Adabiyotning kelajagi masalasi
Umumjahon forumda bo‘lib o‘tgan suhbatda ishtirok etgan ada-biyotshunos T. Venslova: "Qisqa aytganda, fransuz she’riyati o‘ldi" deya xitob qiladi". Vaqtida xuddi shu gapni Bulat Okudjava rus she'riyati haqida aytgan edi. Bunday taxminlar, bashoratomuz flkrlar doim aytilgan. Masalan, 90-yillarda o‘zbek yozuv-
55 Moskvada o‘tkazilgan xaiqaro kongressdagi suhbat. http://echo.msk.ru (U. Hamdamov tarjimasi).
331
chisi Sh. Xolmirzayev ham "Adabiyot o‘ladimi?" degan maqola bilan chiqqan edi. Albatta, maqola so‘nggida yozuvchi adabiyot o‘lmaydi, degan xulosaga keladi. Gap shundaki, vaqti-vaqti hilan jamiyat (ma'naviy-ruhoniy buhronlar davrida) ana shunday kay fiyatlarga tushib turadi. Bu narsa albatta mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy, psixologik evrilishlar bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. XX asrning 70-yillar avlodidan keyin o‘zbek adabiyoti, xususan, o‘zbek she'riyati o‘ldi, degan bashoratlar ham puch edi. Holbuki, bugun o‘zbek o‘quvchisi qadim ildizlardan suv ichib, zamon kayfiyatidan nafas olgan tamomila yangilangan Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti biian yuzma-yuz turibdi. Bularning siri esa o‘zgarishlar negizida yashirin. Jamiyatda yangilanishlar shabadasi esib qolganda, maydon markaziga har doim shamol yo‘naiishini to‘g‘ri fahmlab, o‘z asar-larida aks ettira olguvchi ijodkorlar tushadi. Ammo davrlar tinimsiz almashib, o‘zgarib turadi. Har bir davr o‘z yodgorini yaratadi. Bu haqiqatdan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Barcha zamonlar hadisini to‘g‘ri anglagan va ularni yuksak san'atkorlik bilan asarlariga ko‘chira ol-gan ijodkorgina mumtozlik maqomiga erisha oladi.
Internet adabiyoti
XXI asr avvalidanoq internet keng yoyildi. Sekin-asta esa inter-net adabiyoti paydo bo‘lib, u ma'lum ma'noda an'anaviy, qog‘oz shaklidagi adabiyot o’rnini egallay boshladi. 100-120 yil davomida doimiy chiqib kelgan gazeta-jurnallar jahonning ko‘pgina yirik mamlakatlarida XXI asrning ilk choragiga kelib yopila boshladi. Odamlarning qiziqishlari, ehtiyojlarida inqilobiy burilishlar sodir bo‘ldi. Natijada ma’lum muddat adabiyot va san’atga e'tibor su-saydi. Ammo bu hodisalar birdaniga yuz bermadi, aksincha, uning kurtaklari o‘tgan asrning ikkinchi yarmida insonlar dunyoqarashi-dagi siljishlar bag‘rida nish urgan edi. Xususan, ana shu evrilish-larni boshidan kechirgan Fransiyada XX asrning 70-yillaridan keyin "she'riyat o‘ldi" deya ovoza qilishdi. Xuddi shunday e'tiroflar sobiq Ittifoq territoriyasiga XX asrning oxirgi 10 yilligi va yangi (XXI) asrning avvalida tilga tushdi. Masalan, internet adabiyoti portalla-
332
rida shunday rasm paydo bo‘ldiki, u dunyoning adabiyotga bo‘lgan bitta kayfiyatini qisman o‘zida aks ettirar edi: qabriston, qabr toshiga "Stixi RU"56 deb yozilib, gul, axoq va gazak qo‘yilgan. Lekin bu surat dunyodagi xilma xil kayfiyatlarning hammasini to‘la qamrab ololmaydi. Chunki olam keng va u turfa axborot, turfa kayfiyatlar quchog‘ida nafas oladi. Yer yuzining qayeridadir adabiyot so‘lib borsa, qayeridadir u qaddini tiklashi, yaproq yozib, meva tugishi mumkin. Shunga qaramay, zamonaviy dunyo bugun umumiy adabiy buhronni o‘z boshidan kechirayotganligidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham XX va XXI asr o‘zbek shoirasi Zebo Mirzo "Gul davralar meniki emas, Mening uyim ko‘krak qafasim" deb yozadi. Bu misralar tagzaminidagi ma'no XX va XXI asr she’riyatiga bitta o‘zak chiziq bo‘lib tortiladi. Ya'ni inson (shoh) tashqaridan ichkari(botin)ga kirdi va u yerdan turib atrofni kuzata boshladi. Bungacha esa shoir tashqarida, u yerdagi umum ish bilan band edi. Nafaqat parchalanib ketgan sobiq Ittifoq territoriyasida, balki butun dunyo mamlakatlarida umumiy ahvol shunday edi. Ovrupada "ichkariga yurish" biroz oldinroq (Ikkinchi jahon urushidan keyin) sodir bo‘lgandi. Modernizm hodisasi shundan keyin kuchaydi. Ispan esteti va faylasufi X.O. Gasset XX asrga kelib inson -o‘z e'tiborini ichkariga qaratganini aytadi. Uning shu fikri57 butun boshli jahon adabiyotidagi tub o‘zgarishlarning mazmum-mohiyatini yetarlicha ochib bera oladi.Bir tomondan qog‘oz shaklidagi adabiyotga taiab ozayib bor-yapti, ikkinchi yoqdan esa, she'riyatning internet sahifalarida ommalashib borayotganligi kuzatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar vositasida targ‘ib qilinayotgan adabiy janrlar orasida she'riyat peshqadam. Masalan, ayrim jahon shoirlarining instagramda 100.000 dan ziyod obunachilari bor. Obunachilar shioirlarning ham xuddi artistlar kabi shoular tashkil etishlarini yoqlab chiqishmoqda. Shu orqali shaharlar aro kezib auditoriya to‘plab, o‘z she'rlarini jonli o‘qib berishmoq-
56 Moskvada o‘tkazilgan xalqaro kongressdagi suhbat. http://echo.msk.ru (U, Hamdamov tarjimasi). 57 Rus she'riyati.
333
da. Buning uchun esa shoirlar o‘z ijodlarini internet orqali targ‘ib qilishadi. Internetda ayol she'riyati ham ommalashib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |