Qo’shma va juft so’zlar imlosi Dars rejasi



Download 47,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi47,5 Kb.
#230150
Bog'liq
Qo’shma va juft so’zlar imlosi (1)


Aim.uz

Qo’shma va juft so’zlar imlosi

Dars rejasi:

1. Qo’shma va juft so’zlar haqida ma’lumot

2. Chiziqcha bilan yozish

3. Qo’shma so’zlarni ajratib yozish



Tayanch so’z va iboralar: Qo’shma so’z, juft so’z, takroriy so’zlar, qo’shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish.

1. Quyidagicha tuzilishdagi qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi:

- bir tushunchani bildiradigan va bir bosh urg’u bilan aytiladigan qo’shma so’zlar: belbog’, asalari, oshqozon, sheryurak, qashqargul kabi.

- xush, kam, ham, umum, bop, noma, xona, sifat, rang, baxsh kabi so’zlar yordamida yasalgan qo’shma so’zlar: xushxabar, kamhosil, hamfikr, umuxalq, hammabop, tavsiyanoma kabi.

- ikkinchi qismi (a) r, -mas qo’shimchalari bilan tugaydigan qo’shma so’zlar: o’rinbosar, cho’lquvar, ishyoqmas, qushqo’nmas.

- keyingi qismi turdosh ot yoki obod so’zi bilan ifodalangan geografik nomlar: Amudaryo, Yangiyo’l, Kosonsoy, Yunusobod kabi.
2. Quyidagi tuzilishdagi qo’shma so’zlar ajratib yoziladi:

- birinchi qismi sifat, ikkinchisi atoqli ot bo’lgan geografik nomlar: Kichik Osiyo, Sharqiy Turkiston, Quyi Chirchiq kabi;

- qo’shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: shifo topmoq, olib chiqmoq, yoza boshlamoq, aytib bermoq, ko’rgan edi kabi;

- qo’shma ravishlar ajratib yoziladi: har kim, hech bir, hamma vaqt, qay kuni kabi. Biroz, birpas, birato’la, birmuncha so’zlarni bundan mustasno;

- o’zaro –dan qo’shimchasi bilan bog’langan takror so’zli birikmalar: kundan kunga, tomdan tomga, ochiqdan ochiq, ko’pdan ko’p kabi.

3. Quyidagi so’zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi:

- juft va takror so’zlarning qismlari chiziqcha bilan yoziladi: asta-sekin, uch-to’rt, kiyim-kechak, qop-qop, uy-uyiga kabi;

- juft so’zlar orasida –u (-yu) bog’lovchisi qo’llansa, bog’lovchidan oldin chiziqcha qo’yiladi: oq-u qora, kecha-yu kunduz kabi;

- ma, -ba yordamida birikkan so’z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-barang, qadam-baqadam kabi;

- arab raqamlari bilan yozilgan tartib sonlar chiziqcha bilan yoziladi: 5 –sinf, 6-“V” sinf, 1991-yil, 3-mart kabi.

4. Quyidagi so’zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi:

- juft va takror so’zlarning qismlari chiziqcha bilan yoziladi: asta-sekin, uch-to’rt, kiyim-kechak, qop-qop, uy-uyiga kabi;

- juft so’zlar orasida –u (-yu) bog’lovchisi qo’llansa, bog’lovchidan oldin chiziqcha qo’yiladi: oq-u qora, kecha-yu kunduz kabi;

- ma, -ba yordamida birikkan so’z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-barang, qadam-baqadam kabi;

- arab raqamlari bilan yozilgan tartib sonlar chiziqcha bilan yoziladi: 5 –sinf, 6-“V” sinf, 1991-yil, 3-mart kabi.

34-mashq.

Juft so’zlarni ajratib oling va daftaringizga ko’chiring. Ularning ma’nosini tushuntiring.

Urf-odat, nim pushti, yarim orol, tez-tez, baxt-saodat, dori-darmon, toshko’mir, yalang oyoq, tasdiq etdi, uch-to’rt, yoza-yoza, o’gil-u qiz, qosh-qovoq, olgan bo’ldi, qo’rqa-pisa, shu on, tokqaychi, yuzma-yuz, hovli-joy, so’ramay-netmay, olaqarg’a, asbob-uskuna, yer-u osmon, sap-sariq, hol-ahvol, ko’ksulton, keta ber, yoz-u qish.

31-mashq.

Gaplarni o’qing, ulardagi qo’shma va juft so’zlarni toping va alohida-alohida ustunlarga ajratib, daftaringizga ko’chiring.

1. Farg’ona vodiysi osmono’par tog’lar bilan o’ralgan. 2. Quyosh tog’-toshlarni qizdirgan payt, ertapishar olmalar qip-qizil. 3. G’o’zapoyasi yig’ib olingan daladan yoz-u qish hosil olinadi. 4. Yosh-qari, yerkak-ayol aralash-quralash bo’lib ko’cha boshida to’planishdi. 5. “Qo’shariq” jamoa xo’jaligida g’o’za obihayotga qondirilmoqda. 6. Ona-bola uy-joyni yig’ishtirib, sadarayhon atrofida dam olishdi. 7. Bu bodomqovoq qiz xushfe’l tabiati bilan katta-yu kichikning olqishiga sazovor bo’ldi.

41 –topshiriq

Quyidagi so’zlar yoniga mos so’zlar qo’yib juft so’zlar yasang va yozilishini izohlang.


Qarindosh -…, kuch -…, qovun -…, yo’l -…, non -…, osh -…., o’yin -…, bo’lar -…., gul -…, yer -…., yor -…, dor-…, tepsa -…, temiq -…, asta -…, oq-…, chora -…., kirim -…., mehr -…, aytdi -…, kecha-…, uoq-….
36-mashq.

Gaplarni ko’chiring. Bosh harflarning qo’llanish o’rni va sababini izohlang.

1.1991-yil 31-avgustda O’zbekiston Oliy Kengashi “O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida” Qonun qabul qildi va 1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. 2.1920-yilda Turkfont qo’mondoni M.Frunzening bosqichi armiyasi Buxoro shaharini bosib olib, amir Said Olimxon hokimiyatini ag’dardi. 3. Polyak olimi Nikolo Kopernik Yerning Quyosh atrofida aylanishiga doir geliotsentrizm nazariyasiga asos soldi. 4. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Inson huquqlari milliy markazi, Oila markazi, Ijtimoiy fikr markazi kabi tashkilotlar bilan birga mafkurafiy ishlarni kuchaytirmoqda. 5. Husayn Boyqaro Navoiyni olib, Balxga jo’naydi. 6. O’sha kuni Xalq ta’limi vaziriga uchrashdim. 7. Sharq adabiyotida birinchi bo’lib “Xamsa” yozgan kishi buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviydir.


Nazorat savollari


1. Qanday so’zlar qo’shma so’z deyiladi?

2. Juft so’zlarning yozilishi haqida nimalarni bilasiz?




Aim.uz


Download 47,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish