Qo‘shma qarori



Download 98,22 Kb.
bet2/7
Sana13.05.2022
Hajmi98,22 Kb.
#602659
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1604-III 05.04.2018

T/r

Tadbirlar

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Fuqarolik jamiyati institutlari tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish

1.

NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyalari ajratishning tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizom, Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish.

aprel

B. Matmuratov, J. Shirinov, Adliya va Moliya vazirliklari

2.

Parlament komissiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha komissiya a’zolaridan iborat bo‘lgan Ishchi guruh a’zolarining tarkibini qayta ko‘rib chiqish va ularning faoliyati bo‘yicha axborotini Parlament komissiyasi yig‘ilishlarida eshitib borish.

har chorakda

G. Alimova,
Ishchi guruh rahbarlari

II. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish

3.

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Parlament komissiyasi, Jamoat fondi va hududlardagi Jamoat komissiyalari mas’uliyatini oshirishga qaratilgan seminarlar va davra suhbatlari hamda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etish.

har chorakda

G. Alimova,
T. Karimov,
G‘. Abdukarimov,
A. Karimov

4.

Parlament komissiyasi, Jamoat fondi va joylardagi Jamoat komissiyalari faoliyati to‘g‘risida hamda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlardan aholini xabardor qilish, e’lon qilingan tanlovlar to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish maqsadida seminar treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, maxorat darslari tashkil etish.

har chorakda

G. Alimova,
Sh. Yakubov,
A. Karimov,
hududlarga biriktirilgan mas’ullar

5.

Parlament komissiyasining Xorazm viloyatida NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasida ishlarini ommalashtirish maqsadida sayyor yig‘ilishini o‘tkazish;

may

G. Alimova,
xududlarga biriktirilgan mas’ullar

NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini davlat ro‘yxatidani o‘tkazish, hisobotlar topshirish, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatish, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishda ijtimoiy sheriklik munosabatlari, jamoatchilik nazoratining shakllanishi yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyalarining axborotini eshitish.

iyun-iyul

6.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilinganligining 70 yilligi munosabati NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining “O‘zbekistonda inson huquqlari — oliy qadariyat” rukni ostida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

aprel

G. Alimova,
Z. Maxmudov, A. Karimov, G‘. Abdukarimov

7.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida NNT va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati, mahalliy davlat vakillik hamda ijro organlari bilan ularning ijtimoiy sheriklik munosabatlari, jamoatchilik nazoratining shakllanishini joyiga chiqib o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash hamda Parlament komissiyasi yig‘ilishiga kiritish.

may — avgust

G. Alimova
xududlarga biriktirilgan mas’ullar

8.

Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalarning hududiy NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlarda belgilangan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash vazifalarini amalga oshirish natija va muammolarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish.

avgust

G. Alimova
xududlarga biriktirilgan mas’ullar

9.

Parlament komissiyasi, Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi vakillaridan iborat Ishchi guruh shakllantirish, NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdagi Sharqiy Yevropa davlatlari (Vengriya, Chexiya, Xorvatiya), Boltiqbo‘yi davlatlari (Estoniya, Latviya va Litva), shuningdek Rossiya tajribasini borib o‘rganish. O‘zbekistondagi bu sohada to‘plangan milliy mexanizmni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

sentyabr-oktyabr

A. Saidov,
G. Alimova,
komissiya a’zolari

10.

AQSh Kongressida hamda ilmiy-amaliy “aqliy” markazlarda O‘zbekistonda NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanishi, insonlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida demokratik islohotlarning yangi bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatni xalqaro maydondagi nufuzini va investitsion jozibadorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan keng tanishtirish.

sentyabr-oktyabr

A. Saidov,
G. Alimova,
Parlament komissiyasi a’zolari

III. NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ularga davlat subsidiyalari, grantlar hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish

11.

NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 2018-yilda davlat subsidiyasini olishga doir buyurtmalarini ko‘rib chiqish, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi, ajratilayotgan davlat subsidiyalarining hajmlari to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.

aprel

G. Alimova,
Moliya va Adliya vazirliklari

12.

“Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2018-yilgi faoliyati va uni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

aprel

G. Alimova

13.

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ijtimoiy buyurtmalar orqali qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlarini davlat organlarining buyurtmalari asosida aniqlash;
Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini berish yuzasidan 2018-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining o‘tkazilgan tanlov yakunlari bo‘yicha kelib tushgan loyihaviy takliflarini ko‘rib chiqish. Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishning maqsadga muvofiqligi va ularning hajmlari to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.

aprel

G. Alimova,
Moliya va Adliya vazirliklari

14.

Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalariga davlat granti ajratish yuzasidan 2018-yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazishga doir qarorlar qabul qilish. Bunda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish:

aprel

G. Alimova,
Moliya va Adliya vazirliklari

Harakatlar strategiyasini, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda NNTlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom etib tarbiyalashga, ularda tadbirkorlik, ilmiy-ijodiy va intellektual salohiyatni shakllantirishga ko‘maklashish;

aprel-may

xorijiy va mahalliy OAVlarda yuksak huquqiy tafakkurni, inson huquqlari madaniyatini, jamoatchilik nazoratining innovatsion shakl va mexanizmlarini keng targ‘ib etish;
aholining ijtimoiy-ma’naviy, ekologik, tibbiy madaniyatini oshirishda, ijtimoiy tadbirkorlik, turizmning innovatsion turlarini joriy etishda NNTlar faolligini kuchaytirish;

iyun-iyul

jamiyatda dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat va do‘stlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni rag‘batlantirish.

avgust

Tanlovlarga kelib tushgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarning belgilangan shartlar va talablarga muvofiqligini baholash, g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish.

tanlovdan keyin bir oy ichida

15.

O‘tgan yillarda tejab qolingan va jamoat fondiga qaytarilgan moliyaviy mablag‘lardan 2018-yilda foydalanishga doir qarorlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish.

aprel

G. Alimova,
Moliya va Adliya vazirliklari

16.

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda davlat organlarining 2019-yilga mo‘ljallangan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari hamda hajmlariga doir takliflarini o‘rganish va tahlil qilish.

may-iyun

G. Alimova, Parlament komissiyasi a’zolari


Download 98,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish