MOVAROUNNAHRDA YOZILGAN TAFSIRLAR Tayyorladi: Tojiev Ulug’bek Tafsir ilmi Tafsir soʻzi arab tilida fasara soʻzidan olingan boʻlib, fasara bayon qilish, yoritish, ochish, sharhlash, tafsir esa, yopiq narsani ochish, mushkul lafz maqsadini yoritish kabi maʼnolarni beradi. Shundan kelib chiqib, mufassir soʻzi qurʼon oyatlarini sharhlovchi mazmunini ifoda etadi. Tafsir ilmi haqida imom az-zarkashiy (vaf. 1393 h.Y.): “Tafsir shunday ilmki, u bilan muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga nozil boʻlgan alloh kitobi tushuniladi, maʼnolari bayon etiladi va undan hukm va hikmatlar olinadi”. “Tafsir” soʻzi qurʼoni karimda koʻproq uchragani bois undan qurʼon maʼnolari izohi tushuniladigan boʻlib qolingan. Ushbu soʻzga olimlar tomonidan koʻplab taʼriflar berilgan. “Tafsir” soʻzi qurʼoni karimda koʻproq uchragani bois undan qurʼon maʼnolari izohi tushuniladigan boʻlib qolingan. Ushbu soʻzga olimlar tomonidan koʻplab taʼriflar berilgan. - Jumladan, ibn juzay (741/1341) aytadi: “tafsir soʻzining maʼnosi – qurʼonni sharhlash, maʼnolarini bayon etish, chiroyli yoritish yoki unga ishora qilish kabilar”.
- Abu hayyon al-andalusiy (745/1344) oʻz tafsirining muqaddima qismida: “U qurʼon lafzlarini qanday talaffuz qilish, uning mazmuni, jumla va soʻz hukmlari, tarkib holatidagi maʼnolari oʻrganiladigan ilmdir” deb tafsir ilmini sharhlaydi.
- Imom az-zarkashiy (794/1392) aytadi: “U alloh taoloning paygʻambar muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga tushgan kitobi tushuniladigan, uning maʼnolari bayon etiladigan, ahkom va hikmatlari chiqariladigan ilmdir”.
Tafsir asarlari va ularning turlari - Mufassirlar qurʼoni karim maʼnolarini sharhlashda eng avvalo paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom va sahobiylardan kelgan rivoyatlarga tayanganlar, keyin oʻz qarashlarini ifoda etganlar.
- Bu turdagi tafsirlar “tafsir bil maʼsur”, yaʼni “naqliy tafsirlar” deb ataladi. Keyingi davrlarda boshqa uslublarda ham tafsirga oid asarlar yozilgan boʻlsa-da, rivoyat yoʻnalishi va bunda ijod qilgan mufassir olimlar va ularning beqiyos kitoblari hozirgacha oʻzining ahamiyatini yoʻqotmay kelmoqda.
- Ulardan eng mashhurlari ibn jarir tabariyning “jomeʼ al-bayon fi tafsir al-qurʼon” (tafsiri tabariy), abu isʼhoq saʼlabiyning “al-kashf va-l-bayon an tafsir al-qurʼon”, abu muhammad husayn bagʻaviyning “maolim at-tanzil”.
Aqliy tafsirlar Aqliy tafsirlarning ikki turi mavjud boʻlib, ular joiz boʻlgan va joiz boʻlmagan. Mufassirlar aqliy tafsirning maqbul boʻlishi uchun tafsir sohibi nafsi havoga berilmagan, qurʼonni oʻz mazhabi yoki aqidasiga moslashtirib olmagan, arab tili qoidalariga muvofiq, oyati karima siyoqiga qarshi boʻlmagan, sahih hadislarga xilof boʻlmagan holda tafsir qilishini shart qilib qoʻyishgan. - Aqliy tafsirlar orasida:
- Faxriddin Roziyning (606-y.) “Mafotih al gʻayb”;
- Jaloliddin Suyutiyning (911-y.) “Tafsiri jalolayn”;
- Alouddin Bagʻdodiyning (701-y.) “Tafsirul xozin”
Markaziy Osiyolik tafsir ilmi ulamolari - Alouddin Mansur tomonidan qurʼoni karimning ilk bor toʻliq ravishda zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjimasi chop qilindi. Mazkur tarjima 1990-1992-yillarda “sharq yulduzi” jurnalida eʼlon qilingan boʻlsa, 1992-yilda alohida kitob shaklida koʻp nusxada nashr etildi. Mazkur izohli tarjima qirgʻizistonda 2004-yilda qayta nashr qilingan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952-2015) tomonidan yozilgan “Tafsiri hilol” nomli tafsir 1991-yildan boshlab avvaliga 27, 28, 29, 30-poralari nashr qilingan. Aytish kerakki, ushbu tafsir zamonaviy oʻzbek tilidagi keng izohli va sharhlarga boy asarlardan biridir. Ushbu tafsir 2005-yilda olti jildda toʻliq nashr etildi, soʻngra uning tuzatilgan va toʻldirilgan nashri 2011-2020-yillar oraligʻida bir necha marta qayta chop qilindi. - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952-2015) tomonidan yozilgan “Tafsiri hilol” nomli tafsir 1991-yildan boshlab avvaliga 27, 28, 29, 30-poralari nashr qilingan. Aytish kerakki, ushbu tafsir zamonaviy oʻzbek tilidagi keng izohli va sharhlarga boy asarlardan biridir. Ushbu tafsir 2005-yilda olti jildda toʻliq nashr etildi, soʻngra uning tuzatilgan va toʻldirilgan nashri 2011-2020-yillar oraligʻida bir necha marta qayta chop qilindi.
Oltinxon Toʻra – Sayyid Mahmud ibn Sayyid Nazir Taroziy Madaniy (1893–1991) tomonidan amalga oshirilgan qurʼoni karimning chigʻatoy tilidagi maʼno tarjimasi 1975-yilda pokistonda, 1990-yillarda turkiyada nashr etilgan. Uning bu tarjimasiga qadar qurʼonning oʻzbek tilidagi mukammal tarjimasi yoʻq edi. Mazkur asar 1994-yilga kelibgina oʻzbekistonda nashr qilindi. - Oltinxon Toʻra – Sayyid Mahmud ibn Sayyid Nazir Taroziy Madaniy (1893–1991) tomonidan amalga oshirilgan qurʼoni karimning chigʻatoy tilidagi maʼno tarjimasi 1975-yilda pokistonda, 1990-yillarda turkiyada nashr etilgan. Uning bu tarjimasiga qadar qurʼonning oʻzbek tilidagi mukammal tarjimasi yoʻq edi. Mazkur asar 1994-yilga kelibgina oʻzbekistonda nashr qilindi.
- Domla Hindistoniy – Muhammadjon Hoji Rustamjon oʻgʻli (1892–1989) tomonidan xx asrning 80 – yillarida amalga oshirilgan oʻzbek tilidagi tafsir istiqlol yillarida – 2006-yilda chop qilindi
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |