Qo‘shma gaplar reja



Download 20,82 Kb.
bet2/2
Sana06.06.2022
Hajmi20,82 Kb.
#639974
1   2
Bog'liq
1. Qo‘shma gaplar sintaksisi. Qo‘shma gap turlari

Teng bog‘lovchilar vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gaplar qismlaridan bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisalar yoxud mazmunan zid bo‘lgan voqea-hodisalar anglashilib turadi. Bunda –u, (-yu), -da, na..., na yuklamalari biriktiruv bog‘lovchilarining vazifasini, -u (-yu) yuklamasi zidlov bog‘lovchilari vazifasini bajaradi. Masalan: Oyko‘l ilgari alohida xo‘jalik edi-yu, kattagina idorasi bor edi. (P.Qodirov.) Ikki tomondagi kitoblarga to‘lib turadigan qubbali javonlarda na bir kitob bor, na bir qo‘lyozma bor. (O.Yoqubov.)
Bo‘lsa, esa so‘zlari vositasida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap qismlaridan bir vaqtda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisalar qiyoslanishi anglashiladi. Masalan: Oliy himmatli kishi, mard odam bir lahzada do‘st orttiradi, pastkash esa necha yillik oshnaligini bir lahzada barbod qiladi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur».)
Bog‘langan qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
1. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari yordamida biriksa, shuningdek yakka qo‘llanuvchi yo, yoki, yoxud ayiruv bog‘lovchilari yordamida biriksa, ular orasiga vergul qo‘yilmaydi. Masalan: Shamol tag‘in shu tomonga burildi va ingichka, qo‘ng‘iroqday ovoz jaranglab eshitildi. (O‘.Hoshimov.)
2. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari zidlov bog‘lovchilari yordamida biriksa, bunday bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi. Masalan: Qorong‘ida buloq suvining o‘zi ko‘rinmas edi, ammo shildirashi aniq eshitilar edi. (P.Qodirov.)
3. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlar bo‘lsa, esa so‘zlari vositasida biriksa ham, ular orasiga vergul qo‘yiladi. Masalan: Harakatchan kishilar odatda omadli bo‘ladilar; aksincha qiladigan ishlarini hadeb o‘ylayveradigan va sustkashlik qiladiganlarga esa omad kamdan-kam nasib etadi. (Gerodot.)
4.Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlar takrorlanuvchi ayiruv bog‘lovchilari yoki inkor yuklamasi yordamida biriksa, takrorlanib kelgan yordamchidan oldin vergul qo‘yiladi. Masalan: Goh supa chetiga ekilgan rayhon hidi dimog‘iga urilardi, goh tom orqasidagi yo‘ng‘ichqazorda hasharotlarning bir qiyomda chirillashi e’tiborini tortardi... (P.Qodirov.)
Bogʻlangan qoʻshma gaplarni hosil qilishda teng bogʻlovchilar va ayrim yuklamalar qatnashgan. Bu tipdagi qoʻshma gaplar qadimgi turkiy tilda ozchilikni tashkil etadi: yoki ulugʻ roʻza kuni, yoki kichik roʻza kuniga qilsa (TT); –yoki qaygʻu uchun, yoki qurbon berishga qizgʻanib (Mon); – bunday qilmishi oʻz vujudini ozod qilmaydi va diqa dindor kelmagay (TT); - inson qaygʻuli, osmon bulitli boʻldi, gohi kun chiqqanda qaygʻu, gohi shodlik keladi (TT). Qadimgi turkiy tilda qismlari oʻzaro hokim-tobe munosabatlari orqali bogʻlangan ergash gapli qo‘shma gaplar bosh gapga sifatdosh, rabishdosh, shart mayli qoshimchasi, koʻmakchi, bogʻlovchi va kelishik qoʻshimchasini olgan sifatdoshlar, nisbiy olmoshlar yordamida birikadi: - ajdodlarimiz qoʻl ostida boʻlgan er-suv egasiz qolmasin deb (KT); - Oldin kelgan lashkarini Kulteginturgʻizib otlantirib, bir qavmga mansub oʻn qahramonni qurshab oʻldirdik (KT); -Kultegin boʻlmasa, oʻlar edingiz; - beklari, xalqi insofsizligi uchun turk xalqi ushlab turgan davlatini qoʻldan chiqarib yuborgan (KT); - Soʻgʻdaq xalqini tuzatayin deb, Yinju (Sir) daryosini kechib Temir darvozagacha qoʻshin tortdik (KT); – amakim xoqon boʻlganda, oʻzim tardush xalqi uza shad erdim (KT); – Qanday nima soʻzim bolsa, mangu toshga yozdim, unga qarab biling (KT).
Qadimgi turkiy tilda ergashgan qoʻshma gaplarning bir qator turlari qoʻllanishda boʻlgan:
Kesim ergash gapli qoʻshma gapda bosh gapda ishtirok etgan yoki tushirib qoldirilgan kesim izohlanadi. Aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gap. Bu xil ergash gaplar bosh gap tarkibida kelib, bevosita oʻzi aniqlab kelayotgan otning oldida qoʻllanadi. Toʻldiruvchi ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh-toʻldiruvcni yoki fe’lkesimning ma’nosini izohlaydi va bosh gap mazmunini toʻldiradi. Maqsad ergash gapli qoʻshma gapda qismlarning biri ikkinchisidan anglashilgan mazmun nima maqsadda ro‘y berishini ifodalaydi. Payt ergash gap bosh gapdan anglashilgan mazmunning ro‘y berish vaqtini ifodalaydi va bosh gapga o‘rin –payt, chiqish kelishigi shakli orqali bog‘lanadi. Sabab ergash gapli qoʻshma gap. Sabab ergash gapni tashkil etgan gap bosh gapdan anglashilgan harakat-holatning ro‘y berish sababini bildiradi, ergash gapni bosh gapga bog‘lashda uchun ko‘makchisi xizmat qiladi. Bunda ergash gap kesimi sifatdosh yoki ot, sifat orqali ifodalanadi. Shart ergash gap bosh gapdan anglashilgan mazmun qanday shartsharoitlarda ro‘y berishini ko‘rsatadi va kesimi shart fe’li yoki ot bilan ifodalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи, 1982.
2.Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.
3.Абдурахманов Г. Исследования по старотюркскому синтаксису. – М.: Наука, 1967.
4.Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951.
5.Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009.
Download 20,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish