Bog‘langan qo‘shma gap
Komponentlarning mazmun va grammatik jihatdan teng aloqasidan tuzilgan, teng bog‘lovchilar va teng intonatsiya (ohang) bilan birikkan qo‘shma gaplar bog‘langan qo‘shma gap deyiladi.
Bog‘langan qo‘shma gap komponentlari: 1) teng bog‘lovchilar, 2) teng bog‘lovchi vazifasida qollaniladigan yuklamalar, 3) bo‘lsa, esa yordamchilari, 4) teng intonatsiya orqali tutashadi.
Bog‘langan qo‘shma gaplar teng bog‘lovchilarning ishtirokiga –qo‘llanilishiga ko‘ra to‘rt turga ajratiladi:
1) biriktiruv bog‘ovchili bog‘langan qo‘shma gap,
2) zidlov bog‘lovchili bogplangan qo‘shma gap,
3) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap,
4) inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap.
Gaplarning hokim va tobelik munosabatidan tashkil topgan, ergashtiruvchi boglovchilar va tobelashtiruvchi intonatsiya orqali birikkan gaplar ergash gapli qo‘shma gap deyiladi.
Ergash gapli qo‘shma gapni tashkil qilgan gaplar ikki xil bo‘ladi. Bular bosh va ergash gaplardir.
Butun mazmuni yoki biror bolagining mazmuni izohlanayotgan, aniqlanayotgan gap hokim yoki bosh gap deyiladi.
Bosh gapga ergashib, uning mazmunini yoki biror bo‘lagining mazmunini izohlab, aniqlashtirib keluvchi gap tobe yoki ergash gap deyiladi.
O‘zbek tilida ergash gaplarning bosh gapga birikish yo‘li, asosan, ikki xil:
1) bog‘lovchili ergashish, 2) bog‘lovchisiz ergashish.
Ergashgan qo‘shma gap komponentlarini biriktirishda, asosan, ergashtiruvchi bog‘lovchilar qatnashadi.
Ergashtiruvchi boglovchilar ergashgan qoshma gap tarkibidagi vazifasiga kora uch guruhga ajraladi: 1) sof bogplovchilar, 2) bog‘lovchi yuklamalar, 3) bog‘lovchi so‘zlar.
Sof bog‘lovchilar hokim va tobe qismlarni bir-biriga bog‘laydi. Bunday bog‘lovchilarga -ki, chunki, shuning uchun, negaki, sababki, shekilli, go‘yo kabi so‘zlarni kiritish mumkin.
Bog‘lovchi yuklamalar esa ham bog‘lovchi, ham yuklama vazifasini bajaradi. Bu yordamchilar gapning mazmunini kuchaytirish yoki gapga qo‘shimcha ma'no (ottenka) berish uchun qollaniladi. Bular agar, bordi-yu, basharti, mabodo, modomiki, toki so‘zlaridir.
Bog‘lovchi sozlar o‘z leksik ma'nosini saqlagan holda qo‘shma gap qismlarini biriktirishda qollaniladi. Demoq, bo‘lmoq kabi sozlar bog‘lovchi so‘z bo‘lib keladi.
Uch va undan ortiq sodda gaplarning mazmun va grammatik jihatdan birikishidan tashkil topgan, umumiy bir yaxlit tugallanuvchi ohangga ega bolgan sintaktik qurilmalar murakkab qo‘shma gap deyiladi.
Qoshma gapning murakkab shakli uning sodda (ikki komponentli) shaklidan: 1) komponent miqdorining kopligi, 2) unda birdan ortiq boglanish usulining mavjudligi bilan ajralib turadi: Masalan,Daraxtlarning tanasi pakana, mevasi mol va yirik, lekin hozir deyarli hammasi kom-kok. (O.) Zargarovning gaplari va tashabbusi oblast komitetiga uncha maqtov bolib tushmasa ham, ayrim iboralari unga tegib-tegib ketayotgan bolsa ham, Haydarov notiqqa xavotirli bir qiziqish bilan quloq soldi. (Asq.M.) Hunar va iste'dod mushki anbar kabidir, uni qanchalik bekitmang, u shunchalik atrofga yoyilib, hamma yoqni muattar qilib yuboradi. ("K.D".)
E‘tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |