Qosimov jahon adabiyoti


Yoshlar va sog‘lom adabiyot targ‘iboti



Download 1,14 Mb.
bet107/108
Sana12.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#337425
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
Bog'liq
Jahon adabiyoti U Хамдам

Yoshlar va sog‘lom adabiyot targ‘iboti

Dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayapti. Xuddi shunday evri-lishlar maydonida qolgan adabiyot o‘zini qanday tutadi? U olam

U. Hamdamov tarjimasi.

339


ravishiga ta'sir qila oladimi? Jahonga mashhur akademik olim Yuriy Borev hozir dunyoni yo‘naltiruvchi yo‘lning yo‘qligiga urg‘u berib yozadi: "Bashar ahlini chulg‘ab olgan buhron ikkita urush va boshqa musibatlarni boshidan kechirgan dunyoning o‘ta xatarli va terrorga moyil bo‘lib qolayotganida o‘zini yaqqol namoyon etmoqda. Sovuq urushdan keyin maydonga kelgan yangi davr insoniyat tarixida ilk bor borliq haqida hech qanaqa formulaga ega bo‘lmay turibdi. Qarshimizda olamshumul qora tuynuk paydo bo‘lgan. Binobarin, hokimiyatlarda strategiya yo‘q, faqatgina pishib kelayotgan muammoni hal qiluvchi amaliy qarorlargina mavjud"59. Shu ma'noda o‘zgarib, ming tusga kirib chiqayotgan dunyo qarshisida sovuq aql bilan qilni qirq yoradigan G’arb ham, o‘z hikmatlari bilan adashgan ruhga yo‘l ko‘rsatguvchi Sharq ham taraddudda. Xuddi shu o‘rinda adabiyot o‘zini qanday tutadi? Fahsh, ur-sur, zulm, oldi-qochdi mavzular botqog’iga botib, o‘z ortidan insoniyatni tortib ketishga urinadimi va yoki do‘ppini olib qo‘yib, yetti o‘lchab bir kesadimi - tegra-sini zulmat qoplab borayotgan insoniyat ko‘zlariga bir qatim ziyo bag‘ishlaydimi? Zero, bugungi dunyo avvalgi dunyo emas, u - har qachongidan ham himoyaga muhtoj dunyo. Umidbaxsh adabiyot, yorug‘ san'at insoniyatga shuning uchun ham lozim.Ruhshunoslarning aytishicha, hayotsevar odam yarim piyola suvni ko‘rib, "piyolaning yarmida suv bor" degani holda, tushkun kishi xuddi shu idishga qarab, "uming yarmi bo‘ sh", der ekan. Chunki birin-chi holda inson piyoladagi suvni, ikkinchisida esa piyolaning bo‘sh joyini ko‘rarkan. Nekbinlik yoki tushkunlik qayerdan tug‘iladi? Inson hayotdan qanday (musbat yoki mantly) ta'sirlansa, sekin-asta dunyoqarashi ham shunga moyil bo‘lib shakllanishini hisobga olsak, nekbin yoki tushkun kayfiyat inson yashayotgan muhit negizida tug‘ilishi ayon bo‘ladi. Ya'ni inson miyasi go‘yo bir fotoapparat; u har kuni atrofidagi voqelik parchalarini chiqillatib suratga oladi. Miyada yig’ilgan suratlar esa, uning olam haqidagi tasavvurini, tasavvur esa, o‘z navbatida, inson dunyoqarashi va kayfiyatini, optimist yoki

340


pessimist bo‘lib yetishishiga omil bo‘ladi. Demak, nimani suratga olish o‘sha insonning hayotga munosabatidagi darajani - nekbinlik yoki tushkuniik miqyosini belgilab beradi. Daraja va miqyos esa, o‘z o‘rnida, inson hayoti ma’nosini keltirib chiqaradi. Qissadan hissa shuki, adabiyot hayot aksi, voqelik modeli bo‘lgani bois, o‘quvchini yorug‘lik yoki zulmat sari yetaklashi, uning ongu qalbini u yoki bu mazmun-kayfiyat bilan emlab turishi inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Bas, shunday ekan, ijodkorning, umuman, insonning kurashayotgan ikki qadim kuch (ezgulik va yovuzlik) ning birinchisi tomonida tura olishida adabiyot ko‘makdosh bo‘lmog’i kerak.Inson tug‘ilibdiki, ziyoga intiladi. Hayotning ibtidosi quyosh nuri bo‘lib ona sayyoraga ingan yorug‘lik va iliqlik qo‘ynida yashirin. Binobarin, yorug‘likka intilish maxliqot javhariga joylashtirilgan eng kuchli ehtiyoj. Adabiyotning oydinlikka talpinishi ham, aslida, ana shu ildizdan suv ichadi. Ko‘rinadiki, zulmat, yovuzlik, buzg‘unchilikka mag‘lub bo‘lish va pirovardida, ularni targ‘ib-u tashviq qilish asllikka, sog‘lomlikka, mohiyatga, javharning tabiatiga zid harakat. Zero nur o‘z yo‘lida uchragan zulmatni yengish uchun bor etilgan. Aslida, olam ham cheksiz koinot zulmatiga basma-bas yaratilgan. Zulmatning bag‘ri chok-chokidan so‘kilib, ichidan nur oqib chiqqani kabi asl adabiyot ham alaloqibat yorug‘likka, hayotga ovoz bermog‘i, bashar ahliga, yiqilganda yuzini yerga urib olishidan saqlaydigan tirgak- qo‘l, turganda esa olg‘a ketishini taminlaydigan oyoq bo‘lmog‘i shart. Modomiki, shunday ekan bu zahmatli, ammo sharafli vazifani faqat yorug‘, hayotparast nekbin va kuchli ada- biyotgina uddalay oladi. Bugun insoniyat mana shunday adabiyotga har doimgidan-da ko‘proq ehtiyojmand.Rus yozuvchisi R.M.Dostoevskiy "Telba" romani qahramoni knyaz Mishkin tili bilan "Dunyoni go‘zallik qutqaradi", deydi. Agar go‘zallik o‘z holicha dunyoni qutqaradigan bo‘lsa, unda nima uchun go‘zal Yelena (Homerning "Iliada" asari qahramonlaridan biri)ning husn-u jamoli yoki Amir Umarxon kanizagining tillarda doston chiroyi butun boshli mamlakatlarning qon ichida suzishiga sabab bo‘ldi, degan savol tug‘iladi. Nega bu misollarda go‘zallik xalos-

341:


korlikka emas, halokatga olib keldi? Hozir ham alohida vaziyatlar uchun "Dunyoni go‘zallik qutqaradi" deya aytish joizdir, balki. Lekin butun boshli kurrai zamindagi hayotni, avvalo, ma'naviy, so‘ngra esa jismoniy halokatdan qutqarib qolish uchun ushbu shior-gagina rioya qilib yashash kutilgan natijalarga olib bormasligi bu-gun kundek ravshan haqiqat. Gap shundaki, oradan talay suvlar oqib o‘tdi (roman qariyb 150 yil muqaddam yozilgan). Dunyo bir emas, bir necha o‘n marta dumaladi, turlandi, murakkablashdi, Nihoyat, zamonamizga kelib, u tamomila boshqa kayfiyat quchog‘ida nafas olayapti. Binobarin, dunyo bugun butunlay boshqa qutqaruv halqa-siga ehtiyojmand bo‘lib turibdi. Demak, go‘zallikni ko‘rish va uni nozik his qilish bilan unga qanday munosabatda bo‘lish boshqa-boshqa narsalar ekan. Zero, go‘zallikni ko‘rib, his qilish ortidan unga egalik qilish xurujiga mubtalo bo‘lish barcha muammolarning ibtidosi hisoblanadi. Insoniyat hayotida go‘zallik (estetika kategori-yasi)dan boshqa ezgulik, adolat, haqiqat (etika kategoriyalari) degan tushunchalar ham bor bo‘lib, bular ham inson ehtiyojlari hosilasidir. Go‘zallikka munosabatda inson axloq normalarini chetlab yoki bu-zib o‘tdimi, demak, qalbda ego (xudbinlik) zulmatidan oziqlangan yovuzlik tug‘ilib keladi. Bunday vaqtlarda hatto go‘zallik shaydosi-dan ham himoyalanish kerak bo‘ladi.Shuning uchun ham insonga umid beruvchi asarlarga bo‘lgan ehtiyoj bugun har doimgidan-da katta (ertaga kashfiyotchilik adabiyotiga shunday ehtiyoj sezishimiz mumkin, Xuddi bir vaqtlar sarguzasht asarlarga talpinganimiz kabi). Turmush va uning adoqsiz tashvishlari buramasi, globalizm, "ommaviy madaniyat" girdobi, yengil hayot tarzining targ‘ib etilishi, e'tiqodning, burdning zaiflashuvi va hokazo sabablar natijasida inson ruhiy ildizdan uzoq tushib bormoqda. Jahon ommaviy axborot vositalari butun mohiyati iste'molchilikdan iborat Yangi Insonning paydo bo‘layotgani haqida ovoza qilmoqda. Shuning uchun ham bugun bashar ahlining insonlik taralini kuchaytiradigan yorug‘ va umidbaxsh asarlarga suv va havodek ehtiyoji bor. Fransuz dramaturgi Jan Dominik Bobbining "Skafandr va kapalak1' nomli asari ana shunday umidga

342


yo‘g‘rilganligi bilan e'tibor tortadi. Ayni kuchga to‘lgan, hayot va ijodda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan dramaturg sira kutilmagan-da insultga chalinadi-da, to‘shakka mixlanib qoladi. Lekin u taslim bo‘lmaydi. Sog‘lom miya va bittagina ko‘z yordamida hayot uchun kurashadi. Chunki qolgan hamma a'zolar falaj holda edi: na qimir etadi, na gapiradi va na ovqat yeya oladi. Ishga yaroqli bittagina ko‘zi bilan logoped yordamida asar yozadi. Buning uchun alfavitdan foydalaniladi. Logoped bir chekkadan harflarni o‘qib chiqadi,'" falaj dramaturg kerakli harfga kelganda yagona sog‘ ko‘zini yumadi va shu tarzda bir necha daqiqada birgina so‘z yoziladi. Nihoyat, mashaqqatlar, jasoratlar evaziga asar dunyoga keladi. Asar "Ska-fandr va kapalak1' deb nomlanadi. Skafandr bu - suv ostiga tushish uchun kiyiladigan maxsus kiyim, lekin bu yerda ramziy ma'no kasb etib, inson tanasini, kapalak esa ruhini anglatadi. Dramaturg uzoq yashamaydi - o‘ladi. Lekin odamlarga umid qoldirib ketishni ud-dalab o‘ladi. Yozilishi inson jasorati va matonatining oliy ko‘rinishi bo‘lgan asarda umidbaxshlik mujassam edi. Yana bir fransuz adibi va faylasuf Alber Kamyu avtohalokatga uchrab o‘lganda o‘zining bosh - "Urush va tinchlik"dek asarini yozaman, deb yashayotgan edi. Mushohada qilib qaralsa, yozuvchining ana shu yaratuvchanlik ishtiyoqi yozilmay qolgan asaridan-da balandroq turadi.Bas, shunday ekan, vaqti-vaqti bilan davr va uning ehtiyojidan kelib chiqqan holda, qanday badiiy asarlarga ko‘proq ehtiyoj borligini munaqqidlar-u ziyolilar tadqiq etib topishlari, topganlarini " bildirishlari, o‘z navbatida, jamoatchilik ham aytilganlarni e'tiborga olishi, masalan, ko‘proq nashr etishi, darsliklarga kiritishi, targ‘ib-u tashviq qilishi maqsadga muvofiqdir. Zero, mamlakat va jamiyatlar rivoji o‘qilgan asarlarning sifat va saviyasidan tashqari o‘sha vaqt-dagi ruhiy-ma'naviy ehtiyojga keraklilik darajasiga ham bog‘liq. ' Nobel mukofoti sovrindori Mario Vargas Losa "Adabiyot tufayli, adabiyot uyg‘otgan tafakkuri, intilish va istaklar tufayli, xayolot saltanatiga safar chog‘i ko‘ngilda bosh ko‘targan kechinmalar tufayli bugungi sivilizatsiya odamiylashdi, najot topdi. Adabiyot ahli o‘ylab topgan badiiy to‘qima qumga singgan suvdek izsiz ketmadi.

343


bil’aks, toshga aylangan yuraklarni mumdek eritdi. Yaxshi kitoblar bo‘lmaganida edi, insoniyatning bugungi holiga maymunlar yig‘lagan bo‘lardi, mustaqil fikrdan mahrum labbaychilar urchib ke-tardi, ko‘ngil birligi yo‘qolardi, mutelik kayfiyati keng tarqalib, o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usi - taraqqiyotning yetakchi omili yo‘qolardi", deb yozadi. Zero, dunyoni zulmat bosganda yorug‘lik haqida yoz-maslik, ziyoni tarannum etmaslik insoniyat oldida jinoyat sodir qi-lish bilan barobardir.Inson botinida qarama-qarshi, chunonchi, ezgulik va yovuzlikka moyil kuchlar yashaydi. Tomonlar har doim kurashib keladi. Muhim gap - insonning ana shu tomonlarining qay biriga yaqin yurishda. Farididdin Attorning "Ilohiynoma"sida keltirilgan rivoyatga ko‘ra, zo‘r berib ishlayotgan haqir chumoliga Sulaymon alayhissalom: "Agar senga Nuhning umri-yu Ayyubning sabrini ato etsa ham bu tepani yo‘lingdan olib tashlash qo‘lingdan kelmaydi, joningni jabborga berib kurashmog‘ingdan maqsad ne?" desa, javoban u: "Tuproqni olib, do‘ngni yer bilan bir etsam, uning ortida meni kutayotgan yorimga qovushaman", deydi. E'tibor berilsa, umri inson umriga qiyos qilinganda o‘ta qisqa bo‘lgan chumoli qarshisida turgan va o‘zini yordan to‘sib qo‘ygan ulkan tuproq uyumini hech qachon olib tashlay olmasligini yaxshi biladi, Lekin yorga eltuvchi bu yo‘ldan o‘zgasiga rozi bo‘lmaydi. Bas, umrini yor yo‘liga tikadi. Shu yo‘lda qurbon bo‘lishni o‘zi uchun sharaf, hayotining eng oliy a'moli, mazmun-mohiyati deb ishonadi. Bu bilan chumoli Nur va Zulmat, Ezgulik va Yovrvzlik, Yuksaklik va Tubanlik kurashida qaysi safda turishini ma'lum qilmoqda. Hech qachon yetolmasa-da, yorug‘ murod — yorning yo‘llariga umrini baxshida aylamoqda. Chumolidan murod - inson. Yordan murod esa insonning kim ekanligini uning o‘ziga anglatib sezdiradigan Borliq - tilsimdir.Azaldan beri kurashib kelayotgan kuchlar - Ezgulik va Yovuzlik, Nur va Zulmatning qaysi birini tanlash ko‘p jihatdan har bir insonning oziga bog‘liq bo‘ladi. Adabiyot, umidbaxsh adabiyot bumushkul tanlov qarshisida ertak qahramonlaridek turib qolgan zamondosh insorning to‘g‘ri yo‘lni tanlashida ishonchli ko‘makdoshdir.

344



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish