Qosimov jahon adabiyoti



Download 1,14 Mb.
bet97/108
Sana12.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#337425
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   108
Bog'liq
Jahon adabiyoti U Хамдам

Kanatda adabiyoti

Kanadada ikki - ingliz va fransuz tillari davlat tili hisobianadi. Shuning uchun ham Kanada adabiyoti ikki katta - ingliz Kanadasi va fransuz Kanadasi adabiyotiga bo’linadi. Ayni paytda, keyingi vaqtlarda xalqaro immigratsiyaning ko‘payishi hisobiga adabiy rang-baranglik ham ko‘zga tashlanmoqda. Shuningdek, Kanadaning tubjoy aholisining o‘z adabiyoti ham bor. XVIII asrgacha Kanada adabiyotida tub joyga mansub hindu, inuit va eskimoslarning og‘zaki ijodi, dunyo va koinotning yaralishi haqidagi afsonalari, an’anaviy folklor qo’shiqlari mavjud bo‘lgan. XVI-XVII asrlar mobaynida iransuz va ingliz mustamlakachilarining Kanadaga kirib kelishi bilan Kanada adabiyoti yangi davrga qadam qo‘ydi. Shu davrdan e’tiboran, asarlar fransuz va ingliz mumtoz adabiyoti an’analari ta'sirida yozila boshladi. Ya'ni shaklan ovrupacha, mazmunan esa Kanada voqeligi ifodalangan asarlar paydo bo‘ldi. Demak, Kanada adabiyoti har jihatdan, jumladan, mavzular diapazoni jihatidan ham kengayib, teranlashib bordi.

293

kurashi, tubjoylik hindu-inuitlar bilan munosabatlari aks ettiriladi. Ingliz Kanadasi adabiyotining ko‘zga ko‘ringan yana bir vakili J. Richardsondir. Ijodkoming "Tekulis G’arb kurashchisi" poemasi, "Vakusta", "Kanadada sakkiz yil", "Tugallanmagan 1812-yil uru-shi" romanlarida kanadalik hindularning amerikalik bosqinchilarga qarshi kurashlari aks ettirilgan.



XIX asrning ikkinchi yarmiga kelganda Kanada adabiyotida alo-
hida kayfiyat paydo boiadi. Har ikki adabiyot - franko-kanada va
anglo-kanada ijodkorlari asarlarida milliylik uchun kurash, o‘zlikni
yagona millat sifatida anglash, go‘zal Kanada tabiatini, vatanparvar-
likni kuylash ustuvor mavqe kasb etadi. Bu davrga kelib, ingliz Kana-
dasi she'riyatida Chariz Mer, Aleksandr Maklachlan, Izabella Kroun-
ford, Bliss Karmen, Charlz Robertson kabi shoirlar alohida e’tibor
qozonishadi. Archibald Lampmen Kanada tabiati kuychisi sifatida o‘z davrining eng iqtidorli shoiri, deb e'tirof etiladi. Asl hinducha ismi Texaki Onveyk bo‘lgan Pomena Jonson poemalari va she'rlarida qa- dim hindular qo‘shiqlariga jo qiligan erk va ozodlik haqidagi orzu ar-monlar, ona tabiat manzaralari baland pardalarda kuylanadi.

XX asr Kanada adabiyotida yanada o‘zgacha mavzular yuzaga
. keladi. Xususan, kanadalik inglizlar va kanadaiik fransuzlarning ziddiyatli munosabatlari, qarama-qarshilklari, fermerlarning, qishloq hayotining qiyinchiliklari, tabiat injiqliklari mavzulari qalamga olinadi. Xyu Maklenan, Fridrix Fillip Grov, Jak Godbu, Timoti Findley, Ryujan Dyusharm asarlarida mana shu mavzular har tomonlama keng va teran yoritib berilgan.

Adabiyotshunoslar tomonidan Robertson Devisning "Deptfor trilogiyasi" XX asr Kanada adabiyotining eng mukammal asari, deb e’tirof etiladi. TIFF (Timoti Irvin Frederik) ning "Urushlar" romani Kanada general-gubernatorining Oliy mukofotiga noil bo‘lgan. Kanada yozuvchilari asarlari asosida badiiy filmlar yaratiladi. Chu-nonchi, Maykl Ondatjening "Angliyalik patsient" filmi "Oskar" mu-kofoti bilan taqdirlanadi. Bularning hammasi bir bo’lib esa, Kanada adabiyotining jahonga tanilishiga olib keladi.

Poeziya ham bu davrda gullab yashnadi. Margaret Etvud, Fillis Vebb, Gvedolin Mak Yuin kabi zamonaviy shoirlar o‘ziga xos mav-zu va uslubiy rang-baranglik bilan elga, yurtga, dunyoga tanildilar. Adabiyotda har xil tajribalar amalga oshirildi. Chunonchi, Jo Rozen-blat she'r shaklida, Leonard Koen esa dunyoni badiiy-estetik qabul qilish va aks ettirishda syurrealistik eksperimentlar o‘tkazdi.

Bu vaqtga kelib, adabiyotning millat taqdiridagi ahamiyatiga e'tibor qaratgan Kanada hukumati bu borada qator xayrli ishlarga qo‘l urdi. Jumladan, odamlarning badiiy-estetik ongini shakllanti-rishga yo‘naltirilgan dasturlar ishlab chiqilib, jamiyatga tatbiq etildi. Masalan, hukumatning "She'riyat tarbiyasi" dasturi 7-12 yoshli bolalarning badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, mamlakatdagi mashhur shoirlarni boshlang‘ich va o‘rta maktablarga biriktirib qo‘yildi. Natijada, shoirlar ustoz maqomida turib, murgak qalb va onglarga she'riyatning sehrli ola-midan saboq berdilar. Navbatdagi bosqichda esa talabalar, hukumat idoralari va boshqa ko‘plab sohalar xodimlarining adabiyotga qizi-qishlarini oshirish, ularda estetik tuyg‘uni tarbiyalash uchun yozuvchi va shoirlar ishtirokidagi domiy tadbirlar o‘tkazildi. Bundan tashqari, 1990-yillarda "Kanada shoirlari ligasi" tashkil etilib, adabiyotga bag‘ishlangan festivallar, tanlovlar uyushtiriladi, bolalar va kattalar ijodidan namunalar saylanib, nashr qilinadi, butun mamlakat bo‘ylab targ‘ibot ishlari olib boriladi. Mazkur liganing muhim vazifalardan yana biri shu ediki, u chet mamlakatlarda Kanada yozuvchilarining kitob yarmarkalarini tashkil etadi hamda dunyodagi e'tiborli adabiyot markazlariga Kanada ijodkorlarining yangi asarlari haqida axborot tarqatadi. Bunday sa'y-harakatlar o‘z mevasini berdi: 2013-yilda 82 yoshli yozuvchi Elis Manro ("Zamonaviy hikoyalar ustasi") adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq deb topildi va bu xabar Kanada adabiyoti shuhratini jahonga yoydi.Bugungi kunda ko‘p millatli mamlakatda Kanada yozuvchilar uyushmasi, Kanada she'riyat assotsiatsiyasi, Shoirlar ligasi, Kanada mualliflar assotsiatsiyasi, Yozuvchilar bolalar uchum Kanada san’ati

296


konfederatsiyasi kabi tashkilotlar faoliyat yuritib, Kanada adabiyo-tining rivojiga xizmat qilib kelmoqda.

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:

1. Nima uchun Avstraliya, Okeaniya, Afrika va Kanada kabi mamlakatlar adabiyoti o‘rganilishi kerak?

2. Avstraliya adabiyotining umumiy manzarasi haqida tushun- cha bering.

3. Okeaniya mamlakatlari adabiyotinmg o‘tmishi va bugungi holi haqida so’zlang.

4. Afrika mamlakatlari adabiyotining Ovupa adabiyotidan qay-si jihatlariga ko‘ra ajralib turadi?

5. Kanada adabiyoti qaysi xalqlar adabiyotidan tashkil topgan va ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish