S hoir Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga bag`ishlangan "Ulug`imsan Vatanim" deb nomlangan adabiy-musiqiy kechaning ssenariysi.
Tadbir o`tkaziladigan zal bayramona bezatiladi. "Muhammad Yusuf 68 yoshda"mavzusida kitob ko`rgazmasi tashkil qilinadi. Ko`rgazmaga shoirning chop etilgan kitoblari, gazeta va jurnallarda u haqida bosilgan maqolalardan namunalar shu bilan birga shoirning fotosuratlari qo`yiladi. Kechaga shoirning yaqinlari, yozuvchi va shoirlarni, adabiyot fani o`qituvchilarini ham taklif qilish mumkin. Zalda Muhammad Yusuf she'rlari asosida dilkash qo`shiq yangrab turadi.
Tabdirni o`tkazishdan oldin ishtirokchilarga she'rlar bo`lib beriladi.
Boshlovchilar adabiy kechani ochiq deb e'lon qilib, kechaga tashrif buyurgan mehmonlarni va ishtirokchilarni qutlaydilar.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum jondan aziz, qadrli mehmonlar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum she'riyatga oshno qalblar!
1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag`ishlanadi. O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini eshitmagan, loaqal u yozgan she'rlarning bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo`lmasa kerak.
2-boshlovchi: Zabardast shoirimiz xayot bo`lganlarida hozir 68 yoshni qarshilagan bo`lar edilar, ming afsuski sevimli shoirimiz muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. U kishi oramizda yo`q, ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she'riyat bor.
1-boshlovchi: Bu she'riyat aslo zavol ko`rmaydi. Shoirdan chinakam, betakror ijodiy meros qoldi. Xaqiqiy ma'nodagi barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad Yusuf ijodiga ta'luqli desak xato qilmaymiz.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, qovunchi qishlog`ida, dehqon oilasida dunyoga keladi. 1974 yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kiradi. 1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillar esa "Toshkent oqshomi" gazetasida ishlagan.
1-boshlovchi:1986-1992 yillar G`afur g`ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida, 1992-1995 yillar "O`zbekiston ovozi" gazetasida ishlagan.
1995-1996 yillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan. 1998 yilda O`zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo`lgan. 1997 yildan to vafoti gacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf atalmish shoir ustozlari, yaqinlari, farzandlari xotirasida yaxshi ishlari, xokisorligi, mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bo`lsa, shaxsan tanigan-tanimagan muxlislari tasavvurida yig`latadigan, o`ylatadigan, ezgulikka yetaklaydigan she'ru qo`shiqlari bilan yashab qoladi.
1-boshlovchi: Shoirning ilk to`plami "Tanish teraklar" nomi bilan 1985 yilda nashr etildi. 1987 yildan to 2004 yilga qadar uning "Bulbulga gapim bor", "Iltijo", "Uyqudagi qiz", "Xalima enam allalari", "Ishq kemasi", " Ko`nglimda bir yor", "Bevafo ko`p ekan", "Erka kiyik", "Yolg`onchi yor", "Osmonimga olib ketaman", "Saylanma" kabi asarlari nashr qilingan.
2-boshlovchi: Azizlar keling sizlarni bugungi kechamizga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib o`tsam, ular Muhammad Yusufning eng yaqin insonlari va taniqli shoir va yozuvchilarimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |