9.4. Sport turlari bo’yicha to’garaklar mashg’ulotini tashkil
etish.
O’tgan bo’limlarda boshlang’ich sinf o’quvchilari orasidagi
iqtidorli bolalarni sportga jalb etish masalalari bo’yicha ba’zi
ma’lumotlar bayon etilgan. Bu bo’limda esa maktab sharoitlariga qarab
sport to’garaklarini tashkil qilish va ularning mashg’ulotlarini tashkil
qilish haqida mulohazalar yuritiladi.
Ta’kidlanganidek, muhit va sharoitlar asosida sport turlari bo’yicha
to’garaklar (seksiya) ikki yo’nalishga ajratilishi lozim, ya’ni:
1. Sportga mehr qo’ygan va jismoniy tayyorgarligi yaxshi bo’lgan
o’g’il va qiz bolalar.
151
2. O’z hoxishi yoki ota-onalarning tavsiyasi asosida sport bilan
shug’ullanishga harakat qilgan, ya’ni jismoniy tayyorgarligi
uncha yuqori bo’lmagan o’g’il va qiz bolalar.
Mazkur guruhlardagi mashg’ulotlar qaysi sport turi bo’lmasin, eng
avvalo jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash va o’stirish bilan bir qatorda
texnik-taktik amallar bilan shug’ullanishga odatlantirishdan iborat
bo’ladi.
To’garaklarga (seksiya) jalb etilgan o’quvchilarning yoshi va
jinsini hisobga olgan holda guruhlarga ajratiladi. Ya’ni har bir guruhda
10-15 nafar bola shug’ullanishi lozim.
Gimnastika, badiiy gimnastika, yengil atletikaning yugurish,
sakrash va uloqtirish turlari (barcha shug’ullanuvchilar uchun) bo’yicha
to’garaklarga jalb etish va ular bilan mashg’ulotlarni tashkil etishda
faqat jismoniy tarbiya mutaxassis rahbarlik qilishi lozim.
Futbol, kurashlar, stol tennisi kabi sport turlari bo’yicha tajribaga
ega bo’lgan boshlang’ich sinflar o’qituvchisi yoki yuqori sinfda ta’lim
oluvchi sportchi yoshlarni jalb etish mumkin.
To’garak mashg’ulotlari asosan haftada 2-3 marotaba tashkil etilib,
ular haftaning o’rtasida yoki shanba va yakshanba kunlariga
mo’ljallanishi lozim. Chunki, bu kunlarda boshlang’ich sinf
o’quvchilarining bo’sh vaqtlari bo’lishi hamda shug’ullanishga qiziqish
va ehtiyojlari seziladi.
Sport turlari bo’yicha mashg’ulotlarning yillik va har oy uchun
rejalarini to’garak rahbari, ya’ni o’qituvchi-murabbiy tomonidan ishlab
chiqiladi. Uning mazmunida belgilangan sport turining texnik va taktik
152
mazmunlari qatorida ularga yordam beruvchi boshqa sport turlarining
qismlari,
umumrivojlantiruvchi
mashqlar,
harakatli
o’yinlar,
noan’anaviy asbob-uskunalarda bajariladigan xilma-xil mashqlardan
foydalanish usullari ham e’tiborga olinadi.
To’garak mashg’ulotlari uchun maxsus qayd daftari tutilib, unda
shug’ullanuvchilar haqidagi barcha ma’lumotlar, davomat, o’zlashtirish,
mashg’ulot o’tkazilgan kun, ularning mavzulari va ular bilan bog’liq
bo’lgan ma’lumotlar yozib beriladi. Bu qayd daftarida eng muhim
bo’lgan narsa-o’quvchilarning salomatligini aniqlagan shifokorlarning
ma’lumotnomalari rasmiy ravishdagi imzosi, muhri bilan belgilanishi
shart.
Har bir sport turi bo’yicha tashkil etilgan to’garaklarning
mashg’ulotlari asosan musobaqa shakli va ko’rinishida tashkil etilishi
shug’ullanuvchilarda mashg’ulotlarga qiziqish, raqib-tengdoshlardan
o’zib ketish, harakatchanlikni yanada oshirish va boshqa paytlarda,
ayniqsa ertalabki sog’lomlashtirish gimnastika mashqlari bilan doimiy
ravishda shug’ullanish jarayonlarida o’rganayotgan sport turi amallarini
yanada yaxshiroq bajarishga intilish tobora oshib boradi.
Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, to’garak mashg’ulotlarida ortiqcha
yuklanish (nagruzka) yoki murabbiy-o’qituvchining kam e’tibor berishi
natijasida ba’zi shug’ullanuvilarda, loqaydlik va hatto shug’ullanishdan
bosh tortish darajasigacha yetib borishi mumkin. Buning uchun esa
to’garak rahbari doimiy ravishda nazorat olib borishi, harakat
faoliyatlarni yaxshi baholab (maqtab) ularning ruhiy holatlarini
ko’tarishi hamda jismoniy tayyorgarlik ko’nikmalarini oshirishi lozim
153
bo’ladi. Bunday munosabatlar o’qituvchi va sportchi-o’quvchi
o’rtasidagi hurmat va munosabatlarni yaxshilash bilan bir qatorda,
to’garakda ishtirok etmaydigan tengdosh bolalarning ham sportga havas
uyg’otishi
va
to’garaklarga
kelib
shug’ullanuvchilar
sonini
ko’paytirishga sabab bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |