Xulio Florensio Kortasar(1914-1984) Belgiyaning Bryussel shahrida tavallud topgan argentinalik yozuvchi. Uning yoshlik yil-lari Buenos-Ayres shahrida o‘tdi. Maktabni tamomlagach, Xulio poytaxtdagi universitetning adabiyot va falsafa fakultetiga o‘qishga kiradi, biroq mablag‘ yetishmaganligi sabab o‘qishni tashlab, yetti yil qishloq maktabida o' qituvchiiik qiladi. 1944-yili u Mendosa shah-ridagi universitetda ishlay boshladi. 1951-yili adabiy yo’nalishdagi stipendiyani qo‘lga kiritib, Ovrupaga ketadi va uzoq yillar davomida YuNESKO tashkilotida tarjimonlik qihb, umrining oxirigacha Fran-siyada yashadi.Adabiy faoliyatini simvolist-shoir sifatida boshlab, 1938-yili ilk "Hozirlik" sho‘riy to‘plamini chop ettirdi. Butun umri davomida she’rlar yozgan bo‘lsa-da, ularni nashrga bermagan. Yozuvchining birinchi "Ishg‘ol qilingan uy" hikoyasi ustozi Borxes tomonidan chiqariluvchi jurnalda 1946-yili chop ettirildi.Kortasar ijodidagi alohida jihat shundaki, uning o‘zi tayyorlab nashrga topshirgan hikoyalar har gal har xil holatda nashr ettirilgan. Ular har gal qayta ishlangan, boyitilgan, sujet qobig‘ida turli munosabat qavatlari paydo bo‘la borgan. Bu esa uning asarlari haqidagi adabiy qarashlarning, tarjimalarning uzluksiz o‘zgarib borishiga olib keladi. Yillar davomida e'lon qilingan "Imtihon" (1945-yili yozilgan, 1986-yili nashr qilingan), "Yutuqlar" (1969), "Klassiklar .o‘yini" (1963), -"Yig‘ish uchun andaza" (1968) romanlari, "Bestiariy" (1951) va "O‘yinning tugashi" (1956-1964) hikoyalar to‘plamlarida o‘qish va yaratish birdek davom etadi. G’oya ichida g‘oya, sujet ichida sujet, obraz ichida obraz va ular yuzaga keltirayotgan matn ichida matnlar o‘quvchi shuurini doimiy band qilib turadi, oxiri yo‘q voqealarning yakunini o‘zi yaratishga majbur qiladi. Qayta-qayta o‘qish, har safar o‘qilganda turlicha tushunish, tushunishning o‘quvchi dunyoqarashiga mos ravishda kengayib va torayib borishi asarni o‘qishdagi asosiy jarayonga aylanadi. Bir qahramonni turli qiyofada ikkilantirish, uchlantirish va ularni harakatning umumiy oqimida uchrashtirish kabi poetikaning yangi o‘yinlari rebusni
323
Uning dastavval provinsiyada, keyinchalik poytaxtda, so‘ngra esa Rim, Parij va Karakasda muxbir sifatida faoliyat ko‘rsatishi, Markesning keyingi badiiy ijodiga ijobiy ta'sir o‘tkazdi. Muallifning o‘zi keyinchalik tan olishicha, uning 1947-1948-yillarda vaqtli mat-buotda e’lon qilingan dastlabki hikoyalari, Kafka asarlari ta'sirida yaratilgan.Keyinchalik uning "Polkovnikka Hech kim yozmaydi" (1958), "Katta onaning o‘limi"(1962) singari asarlari nashr yuzini ko‘rdi. Ular Markesning 1972-yili Romulo Gaiegos mukofotiga sazovor bo‘lgan eng mashhur asari "Yolg‘izlikning yuz yili"ning yaratilishi uchun muhim bosqich vazifasini o‘tadi. Ushbu roman XX asrgacha bo‘lgan adabiy merosning ko‘plab usullari, G’arb-u Sharq an'analarini o‘zida mujassam etgan. Asar yolg‘izlik - zavolga gi-riftor bo‘lgan bir oilaning fojiali taqdiri orqali insoniyat tarixining yuz yilida sodir bo‘lgan manzaralarni aks ettiradi.Xose Arkadio Buendia va uning umr yo’ldoshi Ursula Iguaran asos solgan Makondo shaharchasi nafaqat bu yerda sodir bo‘ladigan vo- qealarning foni, balki Ikkinchi jahon urushidan keyingi Lotin Ameri-kasi tarixining umumlashgan va tipik tasviridir. "Yolg‘izlikning yuz yili"da sehrli ertak, afsona, naql unsurlari obyektiv tarixiy hikoya bilan shu qadar uyg‘unlashib ketganki, ba'zan real voqeani fantastik hodisadan ajratib olish qiyinchilik tug‘diradi, umuman, ularni ajratishning keragi ham yo‘q, go‘yo. Ushbu unsurlar asarda teng holda bo‘lib, Rablega xos giperbola realistik lavhalar bilan birikib ketgan. Romanda yolg‘izlik kishining ma'naviy jihatdan qashshoqlashuvi, atrof oiamdan uzilib qolishigina emas, odamning o‘ziga-o‘zi begonalashuvi sifatida ham talqin qilinadi. Asar azaliy . ao‘analar, ona-bolalik, qarindosh-urug‘chilik, og‘a-inilik munosa-batlari hamda muqaddas diniy aqidalarning yemirilishi oqibatida paydo bo‘luvchi ommaviy loqaydlik va yolg‘izlik nazarda tutilgan."Yolg‘izlikning yuz yili"dan so‘ng Markes bolalar uchun bir qancha hikoyalar to‘plami hamda "Mening baxtli va taniqli bo‘lmagan davrim haqida" deb ataluvchi avtobiografik reportajlar turkumini nashirdan chiqardi. 1975-yilda yozuvchining ko‘pdan buyon amalga
325
oshirishni istagan rejasi "Patriarxning kuzi" romani orqali ro‘yobga chiqdi. Lotin Amerikasi xalqlari uchun dolzarb bo‘lgan mavzu -diktatorlar mavzusidagi ushbu asarda yozuvchining uslub borasida-gi izlanishlari ko‘zga tashlanadi. Asarning tili "Yolg‘izlikning yuz yiliga nisbatan ancha murakkabdir.Romanning qisqacha mazmuni quyidagicha: Diktator Nikonor Alvarado shu qadar cheksiz hokimiyatga ega bo‘lganki, uning uchun endi boshqarishning keragi ham yo‘q. U ta'rifsiz qudratga ega ekanligidan kar bo‘lib qolgan. Uning sayroqi qushlar saqlanuvchi qafaslar to‘la saroyida sigirlar ham bemalol yuraveradi. Diktator 16 yoshli go‘zal qizga oshiqbo‘lib qoladi. Ushbu muhabbat uni shu qadar umidsizlikka tushiradiki, natijada, bir tunning o‘zida uch mingta siyosiy mahbusni qatl ettirishni buyuradi. Asar voqealari hikoya qilinayotgan paytda diktator 123 yoshga to‘lgan edi. U necha yildan buyon hokimiyat tepasida ekanligini ham eslay olmaydi. Eshitish qobiliyatini yo‘q bo‘lganligini ham sezmaydi, uning uchun kanareykalar sayramay qo‘ygandek tuyuladi. U butunlay eshitish qobiliyatidan' mahrum bo‘lganda hayotidagi ulug‘ orzusi ro‘yobga chiqadi: dengizdan 500 chaqirim uzoqda yashashiga qaramay, ke-cha-yu kunduz dengiz shovqinini eshita boshlaydi. Diktator bir ne-cha marotaba qayta tirilishlardan so‘ng 200 yosh atrofida vafot etadi. U yoshligida Xristofor Kolumb bilan suhbatlashgan bo‘lsa, kek- sayganda AQSh elchilari bilan muloqotda bo‘ladi; tushlik paytida favoritlaridan birini yeb qo‘yadi. Muqaddam muttaham va fohisha 5 bo‘lgan onasining xotirasini abadiylashtirmoqchi, ya'ni avliyolar qatoriga qo‘shmoqchi bo‘ladi.Markesning 1981-yilda yozilgan "Oshkora qotillik qissasi" qisqa, aniq va deyarli bayonnoma ruhidagi nasrning namunasi sanaladi. Qissa sujeti asosida Kolumbiyaning Sukre shaharchasida haqiqatda bo‘lib o‘tgan voqea yotsa-da, unda sodir etilgan qotillikka nisbatan shaharcha ahlining munosabatida insoniyatning bir-biriga nisbatan loqaydligi, e'tiborsizligi ularni katta falokatlarga giriftor etishi mumkinligi haqidagi g‘oya ifodalangan.
Umuman, Gabriel Garsia Markes ijodi XX-XXI asr jahon- adabi-
326
yotining yorqin sahifalaridan biri bo‘lib, u adabiy jarayonga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk yozuvchi 2014-yilning 17-aprelida 88 yoshda Mexikoda vafot etdi.Zamonaviy Lotin amerikasi adabiyotining taniqli ijodkorlaridan biri braziliyalik yozuvchi va shoir Pao/o Koelo (1947-yili tug‘ilgan) sanaladi. U poytaxt Rio-de-Janeyro shahrida tug‘ilgan. Jami yigirmadan ortiq kitoblar-romanlar, antologiyalar, hikoyalar to‘plamlari muallifi. "Alkimyogar” romani uzoq vaqt eng ko‘p o‘qiladigan kitoblar o’rnida bo‘ldi. Dunyo tillarida chop etilgan asarlarining adadi 300 miliiondan oshib ketgan.Bo‘lajak yozuvchi yetti yoshida Avliyo Ignatiy Loyola iezuit maktabiga o‘qishga yuborildi, bu yerda u ilk marta hikoyalar yozishni boshladi. Maktabni tugatgach, Rio-de-Janeyro universitetining huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi, lekin tez orada o‘qishni tashlab, jurnalistika bilan shug‘ullana boshladi.1970-yili Meksika, Peru, Boliviya, Chili, Ovrupa mamlakatlari va Shimoliy Afrikaga sayohat qildi.R.Koelonmg nomini butun dunyoga mashhur qilgan, 1990-yilda nashr etilgan "Alkimyogar” romani hozirgacha dunyoning 120 dan ziyod mamlakatida chop etildi (jumladan, o‘zbek tilida asarning uchta tarjimasi mavjud). Romanda insonning umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat, o‘z taqdiri yo‘lidan borib, ko‘nglidagi orzu-umidlarni amalga oshirish uchun nima zarur degan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy masalalar haqida fikr yuritila-di. Bosh qahramoni 16-17 yoshlardagi cho‘pon yigit bo‘lgan ushbu asarda realizm, sarguzasht, mistika, detektiv va didaktika an’analari uyg‘unlashib ketgan.Hozirda R.Koelo Braziliyaning Rio-de-Janeyro va Fransiyaning Tarbe shahrida istiqomat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |