Qo‘shma qarori



Download 98,22 Kb.
bet1/7
Sana13.05.2022
Hajmi98,22 Kb.
#602659
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1604-III 05.04.2018




O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
qo‘shma qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining 2017-yildagi faoliyati va 2018-yildagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi shuni ta’kidlaydiki, Parlament komissiyasi tomonidan 2017-yilda nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
2017-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 264 ta dastur va loyihasi Davlat budjetidan 12 mlrd. so‘m miqdorida davlat granti, davlat ijtimoiy buyurtmasi va davlat subsidiyasi shaklida qo‘llab-quvvatlangan.
Ajratilgan davlat grantlari natijasida hududlarda 112 ta o‘quv kursi va markaz tashkil etilgan bo‘lib, ushbu markazlarda 5 145 nafar kishi o‘z kasbiy malakasini oshirgan hamda joylarda 439 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida amalga oshirilgan loyihalar natijasida kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan tinglovchilardan — 655 nafar xotin-qizlar ishga joylashgan, 72 nafar ayol xususiy tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyatini boshlagan. Shuningdek Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun, Qo‘shko‘pir, Qiziriq, Sardoba tumanlarida jami 1 000 nafar xotin-qizlar biznes-reja tuzishga o‘rgatilgan.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi respublika darajasidan past bo‘lgan tumanlarda ayollar hamda nogironlarni oilaviy biznesga va xususiy tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb qilishga, uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlashga, ularda qo‘shimcha kasbiy ko‘nikmalarni, yoshlarning ekologik madaniyati va dunyoqarashini shakllantirishga ko‘maklashilgan.
NNT, OAVlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moddiy-texnika bazasi 859 dona zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikasi, o‘quv ishlab chiqarish inventari bilan mustahkamlangan va bu maqsadlar uchun 2,3 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan.
NNTlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga, barkamol yosh avlodni tarbiyalashga, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, atrof-muhitni muhofaza qilish va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan 5 700 dan ortiq turli tadbirlar tashkil etilgan.
Shu bilan birga Parlament komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalariga ularning faoliyatini samarali tashkil etishga, zarur uslubiy yordam ko‘rsatishga yetarli darajada e’tibor qaratilmagan.
Mahalliy davlat vakillik organlari huzurida jamoat fondlarini tuzish, mahalliy budjetlardan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondidan (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) mablag‘ ajratilishiga doir huquqiy va iqtisodiy tartib-taomillar aniq ishlab chiqilmaganligi oqibatida hududlarda jamoat fondlari tashkil etilmagan.
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasining hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining hududiy bo‘linmalari uchun davlat subsidiyasi shaklida yetarlicha mablag‘lar ajratilganligiga qaramay, ularning faoliyati talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. Davlat organlari bilan samarali ijtimoiy sheriklik tashkil etilmaganligi sababli hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faolligini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda Parlament komissiyasi va Jamoat fondi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Parlament komissiyasining 2017-yilda bajargan ishlari to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Parlament komissiyasi:
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari faoliyatiga uslubiy jihatdan ko‘maklashishni kuchaytirish;
NNTlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, ular faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonunlarga sharhlar tayyorlash;
davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish orqali ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirishning ko‘lamini kengaytirish hamda NNTlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan ishlarni yanada tizimli tashkil etish;
jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati va nufuzini oshirishga ko‘maklashish;
NNTlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash ishlarining samaradorligini yanada oshirish, natijadorligini ta’minlash maqsadida Jamoat fondining tashkiliy-shtatlar tuzilmasini maqbullashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan takliflar tayyorlab borish choralarini ko‘rsin.
3. Parlament komissiyasining 2018-yilga mo‘ljallangan amaliy harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 843-I/515-I-sonli Qo‘shma qarorining 3-ilovasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 14-aprelda qabul qilgan 97-III/KQ-10-III-sonli Qo‘shma qarori tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 4, 173-modda, 2017-yil, № 4 (o‘zbekcha matni)) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ushbu Qo‘shma qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari N. Umarov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari S. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-aprel,
1604-III-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-aprel,
KQ-329-III-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 5-aprelda qabul qilingan 1604-III/KQ-329-III-sonli Qo‘shma qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining 2018-yilga mo‘ljallangan amaliy harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”)


Download 98,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish