiqaruvchi «Sharq modeli» O‘zbekistan - Turkiya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Muhimi, ular mamlakatimiz buyurtmalarini to‘ldirish bilan birga Rossiya, AQSH kabi davlatlarga kiyim-kechak eksport qilmoqda.
Milliy liboslarni yaratish, zamonaviy dizaynlarni kiritish, milliy mentalitetga mos va xos bo‘lganlarini yaratishda Respublika modellar uyi, Respublika poyabzal modellar uyi, Respublika trikotaj mahsulotlari modellar uyi va boshqalar shug‘ullanadi.
Bugungi kunda o‘zbek milliy liboslarining an’anaviyligi, davomiyligini ko‘rsatishda «Osiyo ramzi» respub­lika modellar uyushmasi, Toshkent modalar uyining xizmatlari kattadir. Bundan tashqari mahalliy dizaynerlarimiz tomonidan tayyorlanib turli tanlov festivallarda ishtirok etayotgan xilma – xil uslubdagi an’anaviy liboslarimiz ham diqqatga sazovor.
2005 y. 1 sent.da Toshkent sh.ning Eski shahar qismida O‘zbek liboslari galereyasi ishga tushirildi. Bu yerda yengil sanoat korxonalarimizda ishlab chiqarilgan, dizaynerlar tomonidan tayyorlangan, o‘zining rang-barangligi, betakrorligi, go‘zal va nafisligi bilan ajralib turadigan o‘zbek liboslari va gazlamalarning namoyishi, tanlov va festivallari o‘tkaziladi. Bu tadbirlar asosan «Osiyo ramzi» respublika modellar uyushmasi, «Ayollar kengashi» no­davlat forumi jamg‘armasi, «Sog‘lom avlod» jamg‘armalari hamkorligida tashkil etiladi
Download 124,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish