XII. bob. Talabalarning mustaqil ishlari.
Oliy ta’lim muassasalarida boshlang’ich ta’lim metodikasi
bo’yicha IV bosqichdagi jismoniy tarbiya bo’yicha amaliy va uslubiy
mashg’ulotlarda (darslar). Mustaqil ishlar. Talabalarning darsdan
tashqari paytlarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan mustaqil ishlarning
turlari va ularni bajarish texnologiyalari. Mustaqil ishlarning bajarilish
natijalarini kuzatish, tahlil qilish va baholash.
12.1. “Jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi” darslarida
talabalarning mustaqil ishlari.
Boshlang’ich ta’lim metodkasi fakultetining o’quv rejasidagi
“Jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi” fani (VII semetr) bo’yicha 46
soat hajmda “Mustaqil ishlar” ga o’rin berilgan. Ularni amalga
oshirishning yo’llari ko’p bo’lishi mumkin. Hozirgi davr ta’lim tizimida
mustaqil ishlarni tashkil qilish nazariy fanlarda o’quv xonalari,
laboratoriyalar, texnologik xonalar (kabinet) sharoitida tashkil etilib,
ularni o’qituvchi yoki maxsus berkitilgan xodimlar (laborant, assistent)
tomonidan nazorat qilib borish bilan amalga oshiriladi.
190
“Jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi” fani bo’yicha mustaqil
ishlarni tashkil qilish va ularning natijalarini nazorat qilish, tekshirish va
baholash jarayonlari ko’proq amaliy (seminar) mashg’ulotlari shaklida
o’tkazilishi mumkin. Bunday holatda uni umumiy dars jadvaliga kiritish
yoki darsdan keyingi paytda vaqt ajratib, maxsus jadval (grafik) asosida
o’tkazishga to’g’ri keladi.
Ta’kidlash joizki, bu fan mazmuni va maqsad hamda vazifalari
asosan maktablar, oila va turli sohalar bo’yicha tashkil etiladigan
ommaviy sog’lomlashtirish jismoniy tarbiya va sport tadbirlari bilan
bog’liqdir. Shu sababdan ham talabalar ko’proq o’quv xonalarida emas,
boshqa joylarda mustaqil ishlarni (vazifalar) bajarishga to’g’ri keladi.
Ana shu faoliyatlarni e’tiborga olgan holda, o’qituvchilar talabalarning
mustaqil ishlarini (vazifa yoki shaxsiy reja) o’quv xonalarida tekshirish,
tahlil qilish va baholash (test ballari) yo’li bilan amalga oshirish
maqsadga muvofiq keladi.
Bu shaklda mashg’ulotlar jarayonida vazifa, topshiriq, ijodiy
yondashish kabi mustaqil ishlarning mazmuni quyidagi yo’nalishlarga
qaratilmog’i zarur, ya’ni:
-I-IV sinflar uchun “Jismoniy tarbiya” dasturidagi bo’limlarni
izchil o’rganish va ularni fasllarga qarab yillik hamda choraklar bo’yicha
taqsimlash, rejalarini tuzishga kirishish;
-Har bir sinf uchun dasutr asosida “Jismoniy tarbiya” yillik va
choraklik rejalarni ishlab chiqish;
-Har bir sinf uchun dastur bo’limlaridagi dars turlari bo’yicha
konspekt tuzish ishlarini amalda bajarish;
191
-Darslarda va ertalab bajarilishi lozim bo’lgan sog’lomlashtirish
gimnastika hamda umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuini tuzish va
yozib tayyorlash;
-Dasturlarga kiritilmagan milliy harakatli o’yinlarning turlari va
mazmunlari bilan tanishish, yangiliklarini izlab topish;
-Noan’anaviy mashq-o’yinlarni o’rganish va ularning dars
mavzulari hamda vazifalariga bog’lab qo’llanilishi tahlil qilish;
-Darsgacha o’tkaziladigan gimnastika mashqlari majmuini
tuzish va ularni bajarishda ishlatiladigan kuy va qo’shiqlarni tanlash;
-Boshlang’ich
sinflarda
jismoniy
tarbiya
darslarining
samaradorligini oshirish va bunda qo’llaniladigan vositalar, usullarni
o’rganish;
-Bolalarning tamaki, nos chekish, spirt ichimliklari va narkotik
moddalarni iste’mol qilmaslik yo’llariga qaratilgan tadbirlar, materiallar
bilan tanishish;
-Axloq-odob bobida jismoniy tarbiya va sportning ijobiy ta’siri
haqidagi masalalarni chuqur o’rganish;
-Jismoniy tarbiya va sportga oid yangi texnologiyalar (innovasion
texnologiya), texnik vositalardan foydalanish usullarini o’rganish;
-Jismoniy tarbiya va sport mavzusida bolalar bilan o’tkaziladigan
suhbatlarning yo’nalishlariga qaratilgan rejalar tuzish;
-Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan sayr-
sayohatlar, xalq milliy o’yinlari bo’yicha tadbirlarni o’rganish;
-Turli bayramlar, ulug’ sanalar va boshqa ommaviy-madaniy
tadbirlarida sport chiqishlarining rejalarini tuzish;
192
-Maktab birinchiligi bo’yicha o’tkaziladigan (I-IV sinflar)
musobaqalarning nizomi bilan tanishish va mustaqil tuzish;
-“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo’yicha musobaqa
nizomini tayyorlash va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |