Boshlovchilar tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, ular orasidan shoirning she'rlarini yod olgan o`quvchilarga navbatni beradilar.
1-boshlovchi: Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoirlardan edi. Muhammad Yusuf kamdan-kam tug`iladigan iste'dod egasi bo`lish bilan birga, kamdan-kam shoirda uchraydigan xislat egasi-shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas, shuhrat uning ortidan quvib yurardi.
2-boshlovchi: Xulosa qilib, Muhammad Yusuf o`z ovozi,uslubiga ega san'atkorga aylanib, adabiyotda takrorlanmas iz qoldirdi, deb baralla ayta olamiz.
1-boshlovchi: Muhammad Yusuf tavalludining 55 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan kechamizning aziz mehmoni bo`lganingizdan va ishtirok etganingizdan minnatdormiz.
Ushbu tavsiya etilayotgan tadbir ssenariysi namunaviy bo`lib, har bir ta'lim muassasasi ma'sul xodimlari mavjud sharoit va imkoniyatdan kelib chiqqan holda, unga ijodiy yondoshadilar va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etadilar, degan umiddamiz.
tez og`izga tushdi. Biror shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo`lmagan. Ochig`ini aytsam, Muhammadga ko`z tegdi. Aslini olganda asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortdan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o`lmas meros qoldirdi.
Muhammad she'r muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. Endi shoirning o`zi yo`q. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish She'riyati bor. Bu she'riyat aslo zavol bilmaydi".
Said Ahmad,
O`zbekiston qahramoni,
O`zbekiston xalq yozuvchisi.
"U obro` talashmas, izzatini so`roqlab yugurib yurishdan or qilardi. Xuddi shundoq yaxshi insongina yaxshi ijodkor bo`lishi tabiiy va qonuniydir. Shu kabi yuksak fazilatlar tufayli Muhammad Yusufni xalqimiz ardoqladi. Yurtboshimiz otalarcha mehr ko`rgizdi. Uning xizmatlarini davlatimiz munosib baholadi"
Abdulla Oripov,
O`zbekiston qahramoni
O`zbekiston xalq shoiri.
"Bu ozg`ingina, istarasi issiq, qorachagina yigitcha bir ko`rishdayoq meni o`ziga tortgan edi. Shu o`rinda bir narsani ta'kidlamoqchimanki, inson umrining ohirigacha ilm o`rganadi, xayot darsini o`rganadi. Ammo she'r yozish ilmi shunday ilmki, uni o`rganib bo`lmaydi. U tug`ma bo`lishi kerak.
Muhammad ham tug`ma iste'dod sohibi edi. U bu iste'dodni rivojlantirdi, o`ziga talabchan bo`ldi".
Erkin Vohidov,
O`zbekiston qahramoni.
O`zbekiston xalq yozuvchisi.
" U rostgo`y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she'riyati butun ma'naviyatga to`la. U Vatan haqida kuylaydimi, muhabbat haqida qo`shiq to`qiydimi, yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi, hamisha xayotga, haqiqatga hamnafaslik tuyg`usi sezilib turardi. Uning she'rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og`zaki ijodiga qamohangdir".
Do'stlaringiz bilan baham: |